Molning chanqog‘ini tomizg‘ichdagi tomchi suv
bilan qondirib bo‘ladimi?
– Shoshilsam-shoshilmasam, menga suyanadigan bir
tog‘
kerak-ku?
– Tog‘, dedingmi? Yaxshi aytding. Sen suyanadigan tog‘ bor. Ammo... – Tengiz
jilmaydi. Bu jilmayish avvalgiday beg‘ubor emas, balki ayyorlik yeli bor edi unda.
– Ammo suyanish uchun tog‘ haqini to‘lashing kerak. Ochiqlikda har oy maosh
olardingmi? Ha, olarding. Xuddi shunga o‘xshab, suyanadigan tog‘ haqini har oyda
to‘lab turasan. Sen bugun
biksa
ngga bir
malyava
yozasan. Har oyda pul yuborib
turadi.
(Tohir Malik)
Passajir
– tasodifan qamalgan odam;
tog‘
– himoyachi;
biksa
– xotin;
malyava
– xat.
Do'stlaringiz bilan baham: |