National researches of uzbekistan: conferences


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/101
Sana15.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#553699
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.X.Teshaboyev. “Interfaol usullari”. T.2009-yil
2. Gaffarova T. “Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”-T.: “Tafakkur” 
2011-y
3.Internet saytlari.


61
Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
OILADAGI SOG‘LOM RUHIY MUHIT VA UNING FARZANDLAR TARBIYASIGA 
TA’SIRI
Haydarova Zarnigor Doniyorovna
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 
3-maktab amaliyotchi psixologi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola hozirgi kundagi barcha bo‘lajak ota-onalarga kerakli bilim 
, tavsiyalar berish, sog‘lom turmush tarzini yaratish va oila muqaddas dargoh ekanligi haqida 
ma’lumot beradi.
Kalit so‘zlar:
Sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom avlod , oila muqaddas, boy madaniy ananalar, 
halollik , rostgo‘ylik, jamiyat taraqqiyoti, ilm ma’rifat, sog‘lom avlod tarbiyasi, ma’naviy kamolot, 
hayot chorrahalari, sog‘liqni saqlash .
Sog‘lom avlod tarbiyasi hozirgi kundagi eng ustuvor va muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 
Chunki sog‘lom avlodni tarbiyalash – sog‘lom turmush tarzini yaratishni va shakllantirishning 
muhim bo‘lagi hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini yaratish borasida juda ahamiyatga 
molik bo‘lgan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan qilinayotgan ko‘pgina xayrli ishlar, yoshlarga 
yaratib berilayotgan imkoniyatlar, sog‘liqni saqlash borasida qilinayotgan ko‘zga ko‘rinadigan 
ishlarning ko‘pchiligi shular jumlasidandir.
Shu bilan birga sog‘lom turmush tarzini yaratishda boy madaniy an’analarimizning roli ham 
beqiyosdir. Jumladan biz uchun muqaddas bo‘lgan mo‘tabar islom dinimizda ham sog‘lom avlod 
tarbiyasigi katta e’tibor berilgan.
Ma’lumki islom dini avvalo inson faravonligiga, uning ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi va 
ayni paytda, jamiyat taraqqiyotiga, ilm ma’rifatga, halollik, rostgo‘ylik va ezgulikka chorlaydi. 
Yana ahamiyatli jihati shundaki, islom dinida sog‘lom turmush tarzining tayanchi bo‘lgan - oila 
muqaddas hisoblanadi va e’zozlanadi.
Bilamizki, oila naslni davom ettiradigan muhim muassasadir. Oila har tamonlama mustahkam 
bo‘lishi uchun ota- onalarning o‘rinlari beqiyos ahamiyatga egadir.
Farzandga ilm, hunar o‘rgatish farz. Ilmli kishilar doimo el orasida hurmatga loyiq bo‘lib, 
alohida e’zozlanadilar. Xalqimizda «yoshlikda olingan bilim go‘yo toshga o‘yilgan naqsh kabidir» 
degan naql bor. Shunday ekan ilm olishga yoshlikdan harakat qilish kerak. Har bir kishi yoshlik 
davrini g‘animat bilib, beparvo bo‘lmay, kelajakda o‘zi va xalq manfaati, baxt-saodati yo‘lida 
foyda beradigan bilim olishga harakat qilishi muhimdir. Bu borada buyuk donishmandlar o‘z 
qarashlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradi. “Ilm-sahroda do‘st, hayot chorrahalarida tayanch, 
yolg‘iz damlarda yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar 
orasida zebu - ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir», deganlar. Ha, darhaqiqat sog‘lom 
hayot va sog‘lom turmush tarzini yaratish - oiladan, ya’ni farzand tarbiyasidan boshlanadi.
“Mol davlat va farzandlar dunyo hayotining ziynatidir”. Ha farzand qalb rayhonidir. Yoshlik 
chog‘laridan ularni ko‘rib ko‘zimiz quvonsa, katta bo‘lganlarida yordamlaridan bahramand bo‘lib, 
dilimiz yayraydi. Farzandlar insonlarga berilgan aziz ne’matlardan biridir. Bu ne’matning munosib 
farzand bo‘lib yetishishida ota-onaning xizmati beqiyosdir. Shunday ekan farzand tarbiyasida 
otaning ham, onaning ham o‘ziga yarasha vazifalari mavjuddir. Otaning vazifalari quydagilardan 
iborat.
-ota farzandlariga , o‘zining otasiga yaxshilik qilishi bilan o‘rnak bo‘lishi, ularni jonidan ham 
ortiq ko‘rishi muhim hisoblanadi. Shundagina farzand otasining tutgan yo‘lidan yuradi, undan 
ta’sirlanadi, shu holatda unib o‘sadi va voyaga yetadi.
- er o‘ziga bilimli, ma’naviyatli, aql-farosatli umr yo’ldoshi tanlashi kerak-ki, bu ayol kelajakda 
farzandlarining onasi, ularning tarbiyachisi bo’ladi.
Ota farzandining tarbiyasiga, bilim olishiga, shuningdek, odob-axloq qoidalarini singdirib 
borishi muhimdir.
Yomon do‘st va yomon bolalar ta’siridan farzandini asrashi kerak. Chunki, buzuq axloqli bolalar 
bilan do‘stlashib qolsa, farzandining ham tarbiyasi buzulishi tayin. Shuning uchun farzandlarini 
faoliyatini nazoratga olishi, ular bilan ko‘proq hamsuhbat bo‘lishi, qilayotgan ishlarini to‘g‘ri-
yoki noto‘g‘ri ekanligini tushuntirib borishi va oilada otaning o‘rni borligini his qildira olishi 


62

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish