Yer osti manbaalaridan suv oluvchi nasos stansiyalari
Yer osti suvlari qoidaga ko’ra o’zgarmas hamda yer usti suvlariga nisbatan yaxshi sifatga ega bo’ladi, ifloslanishlardan yaxshi himoyalangan, doimiy issiqlikka ega va shuning uchun birinchi o’rinda xo’jalik istemoli uchun yaroqli bo’lib hisoblanadi. Yer osti suvlari yer ostidan bevosita istemolchilarga yoki oldin tozalash inshootlariga va keyen ikkinchi ko’tarish nasos stansiyalari yordamida istemolchilarga yetkazib beriladi.
Nasos stansiyasining suv olib berishi odatda tekis hamda beto’xtov bo’ladi. Ayrim hollarda, kam ishchanlik hollarida nasos stansiyasi to’liq sutkalik ishlamaydi.
Birinchi ko’tarish nasos stansiyasining turi suv saqlash inshootining konstruksiyaga - bog’liq-yoriq (quduq), shaxta qudug’i va hamda suv ko’tarish moslamalarining turiga – yuklash moslamasi, transmission, gorizontal nasoslar, erlift, vakuum nasos va boshqalarga bog’liq. 3.20 –rasmda eng ko’p tarqalgan yer osti suvini ko’tarib beruvchi nasos stansiyasining sxemasi keltirilgan. Nasos stansiyasining joylashuvi suv saqlovchining ishchanligiga, suv ko’tarish moslamasining ko’rsatkichlariga, rel’yefga va hududning gidravlik sharoitiga bog’liq.
Yer osti suvlari suv ta’minoti manbaasi sifatida quyidagi loyihalarda qo’llanishi mumkin:
Xo’jalik iste’moli ta’minoti uchun:
–yer osti suvlari zahirasi suvga bo’lgan talabni qondirsa, yetarli bo’lmagan zahirada esa –agar uni ko’paytirish imkoni bo’lsa (sun’iy ko’paytirish);
–agar suv sifat DS 2874-97 ni qondirsa;
-agar suv sifati davlat standartlariga javob bermasa lekin uni qayta ishlab yaroqli holga keltirish imkoni mavjud bo’lsa KMK 2.04.02-97;
-agarda suv ayrim kimyoviy xossalariga ko’ra davlat standartiga mos kelmasa va u sog’liqni saqlash organlari tomonidan iste’molga yaroqli deb topilsa;
-agarda suvni sanitary himoyalash zonasini ochish imkoni bo’lsa;
-agarda yer osti suvlarini yetkazib berish bowqa manbaalardan ko’ra yani daryo, kanal, ozero, suv havzalaridan yetkazib berilayotgan suvga nisbatan iqtisodiy jihatdan arzon bo’lsa;
-iqtisodiy-texnik tomonlama foydali bo’lmagan taqdirda ham yer osti suvlarini yetkazib berish maxsus suv ta’minoti tomonidan maqullangan bo’lsa;
3.20-rasm. Yer osti suvlarini oluvchi nasos stansiyalarining sxemasi а) individual nasos o’rnatmalarilik б) guruhli suv saqlovchili:
1—nasoslar o’rnatilgan tirqishlar, 2—yig’uvchi kollektor, 3—siquv quvuri; 4—suv minorasi 5—tarqatuvchi suv quvuri tarmog’i 6—nasossiz tirqishlar; 7—uzi oqar quvur 8—yig’uvchi quduq, 9—so’ruvchi quvurlar; 10—birinchi ko’tarish nasos stansiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |