Насослар ва насос станциялари


Yer osti manbaalaridan suv oluvchi nasos stansiyalari nasoslarining siquvini aniqlash



Download 13,37 Mb.
bet39/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)

Yer osti manbaalaridan suv oluvchi nasos stansiyalari nasoslarining siquvini aniqlash


Artizan skvajinalardan suvni toza suv rezervuarlariga olib berishdagi nasoslar ko’tarib berishi lozim bo’lgan to’liq balandlik, m, quyidagi ifoda orqali topiladi:


Н= Нг + hскв +h в+ 1
Bu yerda, Hг — suv ko’tarib berishning geometrik balandligi;
hскв — skvajinadagi yo’qotilgan dam (cho’ktirma nasosning suvi qabul qilish to’riga kirganda),
hв— rezervuardan skvajinadacha bo’lgan to’plovchi quvurdagi yo’qotilgan dam.
Suvni bevosita suv tarmog’iga uzatishdagi nasosning to’liq balandligi, m, quyidagi formula yordamida topiladi:
Н = Hг + hωн+ Нсв
bu yerda, Нг — suvning hisobiy darajasi hamda geodezik boshqaruvchi nuqta orasidagi farq (mabaadagi);
hωн — bosimning suv tarmoqlari hamda quvurlarda yo’qotilishi (malumotlari asosida aniqlanadi),
Нсв — hisobiy deb qabul qilingan nuqtadagi talab qilingan erkin siquv.
Uzunlik bo’yicha yo’qolgan damning 5-10% mahalliy qarshilikda yo’qotilgan dam deb qabul qilinadi. Uzunlik bo’yicha yo’qolgan damnormal sharoitlardagi nasos stansiyasi ishi holatida Shevelyov jadvaliga ko’ra hisoblanadi. Bir necha suv saqlovchisi bir biridan uzoqda joylashgan hamda ular umumiy bosimli quvuriga ketma-ket ulangan holatida quvurning joylardagi sarfi o’zgarishini hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda nasoslar uchun hisobiy bosim har xil bo’ladi. Ehtimoldan holi emaski, turli suv saqlovchilarda turli xildagi nasoslar o’rnatilishi talab etiladi.


  1. Nasoslarning hisobiy bosimi olib berishiga hamda talab etilgan bosimga qarab nasos markasi katalogdan yoki ma’lumotnomadan tanlab olinadi. Bunda nasosning nasos stantsiyasiga o’rnatish sharoitlari inobatga olinishi lozim bo’ladi. Shunda skvajina li suv saqlovchilar uchun korpus diametriga teng bo’lgan artezian nasosi tanlanishi lozim, chunki nasos ishlatiladigan skvajina diametriga joylasha olishi darkor. Nasosning ishchanligi filtrda Vф maksdan oshib ketadigan bosim tezligi hosil qilmasligi kerak:

𝑉𝑚𝑎𝑥 = 653√𝐾

ф
Bu yerda, K – fil’trlash koeffitsienti, m/kun. Bir necha mumkin bo’lgan variantlarda FIKsi baland bo’lgan nasoslarni tanlash ma’qul. Nasos komplektida motorning yo’q holatida uning valdagi maksimal quvvati hamda aylanish chastotasiga qarab tanlash ma’qul. Motor quvvati hisobiy quvvatidan 5-15% ko’p bo’lishi lozim.
Ish nuqtalarini turli ish rejimlarida topishda nasos hamda bosimli quvurlarining birgalikdagi ishlash grafigi yasaladi. Bir nasos stansiyasi hamda bir quvur uchun vazifa oson. Quvurning xususiyati H-Q quyidagi formuladagi hisob kitoblar orqali topiladi:
Н = Нг + А L Q2 / n2, m
Bu yerda, Нг – suv ko’tarishning geometrik balandligi, m, Нг = Zб - Zд; А – suv eltuvchining quvurdagi qarshiligi;
L – suv eltuvchining uzunligi, m;
n – suv eltuvchining iplari soni.
Bizni qiziqtiruvhci intervaldagi suv sarfi ahamiyatini berishda mos bosim ahamiyatlarini hisoblaymiz va shu koordinatalarda H-Q o’qlaridagi quvurning xususiyatlarini quramiz. Tanlangan masshtabda nasosning H-Q xusuiyatlarini grafikka ko’chiramiz. Bu chiziqlarning kesishish nuqtasi ishchi nuqta deb ataladi. Bir necha parallel ishlovchi hamda bir suv eltuvchi bilan ishlaydigan nasos stansiyalari uchun skvajina nasoslarining birgalikdagi ishlashi grafigi tuziladi. Bunday grafikning yasalishini 10-rasmda ko’rsatilgan bir dinamik darajaga ega bo’lgan 3 skvajina li suv saqlovchi misolida ko’ramiz. Agar suv eltuchiga zahira skvajinalari qo’shilgan bo’lsa, eng kam foydali suv transportirovkasi sxemasi tanlanadi. Qoidaga ko’ra, zahira sifatida yig’uvchi rezervuarga yaqinroq joylashgani tanlanadi, 10-rasmda bu GF skvajina. Oldindan har bir skvajina nasoslari uchun keltirilgan H1–Q xarakteristikasi tuziladi, bu esa o’z navbatida nasosdan umumiy suv eltuvchigacha bo’lgan siquv yo’qotilishini inobatga oladi. A nasos uchun bu 2, B va V nasoslar uchun mos ravishda 2 va 3.

3.23-rasm. 3 skvajina nasosining birgalikdagi ishlashi: а) – suv saqlovchining balandlik sxemasi; б) – suv saqlovchi skvajinalarning hamda yig’uvchi suv eltuvchining rejasi; в) – nasoslar hamda suv eltuvchining xarakteristikasi: 1– A naosning passportdagi xarakteristikasi; 2
– 2 nuqtaga nisbatan keltirilgan A nasosning xarakteristikasi; 3 – 2 nuqtaga nisbatan keltirilgan A va B nasoslarning birgalikdagi xarakteristikasi; 4 – 3 nuqtaga nisbatan keltirilgan A va B.

Siquv yo’qotilishi, m, quyidagi ifoda orqali hisoblanadi



Download 13,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish