National researches of uzbekistan: conferences



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/101
Sana15.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#553699
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
TALABALARDA YETAKCHILIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING 
IJTIMOIY ZARURATI
Raxmatova Dilbar Anvar qizi
Navoiy viloyati Karmana tumani 
15-umumiy o`rta ta`lim maktabi psixologi 
NDPI 2-kurs magistranti
Telefon:+9989(91)3343373 RDA1997@list.ru
ANNOTATSIYA: 
Mazkur maqolada talabalarda yetakchilik qobiliyatini shakllantirishning 
ijtimoiy zaruriyati ochib berilgan. Shuningdek, yetakchining hozirgi zamondagi o`rni va nega 
kerakligi, uning xususiyatlari yoritib berilgan.
Kalit so`zlar
: yetakchi, lider, qobiliyat, rahbar, boshqaruv mahorati, guruh manfaati.
KIRISH
Mamlakatning umumiy taraqqiyoti individual komillikning yig‘indisi ko‘rinishi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Xalqimiz mentalitetiga xos bo‘lgan ana shu o‘ziga xoslik ya’ni jamoaga qarab 
fikrlash, qaror qilishdan iborat mazkur tamoyildan kelib chiqib, yoshlarda liderlik qobiliyatini 
shakllantirish va boshqaruv mahoratini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. 
«Yetakchi» so‘zi guruh a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan 
qo‘llaniladi. Ilmiy adabiyotlarda ba’zan «lider» so‘zini «yetakchi» atamasi bilan almashtirish 
hollari ham uchraydi. Yetakchi - o‘z atrofidagi odamlarning fikri va xulq-atvoriga ijobiy ta’sir 
o‘tkaza oladigan, maqsadli vazifalarni amalga oshirish qobiliyatiga va yuqori shaxsiy mavqega 
ega bo‘lgan ijtimoiy guruh a’zosi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil 
etish orqali insonda shakllangan qobiliyatga suyanish va qobiliyatni imkoniyatga qarab, namoyon 
etish holatidir. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yosh yetakchi degani o‘ziga tengdosh shaxslar manfaatlari uchun qonun doirasida faol ish 
yuritishni anglatadi. Yetakchi o‘z kuchiga ishongan, jasur va xarizmatik inson bo‘lishi lozim. U 
hatto, yosh avlodning himoyachisi bo‘la oladi. Odatda, yosh yetakchilar tengdoshlari orasida ajralib 
turadigan yorqin xislatlarga ega shaxslardir. Ular nafaqat tengdoshlarini o‘ziga jalb qila oladi, 
balki o‘zidan katta yoshdagilar bilan ham tez til topisha oladi. Bunday yetakchi tengdoshlaridan 
ko‘ra ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi, bu esa unga muhim masalalarni hal etish imkonini beradi. 
Yetakchining asosiy xususiyatlaridan biri - yoshlar orasida “bir qadam oldin”da bo‘lish. U 
yangiliklardan doimo xabardor, boshqalar uchun ochiq bo‘lmagan axborotga ega bo‘lishi kerak. 
Barcha jabhada yoki sohada axborotga egalik qilish boshqalardan ustun bo‘lish imkonini beradi. 
Yetakchi bunday manbani qayerdan, qanday topishni yaxshi biladi. Bunday axborotga ega 
bo‘lmagan o‘spirinlar uning o‘rnini xayol, gumon va shubha bilan to‘ldiradi. Ular hayotidagi 
unutilmas kun yoki umuman bo‘lmagan voqealar bilan o‘rtoqlashadilar, bunday narsalarni yaxshi 
qabul qiladilar. Shu tariqa o‘spirinning yetakchilik xususiyatlari o‘z fikrini erkin bildirishida 
namoyon bo‘ladi. Yoshlar yetakchisi aniq dalil va isbotlar bilan o‘z bilimini boyita oladi. Bunday 
holatda yetakchiga nisbatan ishonch ortadi. 
Yosh yetakchining yana bir xususiyati shundaki, u o‘ziga xos va takrorlanmas fikrlarni dadil 
bildira oladi. U fikrlarini qiziqarli tarzda ifodalaydi va boshqalardan ham dadillik kutadi. Bunday 
xususiyatga ega bo‘lgan yetakchiga yoshlar ishonadi va unga ergashadi. Shuning uchun yoshlarga 
yetakchilik xususiyatlari bilan birga axloqiy qoidalar asosi va ko‘nikmalarini singdirish hamda har 
bir xatti-harakatning natija va oqibatlarini anglashni o‘rgatish kerak. Bu, o‘z navbatida, barkamol, 
yetuk insonni shakllantirish imkonini beradi. Yoshlar va o‘spirinlar ichida turli ijtimoiy guruhlar, 
harakatlarga a’zo bo‘lish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, yetakchi shaxs tug‘ma qobiliyatining yetarli darajada 
shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Yuqorida aytganimizdek, yetakchining asosiy xususiyatlaridan 
biri - guruh manfaati haqida g‘amxo‘rlik. Shuning uchun “yetakchi” ta’rifidagi asosiy ma’no 
shaxsning vaziyatni muvaffaqiyatli hal eta olish qobiliyati va guruh maqsadi yo‘lidagi jonbozligi 
deb tushunilishi mumkin.
Zamonaviy psixologiya fani yosh yetakchiga xos bo‘lgan jihatlarni 3 toifaga bo‘ladi: 
1) jamoa manfaatining ustuvorligi; 


66

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish