Uzun uzatish kuch quvuriga ega bo‘lganda markazdan qochma nasoslarning oldinma–ketin ishlashi parametrlarini aniqlash
12–misol. Ikkita bir xil – D500–36 markazdan qochma nasoslari, oldinma– ketin ishlay turib, 60,a–rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha kuch rezervuariga suv uzatadilar. 1–nasos ikkinchisidan ancha uzoq masofada joylashgan bo‘lib, u bilan diametri dn1 = 300 mm va uzunligi ln1 = 350 m bo‘lgan po‘lat quvurlar orqali ulangan. So‘rilish liniyasi diametri dvs = 300 mm va uzunligi lvs = 30 m bo‘lgan po‘lat quvurlardan iborat. Cho‘yan quvurlardan ishlangan umumiy kuch liniyasining diametri dn = 300 mm va uzunligi ln = 1750 m. Suvni ko‘tarish geometrik balandligi Ng = 30 m ga teng. Nasoslar tavsifi bir xil bo‘lib, 60,b– rasmda keltirilgan.
Nasoslar uzatadigan umumiy sarf – Q1+2 va erishiladigan oqim kuchi N1+2, shuningdek har bir nasosning ularning birgalikdagi ishi uchun q, H, ηn va Nn parametrlarini aniqlash talab etiladi.
Echim. 1 va 2–nasoslar bir–biridan ancha uzoq masofada joylashganligi hisobga olib, ulanish liniyasidagi yo‘qotishlarni inkor etish mumkin emas. Shu sababli ushbu nasoslar oldinma–ketin ishining umumiy tavsifini qurish uchun dastlab 1–nasosning d nuqtasiga (ulanish liniyasining 2–nasosga ulanish nuqtasi) nisbatan keltirilgan tavsifini qurish talab etiladi.
Birinchi nasosdan d nuqtasigacha bo‘lgan uchastkadagi oqim kuchi yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
h= (1,1Avs∙lvs∙Kvs+1,05An1∙ln1∙Kn1)∙Q2=
=(1,1∙0,6619∙30∙Kvs+1,05∙0,6619∙350∙Kn1)∙Q2=(21,8Kvs+243,2Kn1) ∙Q2 .
Turli sarflardagi h oqim kuchi yo‘qotishlari jadvalda keltirilgan.
5.20-jadval
q, l/s
|
Q, m3/s
|
Uvs = Un,
m/s
|
Kvs=Kn
|
0 m
|
0
20
40
60
80
100
120
140
160
180
|
0
0,02
0,04
0,06
0,08
0,10
0,12
0,14
0,16
0,18
|
0
0,26
0,53
0,79
1,05
1,32
1,58
1,84
2,10
2,40
|
– 1,191
1,072
1,023
1,001
0,978
0,966
0,956
0,947
0,941
|
25
0,13
0,45
0,98
1,70
2,59
3,69
4,96
6,42
8,08
|
–rasm. Nasoslari bir–biridan ancha uzoq masofada joylashgan suv uzatish tizimi sxemasi (a); D500–36 markazdan qochma nasosining tavsifi (b)
Olingan Q va h ko‘rsatkichlariga ko‘ra nasos tavsifi grafigida Q – h egri chizig‘i tushiriladi.
Bir xil sarfdagi d nuqtaga keltirilgan Q – H1 egri chizig‘i ordinatalaridan h oqim yo‘qotishlarini ayirib tashlash yo‘li bilan 1–nasosning Q – H1d tavsifi quriladi.
Shu yo‘l bilan topilgan 1–nasos tavsifining Q – H1d ordinatalarini 2–nasos tavsifi Q – H2 ordinatalariga qo‘shib, ikki nasos birgalikdagi oldinma–ketish ishining ΣQ –H1d+2 umumiy tavsifi olinadi.
Xuddi ana shu grafikka umumiy uzatish kuch quvurining d nuqtasidan rezervuarga qadar bo‘lgan tavsifi ham tushiriladi.
O‘tkazish quvuri tavsifi tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega: Htr=Ng+1,05AnlnKnQ2=30+1,05∙0,8336∙1750∙KnQ2=30+1334,1KnQ2.
Ushbu tenglamaga binoan Q ning m3/s da ifodalangan turli ko‘rsatkichlari uchun Ntr ning tegishli ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
5.21-jadval
q, l/s
|
Q, m3/s
|
Un, m/s
|
Kn
|
Htr, m
|
0
20
40
60
80
100
120
140
160
180
|
0
0,02
0,04
0,06
0,08
0,10
0,12
0,14
0,16
0,18
|
0
0,28
0,55
0,82
1,10
1,37
1,65
1,92
2,20
2,47
|
– 1,339
1,138
1,044
0,983
0,942
0,912
0,889
0,871
0,858
|
30
30,71
32,43
35,01
38,44
42,57
47,52
53,25
59,75
67,08
|
Umumiy uzatish kuch quvurining Q – Htr egri tavsifi qurilganidan so‘ng nasoslar tavsiflari grafigida ΣQ –H1d+2 va Q – Htr egri chiziqlarini kesib o‘tish nuqtasi sifatida nasoslar ishining A nuqtasini topadilar.
A nuqtadan abssissalar o‘qigacha (sarflar shkalasi) vertikal liniya (chiziq) o‘tkazish yo‘li bilan umumiy sarf Q1+2 = 164 l/s topiladi; A nuqtadan ordinatalar o‘qi bilan kesishguncha (oqim kuchi shkalasi) gorizontal liniya (chiziq) o‘tkazish yo‘li bilan nasoslar erishadigan oqim kuchi N1+2 = 61,4 l/s topiladi.
Har bir nasosning birga ishlagandagi rejimi A1,2 nuqtalarga ko‘ra topiladi va quyidagi parametrlarga teng bo‘ladi:
Q1 = Q2 = 164 l/s; N1 = N2 = 34,8 m; ηn1 = ηn2 = 0,77; Nn1 = Nn2 = 72,7
kVt.
Do'stlaringiz bilan baham: |