Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 0,51 Mb.
bet22/45
Sana28.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#586037
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR (2)

O‘N SAKKIZINCHI HIKOYAT
To‘rt do‘stdan biri ochko‘zligidan hech vaqosiz qolgani xususida

To‘ti hikoya qila boshlabdi.



  • Bir shaharda to‘rt nafar badavlat do‘st yashar ekan. Ittifoqo to‘rttalasi ham kambag‘allashib qolibdi. Shunda ular bir donishmandning huzuriga borishibdi va o‘zlarining qanday xonavayron bo‘lgani haqida so‘zlashibdi. Donishmandning ularga ichi achibdi, bittadan hikmatli zo‘ldir beribdi va shunday debdi:

  • Zo‘ldirlarni boshlaringga qo‘yinglar va to‘g‘riga qarab yuringlar birortangizning boshingizdan zo‘ldir yerga tushib ketsa, zo‘ldirini tushirib yuborgan odam shu joyni kovlasin. Yer tagidan nima topilsa, u o‘sha odamniki bo‘lishi kerak.

To‘rttala do‘st zo‘ldirlarni boshlariga qo‘yib olg‘a odimlab ketibdi. Bir necha kun yurgandan keyin, do‘stlardan birining boshidagi zo‘ldir yerga tushib ketibdi. Shu odam zo‘ldir tushgan joyni kovlagan ekan, u yerdan mis chiqibdi. Shunda u qolgan sheriklariga debdi:

  • Menga qolsa, oltindan shu mis afzal. Agar xohlasangiz, men bilan shu yerda qolinglar.

Ammo ular quloq solmabdi va yo‘lda davom etibdi. Sal o‘tib, ikkinchi do‘stning boshidagi zo‘ldir dumalab tushibdi. Zo‘ldiri tushgan odam o‘sha joyni kovlagan ekan, kumush chiqibdi. Shunda u qolgan ikkalasiga debdi:

  • Shu yerda men bilan qola qolinglar. Kumush ko‘p ekan, hammamizga umrbod yetadi. Uni o‘zingizniki deb bilaveringlar.

Ammo ular ham quloq solishmabdi va yo‘lda davom etishibdi. Bir vaqt uchinchi kishi boshidagi zo‘ldir yerga tushibdi va u zo‘ldir tushgan joyni kavlagan ekan, oltin chiqibdi. Uchinchi kishi o‘zida yo‘q suyunib, to‘rtinchi kishiga debdi:

  • Dunyoda bundan ortiq yaxshi narsa bo‘lishi mumkinmi? Kel, shu yerda qolaylik.

  • Yo‘q – deb javob beribdi sherigi, - men yo‘lda davom etaman va hovuch-hovuch javohirot topaman. Bu yerda qolishimga hojat yo‘q.

Shunday deb u yo‘lga tushibdi. Bir ko‘cha yuribdi va uning zo‘ldiri ham yerga tushibdi. Kishi o‘sha yerni kovlay boshlabdi, Biroq yerdan temirdan boshqa hech narsa chiqmabdi. Uning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushibdi va o‘ziga-o‘zi debdi: ”Eh, oltin topgan bilan qolaversam bo‘lar ekan, nega do‘stimning gapiga kirmadim-a? Bir she’rda to‘g‘ri aytilgan ekan”.
Yaxshi maslahatga kim solmas quloq,
Yuragiga to‘lar alam ila dog‘.

Shunda u temirni tashlabdi-da, oltin yombilarini topgan do‘stining oldiga qaytibdi, biroq na do‘stidan va na oltindan nom-nishon bormish. Keyin u kumush topgan do‘stining oldiga boribdi, uni ham topolmabdi. Keyin mis kovlab topgan do‘stining oldiga boribdi, ammo uni ham ko‘rmabdi. Shunda u taqdirdan nolib, peshonasiga uribdi va tinmay dermish:


- Taqdir nasib etganidan boshqa hech kim hech narsa ololmaydi.
U donishmandning oldiga boribdi, ammo u ham uyida yo‘q ekan. Shunda bechora do‘stining gapiga kirmagani uchun qattiq pushaymon qilibdi va quydagi she’rni o‘qibdi:

Kimki o‘zin nodon deb qilsa e’lon,


Dunyoda shu odam nodondan nodon.

To‘ti shu yerda hikoyasini tugatibdi.





Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish