Nasafiylarining pedagogik qarashlari


IMK raisi: f.m.f.f.d. A.Xolmurodov “Kelishildi” O‘quv–uslubiy boshqarma boshlig‘i



Download 0,51 Mb.
bet2/45
Sana28.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#586037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR (2)

IMK raisi: f.m.f.f.d. A.Xolmurodov
Kelishildi”
O‘quv–uslubiy boshqarma boshlig‘i: g.g.f.d. P.Qurbonov


MUNDARIJA



  1. Ma’ruza matni......................................................4

  2. Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari............................83

  3. Gelossariy............................................................84

  4. Amaliy mashg‘ulotlar..........................................86

5. Fan dasturi...........................................................99
6. Ishchi fan dasturi.................................................110
7. Baholash mezonlari.............................................119

MARUZALAR MATNI

NASAFIYLARNING PEDAGOGIK QARASHLARI” FANINING PREDMETI VA MAQSADI



Reja:

  1. Fanning maqsadi, predmeti va vazifalari

  2. Pedagogika fanlar tizimida tutgan o‘rni

  3. Fanning metodologikasoslari

  4. Boshqa fanlar bilan aloqasi

Ulug‘ ajdodlarimiz Nasafiy allomalardan qolgan pedagogik qadriyatlar yosh avlod tarbiyasida muhim dasturilamallardan biridir. Yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lida Nasaf allomalarining boy ma’naviy-ma’rifiy meroslarini o‘rganish quyidagi yangi imkoniyatlar uchun keng yo‘l ochdi:
- pedagogik g‘oyalarning rivojlanishida tarixiy izchillikni amalga oshirish;
- kadrlarning ma’naviy-g‘oyaviy mafkurasini shakllantirishda Nasaf allomalarining ma’naviy merosiga suyanish;
- ta’lim -tarbiya sohasidagi Nasafiy allomalarning asarlaridan, ulardagi qadriyatlar, milliy urf-odat va an’analardan foydalanish.
Bular bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik bilim va mahoratini oshirish imkonini yaratadi. Har bir o‘qituvchi, murabbiy, tarbiyachi, turli kasb egalari va ziyolilarda insonshunoslik va tarbiya-ta’limshunoslik borasida boy bilim, hayotiy malakalarni hosil qiladi. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari fani”ning vazifalari:
- shaxs taraqqiyotidagi ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy, ma’naviy, ma’rifiy rivojlanishi haqida ma’lumot berish;
- Nasaf va Kesh allomalari merosidagi ta’lim va tarbiya masalalarini, texnologiyasini hamda maktab tizimidagi yuksak g‘oya va tajribalarni ijodiy rivojlantirishni o‘rganish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya yo‘li jarayonida Nasafiy buyuk allomalarning asarlaridagi pedagogik g‘oyalarini o‘rganish.
Tarbiya jarayoni Nasafiy allomalar yaratgan asarlarni, ularning ijodini o‘rganish va unga amal qilish bilan rivojlanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani talabalarda kasbiy-pedagogik tayyorgarlikni shakllantirishda, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri bo‘lgan buyuk allomalarning qarashlarini o‘rganish va keng jamoatchilikka targ‘ib qilishdan iboratdir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining maqsadi bugungi Mustaqil O‘zbekiston amaliyotida qo‘llanayotgan talim-tarbiya usullari, boy madaniy merosimizga asoslangan holda har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash jarayonini takomillashtirishdan iboratdir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining asosiy vazifasi talabalarda nasaflik allomalarning komil inson tarbiyasi borasidagi pedagogik qarashlari va ularning ma’naviy-axloqiy tarbiya rivojidagi roli hamda ahamiyati borasidagi tasavvurlarini hosil qilish, Vatanimizning kelajagi bo‘lgan yosh avlodning ma’naviy olamini boyitish, har sohada barkamol qilib tarbiyalash uchun ajdodlarimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilgan ma’naviy boyliklar: yozma manbalar, urf-odat va an’analar to‘g‘risidagi bilimlardan bahramand qilish, ularda xalqimizga hurmat, milliy iftixor, vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otish va shakllantirishdan iborat.
Fanning tayanch (to‘ldiruvchi) axborot manbai sifatida:
- nasaflik allomalarning ilmiy-pedagogik qarashlarida komil inson tarbiyasiga doir pedagogik qarashlardan keng foydalanish;
- Nasaf va Kesh allomalarining ilmiy-pedagogik qarashlarida komil inson tarbiyasining mazmuni, vazifalari, barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berish;
- nasaflik allomalarning ilmiy va metodologik qarashlarida komil inson tarbiyasiga doir pedagogik qarashlarning tasnifi va ulardan yuksak ma’naviyatli shaxslarni tarbiyalash hamda pedagogik faoliyatni amalga oshirishda foydalana olish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani fan sifatida bir qancha asoslarga ega. Bulardan eng ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, metodologik, gigiyenik, mafkuraviy, huquqiy-meyoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqa asoslar hisoblanadi. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining ijtimoiy asosi pedagogik mutaxassislar tayyorlash hamda yoshlar va har bir shaxs kamolotini shakllantirish borasida jamiyat va davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi vazifalariga hamohangdir. Ushbu vazifalarni o‘z o‘rnida va to‘g‘ri ado etishdagi tashkiliy ishlar hamda usullarini belgilashda zarur yumushlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. U shaxsning, jamiyatning ma’naviy rivojlanishidagi va davlat taraqqiyotidagi asosiy omillardan hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining falsafiy asosi yoshlar ta’lim-tarbiyasi ishining maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarining samarali yo‘lga qo‘yilishi, ijtimoiy taraqqiyot, ya’ni jamiyat hayoti rivojlanishi bilan mushtarak holda bo‘lishini taqozo qiladi. Ya’ni har qanday milliy yo‘nalishdagi ta’lim-tarbiya ishi, jumladan bizning mamlakatimizdagi yoshlar ta’lim-tarbiyasi dialektika qonuniyatlariga to‘la mos bo‘lgandagina, ko‘zlangan maqsadga erishish samarali bo‘ladi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining metodologik asosi ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda tarixiy tarbiya uslublari bilan zamonaviy pedagogik texnologiya metodlari uzviylik asosida amalga oshirilishini belgilaydi. Insonlarning ma’naviy olami hamda ta’lim-tarbiyaning turli tarixiy davrlarda turlicha asoslarga ega bo‘lganligi bu yo‘nalishda o‘ziga xos metodlarni keltirib chiqargan. Hozirgi olam va uning xususiyatlari haqida xolis ma’lumotlar olish, haqqoniy bilimlarni tarixiy ildizlar bilan asosli bog‘lay olish metodikasi ushbu fanning metodologik asosi hisoblanadi. Metodologik asosning ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi pedagogik texnologiyalar uchun zaruriy shartdir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining didaktik asosi uning ta’lim-tarbiya qoidalari va tamoyillariga muvofiqligini belgilaydi. Didaktik talablar ta’lim-tarbiya vazifalarining nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri bajarilishidan iboratdir. Pedagogik texnologiyalarning didaktik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi ularning yuqori samaradorligining zaruriy sharti hisoblanadi. Buning uchun ajdodlarimizning o‘qitish usullaridan zamonaviy didaktikaning ilmiy xulosalari bilan bog‘liq holda ijodiy foydalanish talab qilinadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining pedagogik asosi tarixiy pedagogika bilan zamonaviy pedagogika fanining o‘zaro bog‘langan ilmiy-nazariy xulosalaridan kelib chiqadi. Bunda fanning umumiy tarkibiy tuzilmasi, mazmuni, shakli, usullari, vositalari, pedagogik jarayonninng tashkil qilinishi, olib borilishi, uning diagnostikasi, monitoringi, o‘quv-mavzu rejalari va shu kabilarning tarixiy manbalarga asoslangan bo‘lsa-da, ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi ta’minlanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining psixologik asosi psixologiya fanining ilmiy xulosalari va tavsiyalari bilan belgilanadi. Ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida to‘g‘ri foydalanish orqaligina kutilgan natijaga erishish mumkin. Shu sababli psixologiya qonunlarini to‘liq hisobga olinishi talab etiladi.
Ta’limning har bir bosqichida tegishli yosh psixologiyasi xususiyatlariga moslashtirilgan pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi. Har bir bosqichda tegishli darajadagi bilim va tarbiya beriladi. Bu masalalarni o‘rganish bilan tabiiyki, pedagogik psixologiya fani shug‘ullanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining fiziologik asosi o‘quvchilarning turli yoshdagi fiziologik xususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Bunda o‘g‘il va qiz bolalar fiziologiyasidagi farqlar alohida hisobga olinishi lozim. Pedagogik texnologiya jarayonida fiziologik talablarni hisobga olish sog‘lom avlodni voyaga yetkazishninng zaruriy sharti hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining gigiyenik asosi ta’lim-tarbiya jarayonida salomatlikni saqlash talablariga rioya qilishdan iborat. Bunda turli zararli va ortiqcha ta’sirlarni bartaraf qilish, o‘quv sharoiti: yoritilganlik, harorat, havoning tozaligi, o‘quvchining va o‘qituvchining ish o‘rni, jihozlar, o‘quv nagruzkalarining meyorlari, didaktik vositalarning qulayligi sifati va shu kabilar tibbiyot, fiziologiya, ekologiya talablariga mos keladigan hamda insonparvarlik va xalqparvarlik g‘oyalariga muvofiq bo‘lgan ilmiy asoslarda belgilab boriladi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining mafkuraviy asosi uning o‘qitilishini milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo qiladi. Ma’lumki, barkamol insonni shakllantirish mafkuraviy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalangan, fidoiy, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan boshqalarga ibrat bo‘ladigan, bilimli, ma’rifatli, ijtimoiy faol, milliy va umuminsoniy odob-axloq qoidalariga doimo bo‘ysunadigan insonni voyaga yetkazishdan iborat. Shu bilan birga, bu o‘rinda dunyoviy hamda diniy tarbiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi ahamiyatlidir.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining huquqiy-meyoriy asosi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishga doir qonuniy va meyoriy hujjatlar bilan belgilanadi. Bular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya sohasiga tegishli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va buyruqlari, ular asosida tayyorlanib, o‘rnatilgan tartiblar asosida tasdiqlangan nizomlar, ustavlar va boshqa meyoriy hujjatlar hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining iqtisodiy asosi ta’lim menejmenti xulosalari va marketing tadqiqotlari natijalariga muvofiq belgilanadi. Ushbu fan ijtimoiy sohadagi faoliyat bo‘lganligi sababli uning iqtisodiy samarasi o‘ziga xos tartiblarda aniqlanadi va ta’minot masalalari hal qilib boriladi. “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fani iqtisodiy asosining mustahkam bo‘lishi uni amaliyotda o‘qitish uchun zaruriy shart hisoblanadi.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining tarixiy asosi ta’lim-tarbiya masalalarini turli tarixiy davrlarda amalga oshirishning shakl va usullari, mazmuni hamda turli pedagogik nazariyalar haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarning kelib chiqishi uchun zamin hisoblanadi. Hozirgi pedagogik texnologiyalar turli davrlarda boshlangan ishlar, olib borilgan tahlillar, chiqarilgan xulosalar, mutafakkirlar bildirgan fikr-mulohazalarning rivojlantirilishi asosida paydo bo‘lib, takomillashib bormoqda. Pedagogik texnologiyalarning tarixiy asosini, ularning o‘ziga xos ildizlari tashkil qilishini hisobga olgan holda bilish va chuqur o‘rganish kelgusi rivojlanish yo‘llarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
“Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining o‘qituvchilari ushbu huquqiy-meyoriy asoslarni tegishli darajada bilishlari va amalga oshirib borishlari lozim. Yuqorida aytilgan va boshqa asoslar umumlashtirilsa, har bir mutaxassislik uchun “Nasafiylarning pedagogik qarashlari” fanining o‘z nazariy va amaliy asoslari kelib chiqadi. Ular alohida maqsadlar, vazifalar, mazmun, shakl, usul, vositalariga muvofiq belgilanadi.
Ushbu fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochib berishda har bir fanning “Nasafiylarning pedagogik qarashlari“ faniga nisbatan metodologik vazifalari qanday bajarilishini ko‘rsatib berish juda muhim. Eng avvalo, ushbu fanda bunday aloqadorlikni ikkiga ajratishimiz mumkin. Birinchisi pedagogika, pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi, oila pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika, pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, umumiy psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya, qiyosiy pedagogika kabi turdosh fanlarga tegishlidir. Ikkinchisiga falsafa, tarix, adabiyotshunoslik, iqtisod, siyosatshunoslik, matematika, anotomiya kabi fanlar kiradi.
Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud.
1. Falsafa – shaxs rivojlanishlari jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oyalar, qarashlar hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – o‘quv yurtlari uchun binolarni qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, ta’lim muassasalari faoliyatini to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda zarur ahamiyatga ega.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilish, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya – o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olish uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7. Gigiyena – o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, ilmiy pegogika bilan birgalikda xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishda amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish