Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
9.1- topshiriq.
Tibbiyot tilida qo‘llanuvchi tushunchani yumshatib ifodalaydigan
so‘zlar jadvali mazmu nini matnga aylantiring.
„Yumshoq“ ifodalar
Ochiq ma’nosi
yomon kasal, olib ketadigan,
davosiz dard
saraton
suyakqizima
suyak sili
behud
jinni
terlama
bezgak
xushka
temiratki
bemorni berib qo‘ydik,
bandalikni bajo keltirdi
o‘ldi
9.2- topshiriq.
Tuzgan matningizni sinfdoshlaringizga audiomatn shaklida eshit-
tirishga tayyorlaning.
10- mavzu. EVFEMIZM VA DISFEMIZMLAR
10.1- mashq.
Parchalarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan birliklarni ikki guruhga
bo‘linib ko‘chiring.
1-guruh:
kishiga ijobiy ta’sir qiladigan so‘zlar;
2- guruh:
kishiga salbiy ta’sir qiladigan so‘zlar.
I
. Qimmat momo onamizni mazammat (malomat, ta’na) qildi.
– Men senga biron yomon gap gapirdimmi, it!!.– deya shang‘illadi. – Ichim
kuyganidan, ichim achiganidan gapiraman-da!
Do'stlaringiz bilan baham: |