17
Февраль 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
BOSHLANG`ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O`YINLARDAN
FOYDALANISH
Kasimova Dilfuza Abdullajanovna,
Namangan viloyati, Davlotobod tumani
64- maktabning 2- toifali boshlangich
sinf o’qituvchisi Tel:+ 97 370 57 27
Annotatsiya:
Boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o’qitish o’quvchilarni o’zbek tilining imlosi,
talaffuzi va o’qilishini o’rganishda muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Shu bois, ushbu maqola
ona tili darslarini samarali tashkil etishda ta’limiy o’yinlardan foydalanishning ahamiyatiga
bag’ishlangan.
Kalit so’zlar:
ta’limiy o’yin, ona tili, fikrlay olmoq, erkin, boshlang’ich, bilim
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti o’quvchilarga o’zbek tilini
o’rgatish yo’llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, grammatika va
imloni o’zlashtirib olish to’g’risidagi ilmdir.Ma’lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish
faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va
yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma
va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki,
butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Boshlang`ich sinf ona tili
darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng samarali ilg`or pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil qilish eng muhim vazifalardan biridir. Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani
uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish
lozim. Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat didaktik vosita bo`lmay,
bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik tomonlarini egallamay turib,
o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila
olmaymiz. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida quyidagi ta’limiy o`yinlardan ham foydalanish
yaxshi samara beradi. Ularni dars o‘rtasida, oxirida yoki boshlanishida ham kiritish mumkin,
bunda mavzuga o‘yinning maqsadi va xarakterini hisobga olgan holda tanlash lozim.Ta’limiy
o‘yinlarning bir necha turlari mavjud. Ular grammatik, diduktiv topishmoqli, muammoli o‘yinlardir.
O`quvchilar grammatik bilimlar yordamida to`g`ri jumlalar tuzishni o`rgansa, nutqiy bilimlar
orqali so`zlarni tanlash, so`zlarni o`z joyida ma’lum ifoda vositalari sifatida qo`llab, mazmunini
maqsadga muvofiq ifodalashga o`rganadilar. Grammatik uyinlar: «So’zni top» , «Xarfni joyiga
qo’y», «So’z tuzish», «Bo’g’indan so’z tuzish», «Tovushlarni almashtir»,«Birinchi harf mendan,
qolgan so’z senda», «Qaysi tovush tushib qoldi» uyinlari va hokazo…
«Qarama-qarshi ma’noli so`z topib ayt»» o’yini: O`qituvchi yoki o`quvchilardan birontasi bir
so`z aytadi, bolalar ana shu so`zga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so`z topib aytadilar.
Masalan: osh-mosh, tosh, bosh…
«So’zdan-so’z top» o’yini. Bu o’yinda bir so’zdan bir necha so’zlar keltirib chiqarish talab
qilinadi. Bu o’yin turi o’quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini
yuzaga chiqaradi. Berilgan so’z tarkibidagi harflarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, bir
necha so’zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o’yinni ma’lum bir mavzu bilan bog’liq holda
o’tkazsa ham bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: