4.2 Oqiziqlarni tutib qolish texnologiyasi .
O‘zbekiston Respublikasining xududi tog‘ oldi va tekisliklardan tashkil topib, iqlim jihatidan arid zonasida joylashgan. Shuning uchun qishlok xo‘jalik ekinlaridan sun’iy sug‘orish orqali hosil olinadi. Bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan mamlakatimizda, qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun talab qilinayotgan suvga bo‘lgan talab ortib borishi bilan irrigatsiya tizimlaridagi barcha suv olish nuqtalarini, nasos stansiyalari va qurilmalari bosimli sistemalar (tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan va boshqalar)ni suvni tozalash vositalari bilan ta’minlash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi. O‘zi oqar irrigatsiya kanallarida suvni tozalash qurilmalarini o‘rnatib, suvni tozalashning bir nechta usullaridan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda Respublikamizda ekspluatatsiya qilinayotgan nasos stansiyalari va qurilmalariga suv yuzasidagi yirik oqiziqlarni tozalab berish moslamalari bilan deyarli ta’minlanmagan. Respublikamizdagi suv manbalarining o‘ta loyqaligi, suv yuzasida qalquvchi jismlar, moddalar, oqiziqlarning ta’siri sababli nasos agregatlarining qismlari jumladan ish g‘ildiraklari asosan mexanik ta’sirlar va abraziv yemirilish natijasida ishdan chiqadi. Oqiziqlarning tiqilib qolishi, suv sathining tushib ketishi natijasida nasoslarning ish g‘ildiraklarining ishdan chiqishi sodir bo‘ladi.
Yirik nasos stansiyalarida olib borilgan kuzatuv ishlari natijasida oqiziqlarni oqib kelish davri va hajmining o‘zgarishi quyidagilarga bog‘liq bo‘lishi aniqlandi:
- sug‘orish mavsumi boshida nasos stansiyasiga suvni birinchi marta berish vaqtiga;
- daryoda suv o‘z yo‘lini o‘zgartirishi sababli oqib keladigan daraxt poyalari, ildizlarining suv ko‘p talab qilingan vegitatsiya davrida bo‘lgan holatda qirg‘oqlarni yuvilishi va o‘pirilishi, miqdoriga;
-suv keluvchi kanal bo‘yida joylashgan ishlab chiqarish korxonalaridan chiqarilayotgan chiqindilar turiga;
- yaylov va o‘tloqlarning qirg‘oq bo‘ylab joylashganligi tufayli jonivorlarning tushib, cho‘kib ketishiga va oqib nasos stansiyalariga kelishiga.
Nasos stansiyalarining ishlash tartibi yil davomida o‘zgarib turishini inobatga olgan holda suvning tarkibida oqib kelayotgan turli tuman oqiziqlarni tutib qolish va nasos qurilmalariga tozalangan suvni yetkazib berish dolzarb muammo hisoblanadi.
Oqiziqlarni tutib qolish uchun hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan qurilmalar tahlili sug‘orish tizimi nasos stansiyalariga oqib kelayotgan suvdagi oqiziqlardan tozalashda turli xildagi maxsus qurilmalardan foydalaniladi. Oqiziqlarni tutib qolishning birinchi bosqichida, suzib yuruvchi panton turidagi oqiziqlarni tutib qoluvchi tizim bevosita daryodan kanalga suvni kirish qismiga o‘rnatilgan bo‘lib, katta o‘lchamdagi oqiziqlarning suv keltirish kanaliga kirib ketishini oldini olish uchun hizmat qiladi. Oqiziqlarni tutib qolish va tozalash tizimining ikkinchi bosqichida, prof O.Ya. Glovaskiy tomonidan taklif etilgan, suv keltirish kanaliga, suv oqish yo‘nalishiga nisbatan burchak ostida o‘rnatilgan tutib qoluvchi qurilmadan foydalaniladi. Bu qurilma oldida oqiziqlar miqdori ko‘payib ketgan holatda avariya kanali boshiga o‘rnatilgan darvozalar ochilib, oqiziqlar tushirilib yuboriladi(4.1-rasm).
2006-19 yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, oqiziqlarning nasos stansiyalariga o‘tib ketishi va nasos qurilmalariga mexanik ta’sir etishi natijasida ishdan chiqish holatlari 25-35% gacha borib yetgan[9].
2
1
3
1-kanal; 2-oqiziqlarni tutib qoluvchi qurilma; 3-avariya holatida suv tashlash inshooti.
Do'stlaringiz bilan baham: |