0,10,20,30,40,50,60,70,80,90, 100 qo’shish, Matematik belgilar: +;<;>;;- Birinchi sinfda yuqoridagi terminlar, tushunchalar, matematik belgilar emperik holda tushuntiriladi. Matematikani muvaffaqiyatli o‘qitish, o‘quvchilarni fan asoslari bilan puxta qurollantirishda matematik terminlarni, tushunchalarni lug‘oviy ma‘nolari, mazmun-mohiyatlarini to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganib borish muhim ahamiyatga ega.
Darsliklardagi yoki o‘quvchilarni o‘rganishi lozim bo‘lgan biror mavzudagi u yoki bu terminni, tushunchani ilmiy asosda tushuntirish o‘quvchilarda matematika fani inson taffakkurining qanday imkoniyatlarga ega ekanligi anglashga imkon beradi, bilimni oshiradi, nutqini o‘stiradi.
Boshlang‘ich sinflarda olib borilayotgan kuzatishlar o‘quvchilarning matematikadan olgan bilimlarida anchagina nuqsonlar borligini ko‘rsatmoqda. Bu kamchiliklarning kelib chiqish sabablari asosan quyidagilardan iborat:
O‘quvchilar matematika terminlarni noto‘g‘ri talaffuz etish bilan, ularning urg‘usini noo‘rin qo‘llaydilar.
Ko‘pchilik o‘quvchilar tovush jihatidan bir-biriga yaqin, lekin ma‘nolari har xil bo‘lgan terminlarni farqlay olmaydilar.
Darsliklar tarjimasida hosil bo‘lgan ayrim sinonimlarga o‘xshash terminlarni o‘quvchilar hal xil ma‘noli terminlar deb tushunadilar.
Matematikani o‘qitish jarayonida terminlarni tushuntirish va talaffuzi qiyin terminlarni dars oxirida bir nechta o‘quvchiga takrorlatib keyin o‘quvchilarga lug‘at ko‘rinishda yozdirib qo‘yish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Matematik terminlarni o‘rganishda terminalogik lug‘atlar o‘qituvchi va o‘quvchilarga katta yordamchi bo‘ladi. Ammo hozirgi kunda bunday terminalogik lug‘atlar ilmiy va metodik adabiyotlar nashr qilinmayotgani o‘qituvchilar, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va o‘quvchilarga qiyinchilik paydo qilmoqda.
Terminlarni o‘rganish va to‘g‘ri talaffuz etish o‘quvchilarning savodxonligini oshirib, nutq madaniyatini rivojlantirishda samarali ta‘sir ko‘rsatadi va o‘quvchilarga o‘z fikrlarni grammatik jihatidan to‘g‘ri va aniq ifodalashga o‘rgatadi.
Boshlang‘ich sinflarda matematik terminlarni o‘rganishni to‘g‘ri tashkil qilish uchun terminlar va tushunchalarni tushuntirishga oid mavjud ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganib, ilg‘or matematika o‘qituvchilarining bu boradagi pedagogik ish tajribalarini kuzatib, maktablardagi darslarda olib borgan kuzatishlarga asoslangan holda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Matematika fani o‘qituvchilari maktab matematika darsliklari va o‘quv qo‘llanmalardagi matematik terminlarni mukammal o‘rganib, ularning afzallik va kamchilik tomonlarini oldindan bilishlari;
O‘qituvchi darsda har bir yangi terminni to‘g‘ri va aniq talaffuz etish, ma‘nosini tushuntirish, baynalminal va chet tillardan kiritilgan terminlarni doskaga yozishi va uni bir necha o‘quvchiga takrorlatib, so‘ngra o‘quvchilarning daftarlariga yozdirish lozim;
Sinonim terminlarni tushuntirishda o‘qituvchi o‘quvchilarga har bir terminning afzallik tomonini ko‘rsatish va ulardan matematik ma‘noni to‘la aks ettiradiganlarini ajratib o‘rgatish hamda uning qo‘llanishda uzviylikni saqlash;
O‘quvchilar ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yadigan, talaffuzi qiyin terminlarning jadvalini tuzib, matematika xonasiga yoki yo‘laklarning ko‘rinarli joyiga «Bu terminlarni to‘g‘ri yozing va to‘g‘ri talaffuz eting!» yoki bo‘lmasa «Bu terminlarni to‘g‘ri yozishni va o‘qishni o‘rganing!» kabi sarlavha ostida o‘rnatish katta ahamiyatga egadir.
Matematik terminlar ona tili alfavitida yoziladi. Darsda qo‘llanilgan yangi matematik terminlarni izohli lug‘oviy tarjimasi va ma‘nosini izohlab o‘tilsa o‘quvchilarda yaxshi taasurot qoldiradi. Frantsuz faylasufi, matematigi
R.Dekartning «So‘zning ma‘nosini bilib ishlatish kishini xato qilishdan asraydi» degan fikrini o‘quvchilarga tez-tez takrorlab turish kerak bo‘ladi.