Nasafiylarining pedagogik qarashlari



Download 0,51 Mb.
bet9/45
Sana28.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#586037
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Bog'liq
MAJMUA NASAFIY ALLOMALAR (2)

Nazorat savollari

  1. Abul Muin Nasafiyning hayot yo‘li haqida so‘zlang.

  2. Abul Muin Nasafiy haqida allomalar fikrlari tahlili.

  3. Abul Muin Nasafiyning ma’naviy merosi va uning pedagogik jihatlari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Abul Muin Nasafiy asarlaridan tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari qanday?



AZIZIDDIN NASAFIY TA’LIMOTI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRUVCHI PEDAGOGIK VOSITA EKANLIGI

Reja:
1. Aziziddin Nasafiy shaxsi va ilmiy merosini o‘rganishning pedagogik asoslari. 2.Aziziddin Nasafiyning “Insoni komil”, “Zubdat ul-haqoyiq” asari barkamol shaxsni tarbiyalashning manbai.
3.Aziziddin Nasafiy asarlarida shaxs ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va hozirgi globallashuv jarayonidagi ma’naviy uyg‘unlik sifati.
4.Aziziddin Nasafiy ma’naviy merosi va uni hozirgi davrda ustivor yo‘nalish sifatida tan olingan komil inson tushunchasi bilan qiyoslash.
Aziziddin Nasafiyning mukammal inson haqidagi g‘oyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish milliy o‘zligimizni anglashda, uni asoslashda poydevor vazifasini o‘taydi. Ma’naviyati yuqori bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi davlatimiz va jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni amalga yo‘lga qo‘yish jarayonida aynan Aziziddin Nasafiy kabi ko‘plab tasavvufshunos bobokalonlarimizning mukammal inson borasidagi qarashlarini eslash hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanadigan bo‘lsak, foydadan xoli bo‘lmaydi. Zero, insondagi ma’naviyatlilik, ma’rifatlilik va mukammallikning sharti bunday qarashlarda yaqqol namoyon bo‘ladi, xususan:
- ruhan poklanish tushunchasi mukammallikning birlamchi va asosiy negiz shartlaridan sanaladi;
- qalb ulug‘ligi faqatgina mukammal insongagina xosdir;
- pok vijdonlik tushunchasini Aziziddin Nasafiy dil, til va amal birligi ko‘rinishida ifodalagan;
- ta’lim-tarbiya tizimini to‘g‘ri yo‘naltira olish, mukammal insonlarni tarbiyalash har doim, har bir adolatli jamiyatning asosiy maqsad hamda g‘oyasi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Aziziddin Nasafiy o‘zining “Komil inson” va “Zubdat ul-haqoyiq” asarlarida dunyo borlig‘i, inson borlig‘i, uning ma’naviy kamoloti haqidagi fikrlarini islom falsafasining uch tayanch asosi bo‘lmish shariat ahli qarashlari, hikmat ahli qarashlari hamda mutasavvuflar qarashlarining qiyosiy tahlili orqali ochib bergan. Aziziddin Nasafiy ijodi bilan tanishish din, falsafa, tasavvuf ilmlari mohiyatini anglashda va ulardan ta’lim jarayonida samarali foydalanishda katta ahamiyat kasb etadi. Ya’ni:
- Aziziddin Nasafiyning mukammal inson g‘oyasi didaktik jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi, unda zamonaviy pedagogikada keng foydalaniladigan taqqoslash, analiz va sintez metodlari imkoniyatlaridan keng foydalanilgan;
- Aziziddin Nasafiyning mukammal inson g‘oyasi majmuaviy-tizimli tavsifga ega. Nasafiy o‘z g‘oyasidagi axloqiy-falsafiy masalalarni yoritishda shariat ahli, hikmat ahli va vahdat ahli qarashlarining qiyosiy tahlil qiladi va unga tayanadi;
- Aziziddin Nasafiy tomonidan yoritilgan har bir axloqiy masalaning etimologik geneziga chuqur e’tibor qaratilganligini ta’kidlab o‘tishimiz ham joizdir.
Aziziddin Nasafiy inson mukammalligining belgisi sifatida ikki narsani asos qilib olgan. Birinchisi hamida axloq bo‘lsa, ikkinchisi o‘z-o‘zini tanish. Shu ikki asosning bor yoki yo‘qligiga qarab u odamlarni uch qismga ajratgan. Birinchisi hamida axloqiy xislatlar bilan bezanmagan va o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Ikkinchilar hamida axloqiy xislatlar bilan bezangan, ammo o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Uchinchisi hamida axloqiy sifatlar bilan bezangan va o‘z-o‘zini tanigan odamlar. Olimning nazarida ana shu keyingi, uchinchi toifa odamlar komil insonlardir. «Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamida axloqqa ega bo‘lish va o‘z-o‘zini tanish bilan amalga oshadi».
Shu tariqa,mukammal insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan.
O‘rta asrlardagi yaxshi axloq, mukammal inson haqidagi tushunchalar nisbiy bo‘lib, bir tomondan jami ruhiy-ma’naviy qudrat, aqlu zakovat, yaxshi sifatlarning o‘zida jamlagan mavhum bir zot tushunchasi nazarda tutilgan. Ikkinchi tomondan shu cho‘qqiga intilib, muayyan martabalarga erishgan kishi ham mukammal inson deb hisoblangan. Ammo masala qanday qo‘yilishidan qat’i nazar, komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Iinsonni sharaflilik, ezgulik va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qildi. Har zamon, har lahza insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojo‘ya qiliqlardan saqlanishga ko‘maklashdi, iymon va vijdon binosining paydo bo‘lishini ta’minladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish