Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

YOvuzlik qilmaslik. YAxshilik qilish. Aqlni poklash.
Buddaviylikda uch xazina nihoyatda qadrlangan, shuning uchun ham har doim 
buddaviylikka e‘tiqod qiluvchilar bu uch xazinani ko‗z–ko‗z qilib emas, balki 
o‗zlariga majburiyat sifatida olib, e‘tiqodning asosiy tayanchi sifati deb bilganlar.
Bu uch xazina ―uch zahar‖ yoki uch turli yomon qilmish deb ataladigan zararli 
odat va ko‗nikmalarga – ochko‗zlik yoki shahvoniy istak, nafrat, yo‗ldan ozish 
yoki nodonlikka qarshi qo‗yiladi.
Insoniyat ―uch xazina‖ga bog‗lanib, ―uch zahar‖dan qochishga intilishni maqsad 
qilib olishi lozim (1V 9b –10a). Darvoqe, odamzodning tabiati doimo dunyoviy 
lazzatga moyil bo‗lib kelgan. Dunyoviy lazzat – inson uchun boshpana, maskan. 
Faqat tashqi olam insonning tana istaklarini qondira oladi. Kimdir pul va boylikdan 
lazzat topib, uni o‗ziga maskan deb biladi, kimdir giyohvand moddalardan, kimdir 
lazzatli ovqatdan, kimdir dengiz bo‗yida dam olishdan lazzat topib, tashqi 
olamning huzur–halovatini hayotning asosiy mazmuni deb biladi, o‗zini baxtiyor, 
hamma narsaga erishgan deb hisoblaydi. Ammo inson umr bo‗yi botiniy ozodlikni 
– botiniy maskanni izlaydi. 
Oltun yorug‗‖da ruhiy kamolotga intilish jamiyatning hamma tomonini va hamma 
qatlamini qamrab olgan. Hammasining ostida insonga muhabbat yotadi. Insonning 
kamoloti uchun, birinchi navbatda, mamlakatda adolat barqaror bo‗lmog‗i, qonun–
qoidalar amal qilmog‗i lozimligi – asardagi muhim aqidalardandir. Qonun–
qoidalarga amal qilish – buddaviylik aqidalariga rioya qilishni anglatadi, ya‘ni 
solihlik, poklik har bir odamning shiori bo‗lishi kerak. Jumladan, asarning uchinchi 
bobida bu haqda shunday deyiladi: ―Qaysi bir yurtdagi podshoh, bek, amaldor 
to‗g‗ri qonun–qoida bo‗yicha yursa, bu kitobdagi farmonlar bo‗yicha yursa, xalqi 
ham shu kitobdagi qonun bo‗yicha yuradi‖. 


―Oltun yorug‗‖ning shu bobida yana aytilishicha, insonning shon–shuhrati uning 
mulkidan emas. ―Boylik, – deyiladi bu asarda, – qonunni oyoq osti qilishga olib 
boradi. Inson boylikdan nafratlansagina, qonun–qoidani hurmat qiladigan bo‗ladi. 
Inson 
bu 
olamdan 
manfaat 
izlamagandagina, 
shon–shuhratga 
erishib, 
ta‘magirlikka, faoliyatsizlikka, ruhsizlikka chek qo‗yadi‖. O‗zlikni namoyon qilish, 
ko‗pchilikning izzat–hurmatiga sazovor bo‗lish ham manfaat izlamaganda paydo 
bo‗ladi. ―Oltun yorug‗‖ asaridagi ―haqiqiy bilim‖ni – aqidalar, o‗gitlarni yuragiga 
joylay olgandagina, inson fazilatlilar qatoriga o‗tadi. Haqiqiy bilimni egallagan 
odam bu dunyoda solih hayot kechirib, jamiki jonzotlarning azob–uqubatlariga 
sherik bo‗ladi. Jonzotlarga najot bag‗ishlash, ularning azoblariga sherik bo‗lish, 
jon fido qilib bo‗lsa ham yordam berish – ―Oltun yorug‗‖dagi yana bir muhim 
aqidadir. Ana shu aqidaga amal qilgan odam ―tanalarni, tirik jonlarni o‗ldirmaydi, 
birovning mol–dunyosini tortib olmaydi, o‗g‗irlik qilmaydi, boshqalarning xotiniga 
bog‗lanmaydi, yolg‗on gapirmaydi, tuhmat qilmaydi, qo‗pol, yoqimsiz so‗z 
so‗zlamaydi, tilyog‗lamalik qilmaydi, hasad qilmaydi, boshqalarga g‗azabini 
sochmaydi‖ (1V). Bir so‗z bilan aytganda, oddiy hayotiy haqiqatni anglab, unga 
rioya qilish shudir.
Ochko‗zlikka olib keladigan oqibatlardan ham tanani, ham ko‗ngilni tiyish yana bir 
fazilatdir. G‗azabning oldini olish, ko‗ngilni kirlardan ketkazib ruhan poklanish. 
Bilimlilik va aqllilikni paydo qilish kabi qator fazilatlar ham insoniyatdin 
bezagidir, deb uqtiriladi asarda. 
Botinan va zohiran komil, ruhan sobit insonni tarbiyalash masalasi islomiyatdan 
oldin ham jiddiy masala bo‗lib ko‗tarilgan. ―Oltun yorug‗‖dagi bu singari aqidalar 
ma‘naviy barkamol insonni tarbiyalashda bugun ham katta ahamiyatga ega.
Buddaviylik she‘rlari. Turkiy budda she‘rlarining asosiy mazmuni budda 
g‗oyalarini targ‗ib qilishdan iborat bo‗lsa-da, bu she‘rlarning orasida tabiatning 
go‗zal tasviri madh qilingan, tabiat bilan inson ruhiyati o‗rtasidagi botiniy 
bog‗liqlik ko‗rsatilgan misralarni ham ko‗ramiz. 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish