lashkari bilan Muhammad Ali tomonidan Buxoro xalqi o‗rtasidagi jangda har ikki
tomondan yigirma ming odam o‗ldi. Mo‗g‗ul lashkarining qo‗li baland keldi va
Qorachor no‗yonning amri bilan Buxoroni g‗orat qilishdan lashkar o‗zini tiydi.
Mahmud Torobiy bilan bog‗liq voqealarni Mirzo Ulug‗bek keltirishidan shu
narsa ma‘lum bo‗ladiki, tarixda Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo‗zg‗oloni
zolimlarga qarshi kurash yo‗lidagi kurash emas. balki Mahmud Torobiy avom
xalqni aldov bilan o‗ziga og‗dirib olgani va shu xalq uni Buxoro amiri qilib
ko‗targanini hikoya qilgan. Mahmud Torobiy o‗zini avomgaqanday qilib sohibi
karomat qilib ko‗rsatgani quyidagi parchada yana ayon bo‗ladi: ―...Keyingi juma
kuni SHayx Mahmud Torobiy nomiga xutba o‗qitdilar.
Imomlar va Buxoro
akobirlarining barchasi shunda hozir qilindi. Ularning ba‘zilarini o‗ldirdi,
ba‘zilarini sazoyi qildi. Rind va avboshlarning barchasini katta ehtirom bilan qabul
qildi. Ularga dedi: ―Sizlar uchun g‗oyibdan qurolyarog‗ topishga muyassar
bo‗ldim!‖ O‗sha kunlarda SHeroz tomondan bir karvon keldi va to‗rt xarvor
shamshir olib kelishdi. Bu ham odamlar sonining ko‗payishi va e‘tiqodiga sabab
bo‗ldi‖. Xalq bundan tashqari boylarning uyiga kirib, molini talon-taroj qilib
keldilar, Mahmud Torobiy o‗ljalarni avboshlarga taqsimlab berdi.
Mirzo Ulug‗bek Mahmud Torobiyning qiyofasini chizmagan bo‗lsa-da, u bilan
bog‗lik voqealarda uning ichki dunyosi bilan tashqi harakatlari bir-biriga nihoyatda
mos ekanini ko‗rsatib bergan. Mirzo Ulug‗bek keltirgan detallar
SHuningdek, mazkur bobda CHig‗atoy ulusi bilan Elxoniylar davlati o‗rtasidagi
siyosiy
munosabatlar, CHig‗atoy ulusining ijtimoiy-siyosiy hayotida barlos
amirlarining roli, Balx va Andijonning qaytadan tiklanishi, ma‘muriy va ma‘naviy
islohotlar singari voqealar ham o‗rin olgan.
Har bir bobda biron xon yoki muayyan tarix hikoya qilinar ekan, albatta, Mirzo
Ulug‗bek oddiy bayonchilikdan qochadi, kitobxonni jalb qilish maqsadida avvalo.
Asar uslubiga badiiy jilo beradi, ikkinchidan, ma‘lum tarixiy voqealar yoki
qahramonlarga ta‘rif berish maqsadida she‘riy parchalar keltiradi. Umuman. asarda
Mirzo Ulug‗bek bu asarini yaratish bilan ijodkorlik mahoratini namoyon qilgan.
O‗tmishdagi tarixiy asarlar ayni paytda badiiy asarlar kabi kitobxonning estetik
ehtiyojini qondirish uchun ham xizmat qilganini Mirzo Ulug‗bekning
mana shu
asari misolida yanada aniqroq ko‗rish mumkin.
Mirzo Ulug‗bek asarida ―doston‖ terminini qo‗llaydi. Bu bejiz emas. Jumladan,
―O‗tror muhosarasi dostonining tugashi‖, ―Jand voqeasi dostonining oxiri‖,
―Jo‗jixon, CHig‗atoyxon va O‗ktoyxon dostonining oxiri‖ va h. tarixiy
voqealarning bayoni, ayniqsa, O‗tror shahzodalarining fojiali o‗limi, aholining
ayanchli hayoti tasviri, O‗tror hukmdori G‗oyirxon bilan shahar ahlining qal‘aga
kirib, bir oy davomida o‗limga tik boqib, mo‗g‗ul lashkarlari bilan ayovsiz jang
qilgani shu darajada mahorat bilan tasvirlanganki, chinikam doston kabi o‗qiladi.
Ayniqsa, Jo‗jixonning vafoti bilan bog‗liq voqea (turkiycha
jir
) ―To‗rt ulus
tarixi‖dagi eng ta‘sirli lavhalardandir. Ma‘lumki, CHingizxonning to‗ng‗ich o‗g‗li
Jo‗jixon Dashti Qipchoqda hukmronlik qilardi. Jo‗jixonning vafoti haqidagi xabar
O‗rdaga etib kelganda, bu xabarni CHingizxonga etkazishga hech kim jur‘at qila
olmaydi. Oxiri barcha amirlar ulug‗ jarchidan. CHingizxon
yaxshi kayfiyatda
turganda bu shum xabarni etkazsangiz. Deb iltimos qiladilar. Ulug‗ Jarchi fursati
etganda CHingizxonga quyidagi turkiycha jirni aytdi:
Tengiz boshdan bulg„ondi, kim tinduroro, xonim?
Terak tubtun jig„ildi, kim turg„uzoro, xonim?
(YA‘ni, daryo boshidan loyqalandi, uni kim tozalaydi, ey podshohim? Terak
ildizidan quladi, uni kim turg‗izadi, ey podshohim?)
CHingizxon Jarchining savoliga shunday javob berdi:
Tengiz boshdan bulg„onsa, tindurur ulum Jo„jidir,
Terak tubdin jig„ilsa, turg„uzur ulum Jo„jidir.
(YA‘ni, agar daryo boshidan loyqalangan bo‗lsa. Uni tindiruvchi mening o‗g‗lim
Jo‗jidir. Agar terak yog‗ochi ildizidan qulagan bo‗lsa, uni turg‗izuvchi o‗g‗lim
Jo‗jidir).
Jarchining ko‗zlaridan shashqator yoshlar oqdi. CHingizxon fojiani anglaydi va
quyidagi baytni aytadi:
Ko„zing yoshin chungur turlu liq-liq to„ldi bo„lg„aymu?
Jiring ko„ngul o„rkutur Jo„chi o„ldi bo„lg„aymu?
(YA‘ni, ko‗zlaring o‗z yoshlarini dumalatmoqda, nahotki ko‗ngling to‗lib
ketgan
bo‗lsa? So‗zlaring yuraklarni o‗rtadi. Nahotki Jo‗ji o‗dgan bo‗lsa?)
Jarchi CHingizxonning bu baytiga quyidagicha javob beradi:
So‗ydamakka erkim yo‗q, sen so‗ylading, o xonim,
O‗z yarlig‗lig‗ ozarg‗a javobdi o‗ylading, o xonim!
(YA‘ni, bu haqda gapirishga qudratim va ixtiyorim yo‗q, o‗zing shunday
buyurgansan, ey podshohim! O‗z hukming o‗zing uchun bo‗lsin, to‗g‗ri fikr
qilding, ey podshohim!)
CHingizxon Jo‗jini boshqa o‗g‗illaridan ham ko‗ra nihoyatda yaxshi ko‗rar edi.
CHingizxon: ―Kimki Jo‗ji xonning o‗limini talga olsa, mening siyosatimga (ya‘ni
jazoimga) duchor bo‗ladi‖, deb ogohlantirgan edi. Jarchining javobidan taqdirga
tan bergan CHingizxon shunday deydi:
Qulon olg‗on quvlandi, qulunimdan ayrildim,
Ayrilishqon anqudi er ulumdan ayrildim!
(YA‘ni, ov qilish uchun ov maydonida quvlanayotgan qulonga o‗xshayman, qulon
o‗zi qochadi. Ammo bolasi qoladi, men ham xuddi qulon kabi bolamdan judo
bo‗ldim!)
Bu voqea, shubhasiz, kitobxonni larzaga solmasdan qo‗ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: