Nasimxon rahmonov


bitigtoshi, To„nyuquq bitigtoshi, janrlar



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

bitigtoshi, To„nyuquq bitigtoshi, janrlar. 
Urxun-enisey yozma yodgorliklarining topilish tarixi, bu yodgorliklar 
yuzasidan XV111-X1X asrlarda bo‗lib o‗tgan munozaralar, bu yodgorliklarning 
o‗qilish tarixi to‗g‗risida jahon turkiyshunoslari, jumladan, o‗zbek olimlari ham 
qator fikr-mulohazalar bildirganlar. Biz bu o‗rinda qadimgi turkiy yodgorliklarning 
yaratilishiga sabab bo‗lgan tarixiy sharoit va madaniy muhit to‗g‗risida qisqacha 
to‗xtalamiz.
Ma‘lumki, turk xoqonligi barpo bo‗lmasdan oldingi Markaziy Osiyoning 
ijtimoiy-siyosiy tarixi jujanlar (manqurtlar) tarixi bilan ham bog‗liq. Lekin 
ungacha ham turkiy qavmlar Markaziy Osiyoning turli hududlarida xonliklarga 
uyushgan, siyosiy jihatdan esa tarqoq holda yashardilar. Bu qavmlarni jujanlar 
temir qurollar yasashga, turmushda kerak bo‗ladigan ashyolar yasashga majbur 
qilardilar. Jujan xonlari turkiy qavmlarni ―temirchi qullarim‖ deb haqoratlardilar. 
Jujanlar asoratidan qutulish uchun 535 yili boshlaangan harakat 545 yilga kelib 
kuchaydi. Turkiy qavmlar g‗arbiy To‗ba sulolasi bilan hamkorlikda jujanlarga 
qarshi kurashga otlandilar. Lekin jujanlar bilan urush boshlash uchun bir bahona 
kerak edi. Ashin urug‗ining yo‗lboshchisi Bo‗min jujanlar xoni Aynahayning 
qiziga sovchi jo‗natdi. Bo‗minning xatti-harakati Aynag‗ayga haqorat bo‗lib 
tuyuldi va Bo‗minning elchilari orqali unga haqoratomuz javob berdi. Bo‗minga 
aynan shu javob kerak edi. Bo‗min vaqtni qo‗ldan boy bermay, jangga otlandi. Tez 
orada Bo‗min Aynag‗ayni tor-mor qildi. Bu voqea 551 yilda yuz bergan edi.
Bo‗min jujanlar asoratidan qutulgandan keyin Bo‗min Turk xoqonligiga asos 
soldi. Turk xoqonligi juda katta hududni – SHimoliy Mo‗g‗ulistondan tortib 
Amudaryogacha bo‗lgan joylarni o‗z ichiga olgan edi. SHuncha katta davlatni 
markazdan turib boshqarish qiyin edi. SHu boisdan Bo‗min xoqon Istamini yabg‗u 
unvoni bilan Turk xoqonligining g‗arbiy qismini – O‗rta Osiyo qismini boshqarish 
uchun jo‗natdi. (
YAbg„u
so‗zi harbiy unvonni bildiradi, bu unvon Kushon 
imperiyasidan davom etib kelgan bo‗lib, turkiylar oq xunlar sulolasidan 
o‗zlashtirganlar. 
YAbg„u
– g‗arbiy Turk xoqonligida oliy unvonning nomi bo‗lib, 
ko‗pincha yabg‗u qag‗an tarzida ham qo‗llanadi. Bundan ma‘lum bo‗ladiki, 
yabg„u


– xoqonga tengdir.) O‗zi esa xoqonlikning sharqiy qismini boshqarish uchun 
Qoraqurum shahrida maskan topdi.
Turk degan nom Turk xoqonligi davrida ilgari ham turkiy tilda so‗zlashadigan, 
irqiy va urf-odat jihatidan bir-biriga o‗xshash yoki yaqin turkiy hamda 
turkylashgan (masalan, qitaniylar) qavmlarning siyosiy birlashmasini bildirardi. 
Turk xoqonligi davrida bu jarayon o‗z rasmiy maqomiga ega bo‗ldi. SHuningdek, 
qadimgi turk davrida turkiy qavmlar yagona nom bilan 
ko„k turklar
deb 
yuritiladigan bo‗ldi. Ko‗k turk – ilohiy turk deganidir. Turkiy qavmlar yaratgan 
mifga ko‗ra, ular osmonni – ota, erni ona deb tasavvur qilganlar. SHu bois o‗zlarini 
har osmon bolalari deb aytardilar va ko‗k turk degan mifologik nom ularning 
rasmiy nomiga aylanib qoldi. Garchi turk yoki turkiy degan nom milodiy V 
asrlardan qo‗llana boshlagan bo‗lsa ham, hamma qavmlar va xalqlarning kelib 
chiqishi kabi, etnik jarayonning shu davrdan boshlanganini ko‗rsatmaydi, balki 
turkiy qavmlar qadim zamonlardan beri bor va ularning qavm sifatida mavjudligini 
ashyoviy dalillar – arxeologik yodgorliklar tasdiqlaydi. O‗rta Osiyo, Oltoy, 
Qozog‗iston kabi tarixi qadim o‗lkalardan topilgan inson 
Bo‗min xoqon 552 yili olamdan o‗tdi. Ota vafotidan keyin, qadimgi turk 
xoqonligi qonunlariga binoan, to‗ng‗ich o‗g‗il Qoraxon taxtga o‗tirdi. Lekin 
oradan bir yo‗l o‗tar-o‗tmas, Qoraxon ham olamdan o‗tdi. Uning vafotidan keyin 
o‗rtancha o‗g‗il Mug‗an Turk xoqonligi taxtiga o‗tirdi.
Mug‗an xoqon o‗tgan barcha turk xoqonlari orasida o‗zining g‗ayratli, aqlli, 
hushyor va harbiy sohada ham, diplomatiya sohasida ham tadbirli xoqon ekani 
bilan alohida ajralib turardi. SHu sababli u dunyoga mashhur xoqon bo‗lib dong 
taratdi. Mug‗an xoqon taxtda o‗tirgan yillar (554-574) Ko‗k turk xoqonligi qudratli 
bir pallaga kirdi.
Mug‗an xoqon sharqdagi manchjur, mo‗g‗ul qavmlarini, quriyaliklarni 
bo‗ysundirgandan keyin, g‗arbdagi oq xunlarni itoat ettirish harakatiga tushdi. U 
554 yili Eron sosoniylar sulolasi shahanshohi Xusrav Anushirvonga elchi jo‗natdi. 
Borgan elchilar Eron bilan Turk xoqonligining oq xunlarga qarshi ittifoqini tuzish 
to‗g‗risidagi bitimni imzoladilar. Bu ittifoqni kafolatlash uchun Istami yabg‗u qizi 
Asna bekni Xusrav Anushirvonga (531-579) nikohlab berdi. Bu paytda Eron 
sosoniylar sulolasi oq xunlarga qaram edi. Eron shohi bu qaramlikdan qutulish 
uchun ham Turk xoqonligi bilan ittifoq tuzishga darrov rozi bo‗l qoldi. Ko‗k turk 
xoqonligidek qudratli ittifoqchiga ega bo‗lgan Eron milodning 554 yilidan boshlab 
har yili oq xunlarga berishi lozim bo‗lgan o‗lponni to‗lashdan bosh tordi. SHu yili 
Eron oq xunlarga hujum qilib, Afg‗onistonni bosib oldi. SHu yili Istami yabg‗u 
ham Mug‗an xoqonning ko‗rsatmasiga binoan oq xunlarga hujum qilib, ularni 
Tarim vodiysidan quvib chiqargan edi. 557 yildan boshlab oq xunlarga qarshi 
rasman urush boshlandi. Turk qo‗shinlari bilan oq xunlar o‗rtasidagi urush asosan, 
hozirgi Afg‗oniston hududida yuz berdi. Mug‗an xoqon besh yil ichida (557-562) 
oq xunlar sulolasini yo‗q qildi. Mug‗an xoqon milodiy 565 yili oq xunlarning 
qolgan-qutganini uzil-kesil yo‗qotish va xoqonlikning g‗arbiy chegaralarini yanada 
mustahkamlash ishlarini Istam yabg‗uga topshirib, o‗zi Qoraqurumga qaytib ketdi. 
Istami yabg‗u 565 yilgacha oq xunlarning qolgan kuchlarini yo‗qotdi va sulolaning 
hududini ko‗k turk xoqonligiga qo‗shib oldi. Eron ham oq xunlar hududining bir 


qismini bo‗lib oldi. Istami shu uch yil davomida yana oq xunlar hududiga oid 
masalani Eron bilan bir yoqli qilishga harakat qildi. Balxash ko‗li bilan Orol 
dengizi bo‗ylaridan tortib Qora dengiz bo‗ylarigacha bo‗lgan juda katta hududda 
yashab kelayotgan qavmlarni birlashtirishdek tarixiy vazifani ham bajardi.
Oq xunlar hududi Eron bilan Ko‗k Turk xoqonligining do‗stona munosabatlari 
buzilishiga sabab bo‗ldi. Oxir-oqibat ikki do‗st mamlakat ashaddiy dushmanga 
aylandi. Oq xunlar tor-mor qilingandan keyin ularning hududiga qarashli bo‗lgan 
SHimoliy Hindiston, Tarim vodiysi, O‗rta Osiyo ko‗k turklarning qo‗liga o‗tgan 
bo‗lsa, Xuroson Eronga qoldi. Istami yabg‗u bunday taqsimotga rozi bo‗lmadi. 
Buning ustiga, Eron sosoniylar sulolasi Xurosonni egallab olish bilan 
qanoatlanmasdan, oq xunlarning hududidan yana ko‗proq joylarni bosib olishga 
intildi. Boshqa tarafdan esa turklar O‗rta er dengizi bo‗ylaridagi davlatlardan O‗rta 
Osiyoga, Hindistonga va Xitoyga boradigan muhim xalqaro savdo yo‗lini, SHarqiy 
Rum bilan kelishgan holda egallab olgan edi. Eron bu masalada ozgina bo‗lsa-da, 
yon berishni istamadi. Bu savdo yo‗lining eng muhim nuqtalari Eron hududida 
edi. Eron bu savdo yo‗lidan ko‗p foyda olardi. SHuning uchun Eron Turk 
xoqonligi barpo bo‗lishidan oldin G‗arb va SHarq orasidagi halqaro savdo yo‗lida 
hukmronlikni egallab, SHarqiy Rim bilan doimo urushib kelgan edi. Albatta, ko‗k 
turklarning savdo yo‗liga egalik qilishlariga Eron hech ham rozi bo‗la olmas edi. 
Eron ham cheksiz daromaddan ayrilishni, ham xalqaro miqyosdagi obro‗yiga putur 
etkazishni aslo istamasdi. Turk xoqonligi bilan Eron o‗rtasidagi kelishmovchilik 
bora-bora jiddiylashib, urush xavfini keltirib chiqardi.
Istami Turk xoqonligi bilan Eron o‗rtasidagi sovuq munosabatlarga barham berish, 
oldingiday hamkorlikni va yaxshi qo‗shnichilik munosabatlarini davom ettirish 
umidida Eronga yaqin ayonlaridan Maniax boshchiligida elchilar jo‗natdi. Elchilar 
Xusrav Agushirvon huzuriga ko‗p sovg‗a-salomlar – qimmatbaho ipak matolar 
olib kelishdi. Anushirvon avval vazirlari bilan maslahatlashdi. Vazirlar esa 
Anushirvonni Turk xoqonligiga qarshi gijgijladilar, xoqonning bilan iliq o‗rnatish 
xavfli deb, munosabatlarni uzishga da‘vat qildilar. Anushirvon vazirlarining 
maslahatlariga quloq solib, Turk xoqonligi elchilari keltirgan sovg‗alarni saroy ahli 
ko‗zi oldida o‗tga tashlab kuydirdi.
Eron hukmdorining qo‗pol muomalasidan ranjigan elchilar Istami xoqon huzuriga 
umidsizlanib qaytib keldilar. Istami yabg‗u baribir vazminlik bilan Eronga ikkinchi 
marta elchilar jo‗natdi. SHarqiy Rum tarixchisi Menandrning xabar berishicha, 
ikkinchi marta Eronga borgan xoqonlik elchilari og‗ir baxtsizlikka uchradilar. 
Xusrav Anushirvon elchilarga ziyofat berdi, oldindan uyushtirilgan suiqasd 
bo‗yicha ularning ovqatlariga zahar soldirib o‗ldirdi. Elchilardan uch-to‗rt 
kishigina omon qolgan, xolos. Xusrav Anushirvon suiqasdning oshkor bo‗lib 
qolishidan qo‗rqib: ―Turk xoqonligi elchilari movuq yurtda tug‗ilib o‗sganlar, 
Eronning jazirama issiq havosiga ko‗nika olmay, nobud bo‗ldilar‖, deb gap 
tarqatgan. 
Ko‗k turk xoqonligi elchilari Eronga ikki marta borganlaridan keyin ham, natija 
bo‗lmagach, Istami ibg‗u 568 yili Maniax boshchiligida SHarqiy Rum imperatori 
YUstin II (565-578)ning huzuriga – Konstantinopolga elchilar jo‗natdi. Turk 
xoqonligi elchilari YUstin II bilan qilgan suhbatlarida zimmalariga yuklatilgan 


vazifani bajardilar – ular Turk xoqonligi bilan SHarqiy Rum o‗rtasida savdo 
munosabatlari o‗rnatish vazifasini ko‗ngildagiday amalga oshirdilar. Turk 
xoqonligi elchilari SHarqiy Rumdan qaytayotganlarida, YUstin II Zemarx 
boshchiligida javob elchilarini xoqonlik elchilari bilan birga jo‗natdi. 
Istami yabg‗u SHarqiy Rum elchilarini qabul qilib, jiddiy masalalar ustida 
suhbatlashlar. Bular – Turk xoqonligi bilan SHarqiy Rum o‗rtasidagi ipak savdosi. 
Eronga qarshi birgalikda kurash olib borish, jujanlarning Qora dengiz bo‗ylariga 
qochib ketgan to‗dalarini yo‗q qilish kabi masalalar edi. Darvoqe, jujanlar 
Boyonxon boshchiligida Evropada xoqonlik barpo qilib, SHarqiy Rum 
imperiyasiga goh-goh hujum qilib turardi. SHarqiy Rum elchilari Istami bilan 
qilgan suhbatlarida jujanlar masalasini ko‗targanlarida, Istami yabg‗u SHarqiy 
Rum bilan birgalikda jujanlarga qarshi hujumga tayyorligini bildirib: ―Agar ular 
qush bo‗lib osmonga uchib chiqsa ham, baliq bo‗lib dengiz tubiga yashirinsa ham, 
mening qilichimdan qutulolmaydi‖, deb va‘da berdi.
SHunday qilib, bu masalalar yuzasidan bitimnoma tuzildi. Bitimda Eronga qarshi 
harbiy ittifoq asosiy, kechiktirib bo‗lmaydigan vazifa qilib belgilandi. SHundan 
boshlab uzoqqa cho‗zilgan urushlar boshlanib ketdi. Turk xoqonligi SHarqiy Rum 
bilan ittiqlashib olgandan keyin Eronga hujum qildi. Istami yabhu 569 yili 
Xurosonga bostirib kirib, Eron qo‗shinlarini tor-mor qildi. Eron oq xunlardan bosib 
olgan joylarning hammasini Istami Erondan tortib oldi. Eron turk xoqonligi bilan 
sulh tuzishga majbur bo‗ldi. Sulh shartlariga binoan turklar har yili Erondan qirq 
ming Rum oltini miqdorida boj olib turdi.
571 yildan boshlab esa Eron bilan SHarqiy Rum orasida uzoqqa cho‗zilgan urush 
boshlanib ketdi. Eron sosoniylar sulolasi zaiflasha bordi. Turk xoqonligi bu davrda 
harbiy va iqtisodiy tomondan borgan sari kuchaydi.
576 yili Mug‗an xoqon va Istami yabg‗u vafot etdilar. Ulardan keyin taxtga 
o‗tirgan Tapar xoqon (576-581), Ishbara xoqon (581-587) lar hukmronligi paytida 
Turk xoqonligi bilan Eron orasida bir marta urush bo‗ldi. Eron sarkardasi Bahrom 
chubin uch yuz ming kishilik turk qo‗shinlarini – CHur bag‗a xoqon 
qo‗mondonligidagi lashkarni Hirot bilan Balx orasida tor-mor qildi. O‗sha urushda 
CHur bag‗a xoqon halok bo‗ldi. Bahrom chubin Buxoro yonidagi Paykent shahriga 
bostirib kelib, CHur bag‗a xoqonning o‗g‗li Barmudo tiginni asir qilib oldi. 
Paykent shahrining xazinasidagi boyliklarni bir necha ming tuyaga yuklab, Eron 
shahanshohi Xo‗rmuzd (Istami yabg‗uning qizidan tug‗ilgan)ga jo‗natdi. Bu 
safargi urushda Eron g‗arb tarafdan hujum qilgan SHarqiy Rum qo‗shinlarini ham 
Kavkaz atrofida tor-mor qildi. Turk xoqonligi qo‗shinlari bilan SHarqiy Rum 
lashkari mag‗lub bo‗lgan esa-da, Eron xalqaro savdo yo‗liga bo‗lgan hukmronlikni 
qaytadan qo‗lga kiritolmadi. (Klyashtorniy, Savinov. 90, 91 betdan olish kerak) 
Albatta, g‗arbiy Turk xoqonligining dunyo xaritasidagi o‗rni, jahon tarixida 
egallagan mavqei shu bilan chegaralanmaydi. Ayniqsa, Xitoy bilan bo‗lgan 
munosabatlari Turk xoqonligi tarixida muhim iz qoldirdi. Xususan, qadimgi turkiy 
yozma yodgorliklarda Xitoy va Turk xoqonligi munosabatlari to‗g‗risida ma‘lum 
ma‘lumotlar bor. Zotan, qadimgi turkiy yozma yodgorliklar faqat turkiy 
qavmlarning ijtimoiy- siyosiy hayoti to‗g‗risida badiiy lavhalar bo‗lishi bilan birga, 
bu qavmlarning dunyoqarashi, tafakkuri, maishiy hayoti manzarasi hamdir. 



Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish