Насослар ва насос станциялари


Suv ketkazish tizimlarining nasos stansiyalari uchun nasos agregatlarini o‘rnatish usulini tanlash



Download 13,37 Mb.
bet42/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)

Suv ketkazish tizimlarining nasos stansiyalari uchun nasos agregatlarini o‘rnatish usulini tanlash


Umumiy holda nasos stansiyalaridagi nasos agregatlarini mashinalar zallari va qabul rezervuarlarida haydalayotgan oqova suvlarning sathidan pastroq qilib o‘rnatish maqsadga muvofiq (4.1, a-g-rasm; 4.2-rasm).


Agar nasoslar qabul qilish rezervuarlarida haydalayotgan oqova suvlar sathidan balandroq joylashgan bo‘lsa (4.1, d-rasm; 4.3-rasm), bu holda nasos agregatlarining ishlatib yuborilishi va kavitatsiyasiz ish sharoitlari ko‘zda tutilishi shart.
Cho‘kindilarni haydash uchun mo‘ljallangan nasos agregatlari faqat haydalayotgan suyuqlik muhitining sathidan pastroq qilib o‘rnatiladi.


    1. Suv ketkazish tizimlari nasos stansiyalari uchun so‘ruvchi va dam quvurlari hamda suv o‘tkazgichlar hisobi va ularni konstruksiyalash


So‘ruvchi va dam quvurlari hisobini suv ta’minoti tizimlari nasos stansiyalari ana shunday quvurlari uchun hisobidagi kabi amalga oshirish tavsiya etiladi (3.5- b.ga qarang).


Har bir nasos agregati mustaqil so‘ruvchi quvuriga ega bo‘lishi shart. So‘ruvchi quvur shartli o‘tishi diametri nasos so‘ruvchi patrubkasining shartli o‘tishi diametridan katta bo‘lishi kerak.
Nasosning so‘ruvchi patrubkasidan yaqin joydagi fitinggacha (otvod, armatura) masofa so‘ruvchi quvur shartli o‘tishining kamida besh diametriga teng bo‘lishi kerak.
Gorizontal joylashgan so‘ruvchi quvurlar uchun mo‘ljallangan o‘tishlar ekssentrik, ular ichida havo bo‘shliqlari hosil bo‘lmasligi uchun to‘g‘ri yuqori qismli bo‘lishlari shart. So‘ruvchi quvur nasosga tomon uzluksiz ko‘tarilib boradigan bo‘lib, ko‘tarilish kattaligi KMK 2.04.02-97 yoki nasos uskunalari ishlab chiqaruvchi zavodlar talablari bilan tartibga solinadi. Har bir quvurning yon tomonida lyuklar qoldirilib, ular ifloslanganida aynan lyuklar orqali tozalanadi. Zavodda tayyorlangan so‘rish quvurlarida (vertikal nasoslar uchun) lyuklar ham zavod sharoitlarida ishlab chiqariladi. Oqova suvlarni nasosdan chiqarib yuborish uchun uni ta’mirlashda so‘ruvchi quvurning quyi qismida, zadvijka va nasos o‘rtasida shartli o‘tish diametri 50–100 mm bo‘lgan quvur ko‘zda tutiladi.

4.1-rasm. Oqova suvlarni olib ketish tizimidagi nasos stansiyalarda turli xil nasos qurilmalarini joylashtirish sxemalari: 14


a-markazdan qochma konsolli yoki cho’ktirilgan nasos qurilmasi, haydovchi oqova suvlarga cho’ktirilmagan holda joylashtirish; b- cho’ktirilgan nasos qurilmasi; g-vertikal o’qiy
nasos qurilmasi; d- markazdan qochma o’zi so’ruvchi nasos qurilmasi.


14 Wastewater collection system modeling and design / T. M. Walski [et al.]. 1st ed. Exton : Bently institute press, 2007. P. 423.
Shartli o‘tish diametri 500 mm gacha bo‘lgan so‘ruvchi quvurlar voronkalarining qabul qilish tirqishlari gorizontal yuzada, shartli o‘tish diametri 500 mm dan katta bo‘lgan tirqishlar—vertikal yuzada mashinalar zali va qabul qilish rezervuarini ajratib turgan devorga parallel joylashadi. Bu holatda qabul rezervuari tomonidan so‘ruvchi quvurlarda to‘sqichni ta’mirlashda qabul qilish tuynuklarini berkitish uchun shitli zulfin o‘rnatiladi.
Alohida turgan rezervuarlar va nasos stansiyalarining binolari o‘rtasida so‘ruvchi quvur o‘tkazgichlarni o‘rnatish, kanallarda yoki nasoslarga ko‘tarilish imkonini beradigan tonnellarda ko‘zda tutiladi.
So‘ruvchi quvur o‘tkazgichdagi har bir nasos uchun to‘sqich va egri yo‘lak, naporli quvur o‘tkazgichda esa to‘g‘ri yo‘lak, teskari (qaytarma) klapan, montaj qo‘yilma, to‘sqich va zaruriy chiqishlar o‘rnatiladi.
Nasoslardan kelayotgan dam quvurlari bitta umumiy naporli kollektorga birlashtiriladi. Napor kollektorini joylashtirishning ikkita asosiy sxemalari qo‘llanadi: mashina zali va qabul rezervuarini ajratuvchi devorda hamda mashina zalining qarama-qarshi tomonida.
Birinchi sxemaga muvofiq naporli kollektor so‘ruvchi quvur o‘tkazgichlar ustidagi devorda kronshteynlarga, ikkinchi sxemaga ko‘ra esa pol ustida yoki kanallarda o‘rnatiladi. Oqova suvlarini yig‘adigan rezervuarlarga hamda tozalash inshootlariga uzatadigan naporli quvur o‘tkazgichlar naporli kollektorga ulanadi. Istalgan ishonchlilik kategoriyasidagi nasos stansiyalaridan chiqadigan dam quvurlari soni texnik-iqtisodiy hisoblar asosida qabul qilinadi. Bundan tashqari, oqova suvlarini favqulodda suv ob’ektiga chiqarib tashlash imkoni, oqova suvlarini yig‘ish uchun favqulodda jamlovchi idish yoki oqova suvlarining nasos stansiyasiga tushishidan oldin ularni boshqarish uchun favqulodda boshqarish idishini qurish imkoni, oqova suvlarini vaqtinchalik jamlash uchun kanalizatsiya tarmog‘idan foydalanish imkoni, shuningdek KMK 2.04.02-97 ga muvofiq suv
ta’minoti tizimining ishonchlilik kategiriyasiga mos holda suv uzatishni kamaytirish imkoni inobatga olinadi.

4.2-rasm. Gorizontal markazdan qochma nasos qurilmasi bilan boyitilgan nasos


stansiyasining qirqimi.
I ishonchlilik toifasiga ega bo‘lgan nasos stansiyasining uzunligi 2 km dan uzun ikkita va undan ortiq dam quvurlari uchun to‘siqlar ko‘zda tutilib, ular orasidagi masofa avariya chog‘ida ulardan biri bo‘ylab oqova suvlar sarfining 100
%, oqova suvlarning suv ob’ektiga favqulodda (avariyaviy) chiqarib yuborish joyi
mavjud bo‘lganida esa — oqova suvlar sarfining 70 % qismi o‘tkazilishidan kelib chiqib qabul qilinadi.


4.3-rasm. O’qiy markazdan qochma nasos qurilmasi bilan boyitilgan nasos stansiyasining qirqimi


Haydalayotgan suyuqlik muhitlarining (oqova suvlar, cho‘kindilar) so‘ruvchi va haydash quvurlaridagi harakatlanish tezliklari ularda muallaq (qalquvchi) moddalar cho‘kib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Maishiy oqova suvlar uchun tezlik kamida 1 m/s deb qabul qilinadi.


Nasos stansiyasining ichidan payvandlab mahkamlangan po‘lat yotqiziladi.
Quvurlarga armatura va nasos agregatlarini ulash uchun flanetslar qo‘llanadi.
Nasos stansiyalarida quvurlar pol ustidan yoki pol ostidagi kanallar ichidan olib o‘tiladi. Quvurlarni har qanday o‘tkazish usulida quvurda o‘rnatilgan armaturaga undan foydalanish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, ko‘zdan kechirish, at’mirlash va montaj (demontaj) qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun osonlik bilan etib borish ta’minlanishi shart.
Kanallarda agressiv oqova suvlar oqib o‘tadigan quvurlar yotqizilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘sqich armatura miqdori minimal deb qabul qilinadi.
Quvurlar nasos stansiyasi devori orqali o‘tganida ular qo‘zg‘almas (qattiq) yoki qayishqoq qilib qotiriladi (zadelka). Qo‘zg‘almas zadelka konstruksiyaning mustahkamligini ta’minlaydi va quvurlar bino devoridan o‘tgan joyida er osti suvlari sizib o‘tishini kamaytiradi.
Qayishqoq zadelka bino cho‘kishida, issiqlik tufayli kengayishlar va seysmik ta’sirlarda quvurlarning shikastlanish imkoniyati mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Nasos stansiyalarida cho‘kindilarni haydash uchun so‘ruvchi va dam quvurlarini yuvish imkoniyati ko‘zda tutilishi shart. Shuningdek, bu quvurlarni tozalashning mexanik vositalarini ko‘zda tutishga ruxsat etiladi



    1. Download 13,37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish