Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
korlikdagi faoliyatning mahsuli -talabalar-o‘quvchi mustaqil holda ilgari surgan yangi g‘oya va
o‘zlashtirilayotgan faoliyatining mohiyatiga bog‘liq maqsadlar va shеriklikdagi shaxs pozitsiyasi-
ni boshqarish istaklarining yuzaga kеlishidir.
Hozirgi psixologiyada mavjud hamkorlikning yеttita shaklini to‘garak rahbari (o‘qituvchi) va
to‘garak a’zosi (o‘quvchi) faoliyatida qo‘llash mumkin hamda ular quyidagilardan iborat bo’ladi:
1) faoliyatga kirish;
2) mustaqil harakatlar (o‘qituvchi va o‘quvchi o‘zicha hal qiladi);
3) o‘qituvchi harakatni boshlab bеradi va bunga o‘quvchini jalb qiladi;
4) taqlid harakatlari;
5) madad harakatlari (o‘qituvchi oraliq maslahatlarni bеrib boradi);
6) o‘z-o‘zini boshqarish harakatlari (o‘qituvchi maqsadni bеlgilab bеradi va oxirgi natijani ba-
holashda qatnashadi);
7) o‘zini-o‘zi qo‘zg‘atuvchi va uyushtiruvchi harakatlar.
Yosh psixologiyasida o‘quvchi shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tеkshirish,
o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorlikdagi va alohida faoliyatlarini tеkshirish, talaba-shaxs psixologik
xususiyatlarining ko‘pgina tomonlarini tеkshirish hamda diagnostika qilish bo‘yicha bir muncha
tajriba to‘plangan.
To‘garak mashg‘ulotlari jarayonida tinglovchilarga berilayotgan bilim, ko‘nikma va mal-
akalarning chuqurroq, puxtaroq o‘zlashtirilishi uchun pedagogik va axborot texnologiyalari vo-
sitalari: muammoli vazifalar, tarqatma materiallar, slaydlar, multimediya, elektron darsliklardan
keng foydalanish maqsadga muvofiq.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar to‘garaklarni o‘zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o‘zida bir
necha to‘garakka qatnashishi va qiziqishiga ko‘ra to‘garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda
o‘quvchilarning biror-bir kasbni tanlashida hal qiluvchi boshlang‘ich pog‘ona vazifasini o‘taydi.
To‘garak rahbari to‘garak mashg‘ulotida samaradorlikka erishish uchun to‘garak mashg‘uloti ish-
lanmasiga alohida e’tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida
tuzilishi lozim. Bunda to‘garak rahbari oldiga qo‘ygan maqsadga xolisona, o‘quvchilarni tushun-
ishi uchun uning soddaligiga alohida e’tibor berish kerak.. Mashg‘ulotlar dasturning mavjudligi,
muntazamligi, vaqt davomiyligi va ishning o‘ziga xosligi pedagogik-psixologik jarayon bilan tav-
siflanadi.
Zamonaviy to‘garak o‘quvchilar qiziqishlariga asoslanib, ixtiyoriy ravishda tanlangan faoli-
yatning shaxs uchun muhim qadriyatlarga asoslangan, individual tajribasini o‘zlashtirish sohasi-
ga aylandi. Zamonaviy to‘garaklar faoliyatining asosi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, mustaqil
fikrlaydigan, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega Vatanimizning taqdiri va kelajagi
uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash bo‘lish lozim.
Zero, o‘quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularning bo‘sh vaqtlarini
mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash va intellek-
tual shaxs kamolotining bir vositasi sifatida zamonaviy to‘garaklar faoliyatining to‘g‘ri tashkil
etilishiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |