Февраль 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
AQLIY NUQSONLI BOLALARNI TARBIYALASHDA MAXSUS MAKTABGACHA
TA’LIM TASHKILOTLARI HAMDA OTA-ONALAR HAMKORLIGI
Saidova Sayyora Usmonxodjayevna
Toshkent shahar Olmazor tumani
522-KTIMTT defektolog-oʻqituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj ya’ni aqliy nuqsonli bolalar va ularda
kuzatiladigan ruhiy holatlari xususida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlari
: aqliy zaif bolalar, intellekt, tafakkur, korreksion ta’lim
.
Hozirgi kunda yurimizda ta’lim tizimini takomillashtirishga, xususan, yordamga muhtoj bolalar
ta’lim tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilib kelinmoqda. Korreksion ta’lim tarbiya bolaning
jismoniy va ruhiy xususiyatini hisobga olib tashkil etilsa, imkoniyati cheklangan bolaning
rivojlanishida kutilgan ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Bolaning intellektual, ya’ni aqliy rivojlanishida turli nuqsonlar kuzatilishi mumkin. Aqli zaif
bolalar markaziy asab sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi
bilan boshqa alohida yordamga muhtoj bolalardan farq qiladilar. Aqliy nuqson bola markaziy asab
sistemasining ona qornidaligi davrida, tugʻilish vaqtida va tugʻilgandan to uch yoshgacha boʻlgan
davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi.
Aqliy nuqsonli bolalar vaziyatni yetarli darajada anglay olmaydilar, xatti-harakatlarni vaziyatga
qarab, adekvat o‘zgartira olmaydilar. Ularda o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy
munosabat birmuncha sust bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishida nuqsoni
bo‘lganda bosh miyaning organik jarohalanishi tufayli bilish jarayonlarining turg‘un pasayishi
ko‘zga tashlanadi. Buning natijasida bolalarda chuqur aqliy orqada qolish, nutq, motorika, diqqat
e’tiborning buzilishi bilan murakkablashadi. Shuningdek eshitish, ko‘rish, tasavvur qilish, atrof-
muhitga mo‘ljal olish va o‘z-o‘zini to‘g‘ri idora qilish qobilyatlari buzilgan bo‘ladi. Shuning
uchun ham maktabgacha yoshdagi aqliy rivojlanishi orqada bo‘lgan bolalarning korreksion ta’lim
tarbiyasi murakkab va o‘ziga xos hisoblanadi. Agar bunday bolalarga oilada noto‘g‘ri tarbiya
berilsa, qo‘pol munosabat ko‘rsatsa ulardagi kamchiliklar ortishi yoki ikkilamchi nuqsonlar paydo
bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikamizda alohida yordamga, maxsus ta’limga muhtoj bolalar ta’limi,
ularning nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan holda, aqli zaif, ruhiy rivojlanishi
sustlashgan, nutqida, ko‘rishida va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar yo‘nalishi bo‘yicha
korreksion ta’lim tashkil etilgan. Aqli zaif bola yordamchi maktabda tahsil olar ekan, o‘z-
o‘zidan oila va maktab hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi. Bu hamkorlik aqliy jihatdan nuqsonli bolani
tarbiyalayotgan ota-onalarning tibbiy, pedagogik, psixologik savodxonligini oshirishda qulay
imkoniyatdir. Eng avvalo maktabgacha yoshdagi aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bola
tarbiyasini uning oilasidan, ota-onasi bilan suhbat va metodik maslahatlar berishdan boshlash
lozim.
Ota-onalarga quyidagilarni tushintirish kerak:
a) bola kun tartibini to‘g‘ri va aniq tashkil etish;
b) bola bilan muloyim, bosiq muomalada bo‘lish;
c) bola berilgan vazifani bajarishdan bosh tortganda uni majburlamay boshqa faoliyat turiga
jalb qilish;
d) bola oldida doimiy tinch ohangda gaplashish, uni ham baqirmay muloyim gapirishga
o‘rgatish;
e) bolani ortiqcha maqtamaslik va uning qaysarliklariga ko‘z yummaslik.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda mustaqil ravishda kattalar va tengdoshlari bilan
muloqotga kirishib, atrof-muhitni idrok etish qobilyatiga ega bo‘lmaydilar. Bunday bolalarning
o‘zlashtirish doirasi tor, lekin maqsadga yo‘naltirganda korreksion pedogogik mashg‘ulot
qanchalik erta ko‘rilsa, bu boladagi bor imkoniyatni oshirishga yaxshi samara beradi. Aqliy
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda kompleks guruhli mashg‘ulotlar o‘tkazish,
mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, bosh vaqtlarda o‘zlashgan
bilimlarni mustahkamlash, lug‘at boyligini oshirish, predmetlarni vazifasi bo‘yicha amaliyotga
tadbiq etish ishlarini olib borishda ota-onalarni jalb etish kerak bo‘ladi.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |