ota (1218-1219 yilda vafot etgan) uning ikkinchi xalifasi, Hakim ota (Sulaymon
Boqirg‗oniy) esa, uchinchi xalifasi edi.
YAssaviyning karomatlari haqidagi rivoyatlarda uning Xizr bilan ko‗p marta
suhbatdosh bo‗lgani naql qilinadi. Xizr unga «
Har kun etti iqlimni kezaman va har
iqlimdan bir suhbatdosh izlayman. Lekin shu paytgacha, senday qobiliyatli va asl
suhbatdoshga duch kelmadim
»,- degan ekan. Bir kuni «shayx ul-mashoyix»ni juma
namozida uchratmagan muxoliflari uning ustidan har xil ig‗volar to‗qib, yurt
hukmdoriga chaqadilar. U taftish buyuradi, tekshirib ko‗rishsa, Ahmad YAssaviy
juma namozini o‗qish uchun Makkaga ketgan ekan...
Sohibqiron Temurning unga alohida muhabbat qo‗yganligi bejiz emas. Uning
farmoni bilan hazrat qabri ustiga gumbazining balandligi 30, aylanasi 40 gazlik
ulkan maqbara qurildi. Unga vaqf er ajratilib, daxlsiz deb e‘lon qiladi.
Jahongirning 1402 yilning boshida mashhur Rum safari oldidan Turkiston
shayxlaridan tumor yozdirib ketgani tarixiy asarlarda qayd etilgan. «Voqeoti
Temur» kitobida Anqara jangida buyuk jahongir Ahmad YAssaviyning:
YAldo kechani sham‘i shabiston etgon,
Bir lahzada olamni guliston etgon,
Bir mushkul ishim tushubdur, oson etgil,
Ey, barchani mushkulini oson etgon
satrlarini etmish marta yod o‗qiganligi aytilgan.
YAssaviy aytadiki, tasavvufning asosida Allohni anglamoq yotadi. Alloh Haq va
Haqiqat bo‗lgani uchun ham uni oddiy odamning aqli bilan anglash mumkin emas.
Buning uchun pir kerak. Bu dunyoda to‗g‗ri yo‗lni topishning birdan-bir yo‗li
tariqatdir. «Devoni Hikmat»da bu to‗g‗rida:
Tariqatga siyosatlig‗ murshid kerak,
Ul murshidga e‘tiqodlig‗ murid kerak,
Xizmat qilib pir rizosin topmoq kerak,
Mundog‗ oshiq haqdin ulush olur ermish.
YAssaviy aytadiki, shariat imonning po‗sti bo‗lsa, tariqat uning mag‗zidir. SHariat
islomning zohiri bo‗lsa, tariqat botinidir. Birini ikkinchisiz tasavvur qilib
bo‗lmaydi.
Ahmad YAssaviy «YAssaviya» deb atalgan tariqatning qoidalar tizimini ishlab
chiqadi: 1) murid pirini barchadan afzal bilmog‗i va unga ixtiyorini to‗la
topshirmog‗i lozim; 2) murid o‗z pirining barcha ramz va ishoralarini bexato
anglashi kerak; 3) u pirining barcha so‗zlari hamda ishlariga sodiq bo‗lishi lozim;
4) murid pirining barcha topshiriqlarini chaqqon, sidqidil bajarib, uni hamisha rozi
qilmog‗i shart. CHunki Alloh rizosi unga bog‗liqdir; 5) murid o‗z so‗ziga sodiq,
va‘dasida mustahkam bo‗lib, piriga nisbatan ko‗nglida biror shubhaga bo‗lmasligi
kerak; 6) u Alloh yo‗lida butun mol-mulkini, piriga nisor etmoq uchun tayyor
turmog‗i lozim; 7) murid pirining barcha sir-asrorini bilgani holda uni boshqalarga
bildirmasligi, pirining do‗stiga do‗st, dushmaniga dushman bo‗lib yashamog‗i
shart; 8) u pirining mushkullarini oson, pandu nasihatlarini bajo qilmog‗i lozim.
O‗z navbatida, pir ham shunga munosib bo‗lishi kerak. YAssaviyning «Faqrnoma»
asarida bu borada shunday fikrlar aytilgan: «
Do'stlaringiz bilan baham: