National researches of uzbekistan: conferences



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/101
Sana15.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#553699
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
2) kasbiy mohirlik, ya’ni har qanday muammoli vaziyatda qiyinchilikni o‘z bo‘yniga olish va 
ishni hal etishda tashabbuskor bo‘lish;
3) 3) emotsional, ya’ni hissiy jalb etuvchanlik. 
Biz talaba-yoshlarda yetakchilik qobiliyatlarini milliy qadriyatlarimiz, qomusiy allomalar, 
buyuk va tarixiy siymolar, davlat arboblarining bizga qoldirgan so’nmas meroslarini o’rganish 
orqali ham shakllantirishimiz mumkin. Yuqorida misol tariqasida keltirilgan «Temur tuzuklari» 
ayniqsa boshqaruv, rahbarlik faoliyatida alohida ahamiyatga molik. Abu Nars Forobiy boshqaruv 
tizimida ilm va san’atning maxsus turlari borasida fozil, aqlli va turli darajali mahoratga ega 
bo’lgan kishilarning o’rnini alohida ifodalagan. Abu Nasr Forobiy esa davlat boshqaruvchisining 
12 fazilatini sanab o’tadi. U, «…bu 12 fazilat bir kishida mujassam bo’lsa – o’sha odam davlatni 
boshqarsin, agarda bu 12 fazilat 12 kishida mujassam bo’lsa unda davlat boshqaruvini o’sha 12 
ta odam birgalikda olib borishi kerak», - deb ta’kidlagan. Shunday ekan yetakchi, boshqaruvchi 
bo’lish uchun maxsus qobiliyat, tarbiya, tayyorgarlik, fazilat va sifatlar bo’lishi lozim. 
Talabalarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish nima sababdan bu qadar muhim degan savol 
tug’ilishi mumkin. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shilar ekan, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish, fan-texnika, ilm-fan taraqqiyoti globallashuv natijasida bo’lishi tabiiydir. Ammo bu 
globallashuvning salbiy oqibatlari; turli oqimlarning paydo bo’lishi, «ommaviy madaniyat»ni 
turmush tarzimizga singib ketishi, milliy qadriyatlarimizni yo’qolib ketishi, yot g’oyalarning hali 
endi ham psixologik, ham fiziologik shakllanayotgan talaba-yoshlarga ta’siri bo’lmoqda. Bularga 
qarshi esa hozirda respublikamizning har bir muassasasi, tashkiloti, pedagog-o’qituvchilar, ishchi-
xodimlari o’zlarining soha va kasblaridan kelib chiqqan holda kurashmoqda. 
Bo’lajak yetakchi va rahbarlarni shakllantirish hozirgi taraqqiyot davrida rivojlangan 
mamlakatlarning strategiyalaridan biridir. Odamlarning psixologiyasi va turmushiga o’nlab yillar 
davomida ko’pincha zo’ravonlik yo’li bilan boshqarilgan rahbarlikni bir zumda o’zgartirish mumkin 
emas. Buning uchun ijtimoiy jamoalar o’rtasidagi rahbarlik munosabatlarining keskinlashuviga 
va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga barham berish yo’li bilan jamiyatni boshqarish 
va o’zgartirish zarurligiga odamlarni ishontirish, harakatga keltiruvchi rahbarlik kuchlarini va 
boshqarishning rag’banlantiruvchi omillarini o’zgartirish mumkin».
Mustaqillikdan keyin bo’lib o’tgan o’zgarishlar, ta’lim tizimidagi islohotlar barchamizga 
ma’lum. Ayniqsa, mustabid tizimidagi ko’r-ko’rona ergashish bu xalqning mustaqil fikrlashini, 
erkin tanlovini, shaxsiy ehtiyojlarining qondirilishini, milliyligini, madaniyatini yo’qotib borar 
edi. O’z milliyligini, o’z madaniyatini saqlab qololmagan xalqdan qanday qilib Vatanga sadoqat, 
oilani asrash, ota-onani e’zozlash kabi yuksak insoniy fazilatlarni kutish mumkin. Shuning uchun 
ham mustaqillik insonlarning erkin fikrlashi, o’z fikrini himoya qilishi, dunyoqarashini o’stirishi, 
barcha uchun belgilangan bir xil qolipni emas, o’zining shaxsiy sifatlari va individual qobiliyatlarini 
inobatga olgan holda harakat qilish va o’ziga maxsus sharoitni yaratishni keng targ’ib qildi. Bu 
targ’ibotni insonlar ongidagi bo’shliq erkinlikni, demokratiyani noto’g’ri tushunish oqibatida 
shaxsiy va moddiy mafaatlarni ehtiyojdan qat’iy nazar qondirish, egosentrik xarakterning 
shakllanishini yuza keltirdi. 
Talaba-yoshlarda shakllantirilayotgan «rahbarlik», «liderlik» fazilatlari barchada bir xil mavjud 
bo’lavermaydi. Buning uchun esa, eng asosiysi, unda qobiliyat bo’lishi lozim. Balki shuning 
uchun ham rahbarlik, boshqaruvchilik - bu san’atdir. San’at – bu qabiliyat, tug’ma va albatta, 
yillar davomida tinimsiz mehnat natijasida tarbiyalangan, shakllangan va rivojlangan iste’doddir. 
Psixologik nuqtai nazardan insonda mavjud qobiliyat uning xarakter xislatlariga, xatti-harakatiga, 
turmush-tarziga, faoliyatiga, shaxslararo munosabatiga bevosita ta’sir qiladi. Har qanday qobiliyat 
shaxsning ijtimoiy hayotida yillar davomida tarbiyalanib, takomillashtirilib borilmasa u dogmatik 
holatda, ya’ni turg’un holatida qolib ketadi va rivojlanmaydi. Shuning uchun yetakchilik qobiliyati 
mavjud talabalarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. 
Rahbar o’z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, odamlarni chuqur 
o’rganadi. Natijada to’plangan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida 
shakllantirib o’zining rahbarlik usulini yaratadi. U o’z boshqaruv usullarini shakllantirishda 
mutlaqo erkin shaxsdir, ammo uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak.
Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shaxsining tafakkuri, aql-idrokiga ham bevosita 
bog’liq bo’ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, yaxshini yomondan, foydani 
zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish imkoniyatini beradi. Bu hammaga ham nasib 
qilavermaydigan yuksak fazilat bo’lib, agar rahbarda ular shakllangan bo’lsa, bunday rahbar 


67

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish