Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Oshiqlikni da‟vo qilib yurolmadim, Nafsdin 
kechib, men amrini qilolmadim, Nodonlikda Haq amrini bilolmadim
‖. 
CHin dunyodan, uning YAratuvchisidan bexabar hayot kechirish «g‗aflat»dir. 
G‗aflatda yashagan kishi «g‗ofil»dir. O‗zlikni anglamoq pir vositasida, ilm va 
riyozat bilan bo‗ladi. Bunga erishganlar «dono», «g‗ofil»lar esa «nodon»lardir. 
Riyozat maqsadga etish yo‗lida chekiladigan mashaqqatlardir. Nodon o‗z nafsidan, 
huzuridan bo‗lak narsani o‗ylashga qodir emasligi bois YAratganga begona. 
YAssaviy oltmish uch yoshida uzlatga chekinganini dunyoda dono topmagani va 
nodonlar bilan birga bo‗lishni istamagani bilan izohlaydi: 
Er ostig‗a qochib kirdim nodonlardin, 


Ilkim ochib, duo tilab mardonlardin, 
G‗arib jonim yuz tasadduq donolardin, 
Dono topmay, er ostiga kirdim, mano. 
YAssaviy hikmatlarida qattiq tanqid qilinadigan illatlardan biri nafsdir. Ma‘lumki, 
insonda tana va ruh mavjud. Nafs tananing ehtiyojini aql nazoratisiz to‗xtovsiz 
qondirish istagidir. Nafs kishini insonlikdan chiqarib, hayvonlikka boshlaydigan 
jihatdir. So‗fiylikning eng muhim odoblaridan biri nafsni jilovlash ekani sababli
hikmatlar orasida bunga katta e‘tibor beriladi: 
Nafsim mani yo‗ldin urib xor ayladi, 
Termulturib xaloyiqqa zor ayladi, 
Zikr aytturmay, shayton birla yor ayladi 
Hozirsan deb nafs boshini yanchdim, mano. 
YAssaviy nafsni insonning eng katta dushmani sanaydi, uni engmaguncha 
odamiylik ta‘min etilmaydi, deb hisoblaydi. SHoir nafsni zolim deya talqin qiladi. 
Bu qarashda asos bor. Tanning o‗z huzur-halovati yo‗lidagi intilishlari tan 
egasining ruhiyatiga jabr bo‗ladi. Bunday paytda, odamga faqat YAratgan ko‗mak 
bera olishi mumkin. SHunday pallada: «
Alloh! degil
»- deydi shoir. Agar odam 
nafsga emas, Allohga bo‗ysunsa, qodir YAratuvchi bunday bandaga, albatta, 
madadkor bo‗ladi: 
Zolim agar jafo qilsa, ollo degil, 
Ilking ochib, zore qilib, bo‗yin sung‗il, 
Haq dodingga etmas bo‗lsa, gila qilg‗il, 
Haqdin eshitib, bu so‗zlarni aydim mano. 
Ahmad YAssaviy hikmatlarida ko‗p uchraydigan obrazlardan biri «tufrog‗»dir. U 
ramz darajasiga ko‗tarilgan. Qadim sharq falsafasiga ko‗ra dunyoning asosida to‗rt 
unsur: tuproq, suv, shamol, olov yotadi degan tushuncha bor. Tuproqning 
muqaddasligi haqidagi qarashlar shunga borib taqaladi. Odam suv qo‗shib, 
qorilgan tuproqdan yasalgan, olovga toblab, shamol bilan quritilgan. SHunga 
ko‗ra, inson tanasi ham yuqoridagi to‗rt unsurdan tarkib topgan. Binobarin, 
insonning deyarli butun mohiyati mana shu to‗rt narsa bilan chambarchas bog‗liq 
bo‗larmish, ya‘ni tuproq sabr-toqat, kamtarlikka, suv quvonch, g‗ayratu, shiddatga, 
havo beqarorlik, besabrlikka, olov nafs, kibr, hasad, qiziqqonlikka moya emish. 
Insonning chin insonligi mo‗‗tadillikda namoyon bo‗ladi. Mo‗‗tadillik esa, 
tuproqqa xosdir. Quyidagi to‗rtlikda bu fikr o‗ta jozibali aks etgan: 
Boshim tufroq, o‗zim tufroq, jismim tufroq, 
Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq. 
Kuydim, yondim, bo‗lolmadim hargiz offoq, 
SHabnam bo‗lib, er ostiga kirdim mano. 
So‗fiylikda inson fe‘lidagi eng katta qusur kibru havo, manmanlik sanaladi. 
Takabburlik, kekkayish, ko‗pincha, yo mol-dunyo, yoki nasl-nasabdan bo‗ladi. 
SHu sababli, pir ishni tariqatga kirmoqchi bo‗lgan muriddagi kibrni yo‗qotishdan 
boshlaydi. Buning uchun unga eng tuban ishlarni qilishni buyuradi. Xokisorlik, 
siniqlik, kichik fe‘llik tariqat ahlining asosiy shioridir. YAssaviy: «
Boshim tufroq, 
o„zum tufroq, jismim tufroq
»,- deganida shu e‘tiqoddan kelib chiqadi. SHoir 


solikning siniqligi fidoyilik darajasiga etishini istaydi. SHu bois: ―

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish