National researches of uzbekistan: conferences


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/101
Sana15.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#553699
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin topshiriqlardan foydalanish. Toshkent: 
Musiqa, 2009.
2. G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi: Nasaf, 2009.


25
Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
YOSHLARDA SOTSIAL-SUYOSIY YETUKLIKNI SHAKLLANTIRISHNING 
AHAMIYATI 
Elchibayeva Nilufarxon Xakimdjanovna
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi 
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i
Annotatsiya
: maqolada yoshlarda sotsial-siyosiy yetuklikni shakllantirish hamda jamiyatni 
demokratiyalashuvi uchun yoshlar siyosiy yetuk bo‘lishining ahamiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlari
: yoshlar, siyosiy yetuklik, demokratiya, modernizatsiya. 
Yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasini shakllanishi mamlakatni modernizatsiyalash jarayoni bilan 
birga kechmoqda. Jamiyatni demokratiyalashuvi jarayonida aholining asosiy qatlamini tashkil 
etuvchi yoshlarda sotsial-siyosiy yetuklikning shakllanishi-bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan chinakkam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat 
maqsadi balki, uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi.
Bugungi kunda yoshlar manfaatining siyosatda aks etishi tor iqtisodiy darajadan, ya’ni 
yoshlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilganligini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadan 
siyosiy muammo darajasiga ko‘tarildi. Bu degani shundan iboratki, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarda qanchalik faol ishtiroki, g‘oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashni takomillashganiligi, 
ya’ni ularning siyosiy ongi va madaniyati, eng avvalo manfaati va qiziqishlari, qarashlari va 
intilishlarini namoyon etadigan sotsial-siyosiy qiyofasidagi o‘zgarishlar mamlakat taraqqiyotini 
belgilab beruvchi muhim omilga aylandi. Yoshlarda siyosiy yetuklikni shakllanishida asosiy 
qonunimiz Konstitutsiyaning ahamiyati katta. Chunki yoshlar huquqiy-siyosiy ongi va madaniyati 
bevosita Konstitutsiyada belgilangan huquq, erkinliklar hamda majburiyatlar orqali amalga 
oshiriladi. Konstitutsiyamiz, eng avvalo, siyosiy hujjatdir. Unda davlat suvereniteti, halq 
hokimiyatchiligi, huquqiy demokratik davlat tamoyillari, tashqi siyosat masalalari o‘z ifodasini 
topgan. Xalq hokimiyatchiligi yoshlarning siyosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashni, ularning 
siyosiy faolliklarini oshirishni talab etadi. Bu jarayon shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro 
munosabatida ham namoyon bo‘ladi. Shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi, 
ular o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat ham yoshlar sotsial-siyosiy qiyofasining shakllanishida o‘z 
ta’sir doirasiga ega. Bu borada Moturiydiy insonning davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida 
shunday deydi: “Insondagi ixtiyor, tanlash imkoniyati jamoaga qarshi yo‘naltirilmasligi, shaxs 
davlat oldida mas’ul bo‘lgani kabi, davlat ham shaxs oldida mas’ul bo‘lishi kerak”. Shuningdek, 
shaxsning tanlash va iroda erkinligi jamoaviy iroda shaxs irodasidan yuqori turishini asoslaydi. Bu 
qarashlar esa aynan demokratik huquqiy davlatning fuqarolarilan talab etiladigan fazilatlarni o‘z 
ichiga oladi. Bu fuqarolarda huquq va burch birligi ta’minlangan bo‘ladi va ular o‘z manfaatlarini 
davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlikda ko‘radi.
Yoshlar mehnat qilish huquqi orqali jamiyatning iqtisodiy sohasini rivojlantirishga o‘z hissasini 
qo‘shishi, o‘zining ijtimoiy ovoziga ega bo‘lishi, o‘ziga va idrokiga ishonchining ortishi, o‘z 
kamolotini jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘lashi, bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etishi mumkin. 
Yoshlar o‘zlariga yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan birga jamiyat va davlat 
oldidagi mas’uliyatini unutmasliklari lozim. Shu o‘rinda mamlakatimiz birinchi prezidentining 
“Demokratik jamiyat qurish uchun demokratik tamoyillarni to‘la qaror toptirish uchun, avvalo, 
shu mo‘tabar zaminda tavallud va tarbiya topgan shaxs o‘zini aynan shu yurt farzandi deb biluvchi 
inson o‘z davlati, o‘z halqi oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya etgan, voyaga yetkazgan 
jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerak” -degan dono so‘zlarini yodga olishning o‘zi kifoya.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, davlatning taraqqiyoti munosib vorislarni kamol 
topishi bilan chambarchas bog‘liq. Negaki, demokratik davlat yoshlarning ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlardagi faol ishtirokidan manfaatdordir. Buning uchun esa, tabiiyki davlat yoshlarning 
siyosiy faolligini oshirish borasida qayg‘uradi. Chunki sotsial-siyosiy yetuk yoshlar salohiyati 
jamiyatni demokratiyalashuvi jarayonini tezlashtiradi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish