Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

SHayx uldurkim, niyoz olsa, mustahiq 
(muhtoj)larg„a, g„arib bechorag„a bergaylar. Agar olib, o„zi esa, murdor et 


emishdek bo„lg„ay. Agar to„n qilib kiysa, ul to„n to„zg„uncha Haq taolo namoz, 
ro„zasini qabul qilmag„ay va agar olg„an niyozidin non qilib esa, Haq taolo oni 
do„zaxda turluk azobg„a giriftor qilg„ay. Va agar andog„ shayxga har kishi e‟tiqod 
qilsa, kofir bo„lg„ay. Andog„ shayxlar mal‟un turur. Oning fitnasi Dajjoldin 
badtar, shariatda, tariqatda, haqiqatda, ma‟rifatda murtad turur. Ey tolib, agar 
Haqni talab qilib topay desang, andog„ pirga qo„l bergilkim, shariatda orifi billoh 
(ollohni tanuvchi) bo„lsa, tariqatda voqifi asror bo„lsa, haqiqatda komilu 
mukammal bo„lsa, ma‟rifatda daryoyi ummon bo„lsa, saodat bo„lg„ay. Agar murid 
shariat ilmini bilmasa, shariat ilmini anga o„rgatg„ay. Agar tariqatda holi voqe‟ 
bo„lsa, tariqat ilmi birlan yo„lg„a solg„ay va haqiqat siridin muridga yo„l 
ko„rsatgay. Ma‟rifatda jazabai Haq paydo qilg„ay
». 
YAssaviyning o‗zi pir sifatida ilm-fanga alohida e‘tibor qiladi. Professor E. 
Rustamovning ma‘lumot berishicha, YAssaviy masjidi manglayiga «Talabul ilm 
farizatun ala kulli muslimin va muslimatin» degan hadisni yozdirib qo‗ygan ekan. 
«YAssaviya» tariqatini «jahriya» deb ham aytishadi. «Jahr» ─ oshkor qilmoq, 
baland ovoz bilan o‗qimoq degani. Bu borada «Devoni Hikmat»da shunday satrlar 
bitilgan:
Mani hikmatlarim ko‗plarg‗a ayting, 
Duo takbir qilib, rahmatga boting, 
Agar hikmat o‗qusa, ayuhannos, 
Erur farzand manga ul tolibi xos. 
Muallif «duo-takbir»ga, «hikmatlarni ayuhannos o‗qish»ga e‘tibor qaratadi. 
Qalandarlikni Allohni tanishdagi asosiy vosita deb biladi.
Turkistondagi darveshlik-qalandarlik tarixi Ahmad YAssaviydan boshlanadi. Ular 
islom g‗oyalari bilan sug‗orilgan hikmatlarni dunyoning turli tomoniga yoydilar. 
Turkiyalik mutaxassislar Onado‗li sarhadlarining musulmonlashuvi, bu o‗lkada 
turk islom davlatining maydonga kelishida qalandarlar katta xizmat qilgan 
deydilar. Qalandarlar mol-dunyo, davlatu saltanat, kibru havoni tark etib, faqirona 
umr o‗tkazishga harakat qildilar. Zamonida eng ilg‗or ijtimoiy harakatga aylanib, 
atrofiga jamiyatdagi sog‗lom kuchlarni to‗plagan. Masalan, 1898 yilgi Andijonda 
yuz bergan milliy ozodlik qo‗zg‗olonining harakatlantiruvchi kuchi qalandarlar 
edi. Ular faqat Allohga hamdu sano bilangina emas, balki har qanday zulmga 
qarshi kurash bilan ham shug‗ullanishardi. Qalandarlik harakatining chor hukumati 
tomonidan rasman taqiqlanganligi ham bejiz emasdi. 
Devoni hikmat. Ahmad YAssaviyning bizga etib kelgan asari «Devoni hikmat»dir. 
U «Faqrnoma» deb atalmish so‗zboshi bilan boshlanadi. «Faqrnoma» faqirlik 
ta‘rifiga bag‗ishlangan. So‗fiylikda mol-dunyoga hirs qo‗yish tanqid qilinib, 
faqirlik ulug‗lanadi. Ammo faqirlik qashshoqlik emas. Faqirda ortiqcha boylik 
bo‗lmaganidek, o‗zgaga muhtojlik ham yo‗qdir. Qashshoq esa kunini ham 
ko‗rolmaydigan yo‗qsuldir. Hazrati Muhammad: «Al-faqru faxri» (Faqirlik 
faxrimdir),- deganlar. Rivoyat qiladilarki, payg‗ambarimiz me‘rojga chiqqanlarida 
Alloh taolo u kishiga faqir qiyofasida ko‗ringan ekan. Faqirlikning bunday 
ulug‗lanishida ma‘no bor. CHunki mol-dunyoga hirs qo‗yish, birinchidan, odamni 
harom-halolni farqlamaslikka undaydi. Bunda birovning haqqiga xiyonatga, zulm-
zo‗ravonlikka yo‗l ochiladi. Ikkinchidan, mol-dunyo egasida kibru havo, 


manmanlik paydo qiladi. SHu sababli, mumtoz adabiyotimizda faqirlikka alohida 
e‘tibor berilgan. Bu borada tegishli hadislarni sharhlash va badiiy ifodalash 
yo‗lidan borilgan. Mumtoz adabiyotda eng ko‗p tasvirga olingan hadislar: «

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish