Nosiruddin Burhonuddin Rabg„uziy va uning “Qisasi Rabg„uziy” asari
Reja:
1.
“Qisasi Rabg„uziy”ning yaratilishi.
2.
Rabg„uziy – manbashunos va tanqidchi.
3.
Asarda qissa janri.
4.
Hikoyat janri.
5.
Rivoyat janri.
6.
SHe‟riy janrlar.
7.
Latifa janri.
8.
Hikmat janri.
104
Нажип А.Н. Ю
қ
оридаги асар, 80
-бет.
9.
Boshqa kichik (xabar, foyda, munojot) janrlari.
Kalit so„z va terminlar:
qasida, savol, javob, qissa, rivoyat, xabar, hikmat,
ahsan ul-qasas, adabiyotshunos, tanqidchi, hadis, musulmon va yahudiy
manbalari, tafsir, hikoyat, g„azal, latifa, to„rtlik, mutasavvif.
Asarning yaratilishi, maqsadi va tuzilishi
. YUqorida aytilganiday, islomni
turkiy qavmlar orasiga keng yoyish, payg‗ambarlar hayoti bilan ommani
tanishtirish va bu payg‗ambarlar tarixiga oid asarlar yaratish uchun Berkaxon
hukmronligi davridan boshlab Oltin O‗rda hukmdorlari astoydil harakat qildilar.
―Qisasi Rabg‗uziy‖ shunday asarlardan biridir.
Rabg‗uziyning hayoti, ijodi to‗g‗risida biron tarixiy yoki adabiy manbada
ma‘lumot saqlanib qolmagan. Bu ijodkor haqidagi qisqa ma‘lumotni ―Qisasi
Rabg‗uziy‖dan topish mumkin.
Asar inson zotini Olloh Taolo yaratgani, avvalo xotinni emas, erkak zotini
yaratgani, insonni yovuz yo‗ldan qaytargani va pok yo‗lga solgani haqidagi hamdu
sano bilan boshlaydi. SHundan so‗ng Muhammad Mustafo s.a.v.ga bag‗ishlangan
bir g‗azalni keltiradi. CHamasi, Rabg‗uziy bu g‗azalni o‗zi yozgan. (10-bet.
G‗azalni keltirish kerakmikan yoki ishora etarlimi?)
SHundan keyin Burhoniddin o‗zining kimligi va ―Qisasi Rabg‗uziy‖ning yozilish
sababini quyidagicha bayon qiladi: ―...bu kitobni tuzgan, to‘at yo‗linda tizgan,
ma‘siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug‗, ko‗p yozuqlug‗ Rabot o‗g‗uzining qozisi
Burhon o‗g‗li Nosuriddin urug‗i... andog‗ aytur...beklar urug‗i, yigitlar arig‗i, ulug‗
otlig‗, qutlug‗ zotlig‗, ezgu qilqlig‗, islom yorig‗lig‗, mo‗g‗ul sanilig‗, musulmon
dinlig‗, odamiylar inonchi, mo‗‗minlar quvonchi, himmati adiz, aqli tegiz begimiz
Nosiruddin To‗qbug‗a sabbatallohu alo dinil-islom va salomuhu‖.
105
Bu ta‘rifdan
so‗ng To‗qbug‗abekka bag‗ishlangan o‗ttiz uch misradan (bayt?) iborat qasida
keltiriladi. Qasidaning talablari va qonun-qoidalariga ko‗ra, To‗qbug‗abekning
shaxsiy fazilatlari madh etiladi: u islomga e‘tiqod qo‗ygan, muttasil Qur‘on
o‗qiydi, himmati osmondan ham yuksak, islomga chin dildan e‘tiqod qo‗ygan,
xulq-atvori yaxshi, ko‗proq do‗st orttirishga harakat qiladi, ko‗rinishi arslon
sifatliq, yoshi kichik bo‗lsa ham ulug‗sifat, zoti toza va h.
Rabg‗uziy asarning yaratilgan yili (hijriy 150) va To‗qbug‗aning unga qilgan
iltimosi to‗g‗risida bayon qiladi. Rabg‗uziy keltirgan ma‘lumotlardan shu narsa
anglashiladiki, To‗qbug‗a payg‗mbarlar tarixiga bag‗ishlangan qissalardan yaxshi
xabardor. SHuning uchun To‗qbug‗abek Rabg‗uziyga payg‗ambarlar to‗g‗risida
asar yaratishga iltimos qilishdan oldin bu xildagi qissalarning mazmuni va shakli
to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Payg‗ambarlar to‗g‗risidagi ba‘zi asarlar to‗g‗ri,
ba‘zilari noto‗g‗ri, ayrimlari nuqsonli, ba‘zilarida kamchiligi borligini uqtiradi.
Asarga ―Qisasi ar-Rabg‗uziy‖ deb nom qo‗yganini muallifning o‗zi qayd etadi.
Rabg‗uziy asarni yozishda Qur‘ondan, Abu Ishoq Nishopuriyning forscha ―Qisas
ul-anbiyo‖sidan, Vahb ibn Munabbihning arab tilidagi ―Ka‘b ul-axbor‖ (mil.728)
asaridan foydalangan. SHuningdek, SHarqda yaratilgan va mashhur bo‗lgan ―Qisas
105
Носируддин Бур
ҳ
онуддин Раб
ғ
узий.
Қ
исаси Раб
ғ
узий. 1 жилд. Тошкент. “Ёзувчи” нашриёти. 1990, 10
-бет.
(Бундан кейинги мисоллар шу нашрдан олиниб, фақат асар номи ва саҳифаси кўрсатилади.)
ul-anbiyo‖ faqat shulardan iborat emas. Saxi bin Abdulloh at-Tustariy (mil. 896),
Muhammad bin Abdulmalik al-Musabbihiy al-Xoroniy (mil.1029) ham arab tilida
―Qisas ul-anbiyo‖ yozganlar.
Rabg‗uziyning ―Qisai Rabg‗uziy‖ asari boshqa ―Qisas ul-anbiyo‖lardan faqat
tuzilishi va til jihatidangina emas, balki muallifning biron dalilni tasdiqlash yoki
rad qilish uchun sinchkov olim sifatida munosabat bildirgani bilan ham farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |