Q D H
D
Bunda Q va H – ish g‘ildiragining tashqi standart diametri – D bo‘lganida nasosning uzatishi va oqim kuchi;
Qsr va Hsr – diametri – Dsr bo‘lganida nasosning uzatishi va oqim kuchi.
Yuqorida keltirilgan tenglamalardan foydalanib, masalan, zarur bo‘lgan uzatish Qa va oqim Ha kuchlarini ta’minlash uchun nasos ish g‘ildiragini qanday diametrga qadar kesish kerakligini topish mumkin. Buning uchun H = KQ2 ko‘rinishidagi parabola tenglamasidan berilgan Qa va Ha qo‘yilganidan so‘ng K koeffitsienti topiladi. Shundan keyin, grafikning Q shkalasi bo‘yicha turli uzatishlarni olib (5.64–rasm), ushbu tenglama bo‘yicha tegishli oqim kuchlarini
–rasm.
Aniqlash mumkin. Oqim kuchini topishda K koeffitsient ko‘rsatkichi doimiyligicha saqlanadi. Q va H ko‘rsatkichlari bo‘yicha ayniy (podobniy) rejimlar parabolasini qurib, u albatta Qa va Ha koordinatali berilgan A nuqta orqali o‘tib, Q– H ni B nuqtada kesib o‘tadi. Shundan so‘ng Qb/Qa = D/DsrA formula bo‘yicha ish g‘ildiragining DsrA diametri topiladi:
Q
D = QA D
cpA
Б
Nasosning foydali ish koeffitsienti g‘ildirakni kesishda jiddiy o‘zgarmaydi. Bunda etarli darajada aniqlik bilan nasos FIK tezyurarlik koeffitsienti ns = 60..200 bo‘lib, har 10% kesishda 1% ga, koeffitsienti ns = 200..300 ga teng bo‘lganida esa har 4% ga 1% kamayadi deb qabul qilish mumkin.
Tezyurarlik (tez ishlash) koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
nS=3,65 H 3 / 4 ,
Bunda
Q – nasos uzatishi, m3/s; N – nasos oqim kuchi, m;
n – nasos ish g‘ildiragi aylanishining chastotasi, min–1.
Tezyurarlik koeffitsienti – ns ga bog‘liq ravishda g‘ildirakni kesishning quyidagi me’yorlari tavsiya etiladi:
ns 60 dan 120 gacha 20–15%
ns 120 dan 200 gacha 15–11%
ns 200 dan 300 gacha 11–7%
O‘tkazish quvurlari tizimi tavsifini o‘zgartirish orqali markazdan qochma nasos uzatishini muvofiqlashtirish, odatda, yopqich (zadvijka) yordamida amalga oshiriladi. Nasos suv uzatishini kamaytirish maqsadida kuch liniyasidagi yopqich qisman berkitiladi. Bu usuldan qisqa muddatli muvofiqlashtirish, bir necha nasos bitta tizim uchun ishlaganida, dvigatel aylana (oborot) lar sonini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaganida, suv manbaidagi suv sathi o‘zgarganida qo‘llanadi.
Yopqichni berkitilish darajasi Q1–H1, Q2–H2 drossel egri chiziqlarini (5.65– rasm) qurish, ya’ni yopqich oldida oqim kuchi yo‘qotishlari oqibatida N kamayishi bilan nasosning Q–H tavsiflarini qurish usuliga binoan topiladi.
Yopqichdagi oqim kuchi yo‘qotishlari drossel egri chiziqlarini topish uchun mazkur formulaga binoan topiladi:
2
h3=ζ3 2g , или
h3=
А3 Q2
d 4
–rasm. Nasos ishini yopqich yordamida muvoffiqlashtirishda grafik qurilmalar
ξ3 yoki A3 ko‘rsatkichlarini 7–ilovaga binoan qabul qilish mumkin. Q va h3 ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa nasos tavsifi – Q–h1 va Q–h2 va h.k. lar grafigida qarshiliklar egri chizig‘i quriladi. So‘ng nasos ordinatalari tavsifi Q – H dan bir xil uzatishdagi qarshiliklar ordinatalari ayirib tashlab, olingan nuqtalar Q–H1, Q–H2, drossel egri chiziqlari deb nom olgan ravon (plavniy) egri chiziqlari bilan birlashtiriladi. Q–H1, Q–H2, drossel egri chiziqlari, Bunda talab etilgan parametrli o‘tkazish quvurlari tizimi tavsifidagi nuqta ular orasida joylashadigan qilib quriladi. Drossellar egri chiziqlari yopqichning qay darajada ochiqligiga muvofiq kelishini bilib turib (masalan, 2/8, 4/8), interpolyasiya yordamida yopqichning zarur hajmda ochilishini belgilaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |