128
oilasiga, xalqiga, vataniga sadoqatli, vafodor bo„lishi zarur. Bugungi zamonda
sadoqatli bo„lish qiyin. Oqim u tomonga tortadi, nafs bu tomonga, «o„yinchilik»
boshqa tomonga. Shunday paytda odam agar mard bo„lsa, irodasi baquvvat
bo„lsa, u yoq, bu yoqqa og„ib yurmaydi.
Nima uchun bizlarda o„yin bo„layapti? Nima uchun har ehtimolga qarshi goh
unisi bilan o„ynaymiz, goh bunisi bilan? Sabab shuki, ko„pchilik mas‟ul
rahbarlarda izchil, hayotiy pozitsiya, fuqarolik burchini teran anglash, bugungi
davlat siyosatiga aniq munosabat yetishmaydi... Rahbar bo„lish uchun
avvalambor kurashchi bo„lish kerak, irodasi baquvvat, iymoni butun bo„lishi
darkor».
Bu shunchaki oddiy bir gap emas. Mahalliychilik,
tor tushunchalar
qobig„idan chiqolmaslik illatlariga burkalib qolish hollari bor. Bu so„zning tagida
mustaqillik mohiyatini pasaytirishga, taraqqiyotimizni ataylab orqaga tortishga
intilayotganlar, turli xildagi nayrangbozlar-u firibgarlardan xalos bo„lish, qat‟iyat va
sabot bilan haq yo„ldan to„g„ri borish va bu yo„lda birlashib harakat qilish orzu-istagi
turibdi. Uning zamirida hamon joylarda amalparastlik, buyruqbozlik, tamagirlik va
munofiqlik yo„qolmayotgani, hokimlar va tashkilot rahbarlari hali to„la quvvat bilan
ishlamayotganligi masalasi yotibdi.
Bir qism kadrlar zamon shiddatiga bardosh berolmayaptilar.
Bu toifadagi
odamlarning aksariyati ko„p yillik boqimandalik, sansolarlik kayfiyatidan
chiqolmayapti, hozirjavoblik, masalani o„z vaqtida to„g„ri hal etish qobiliyatiga ega
emas. Iloji boricha ishni orqaga surish, xodimlarni esa o„z fe‟l-atvoriga mos ravishda
o„rtamiyona, «qulluqchi», «labbaychi» xillaridan tanlashga intiladi. Yana bir
guruhlari esa yangilik bilan eskilik orasida chindan ham dovdirab qolgan.
Eskicha
ishlolmaydi, yangilikning esa mohiyatini tushunmaydi.
Bunday kadrlar haqida 2001–2007-yillarda Qoraqalpog„iston Jo„qorg„i Kengesi
xalq deputatlari, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Farg„ona,
Samarqand, va
Surxondaryo viloyatlari sessiyalarida ro„yirost gapirildi. Rahbar kadrlarning yana bir
turi ham borki, ular haqiqatan ham mustaqillik fidoyilari. Yangicha fikrlash va
yangicha ishlash uchun o„zlarida qobiliyat ham, g„ayrat va rag„bat ham sezadilar.
Biroq, ular ba‟zan turli xildagi to„siqlarga uchrab qoladilar. Natijada bor
imkoniyatlarini ko„rsata olmaydilar. Bu tabiiy hol, o„tish davrining tabiiy qiyinchiligi.
Mustaqillikning o„tgan davri mobaynida bir necha viloyat,
shahar va tuman
hokimlari, vazirliklar, birlashma va konsernlar rahbarlari almashtirildi. Shu yo„l bilan
davlat boshqaruv tizimi mustahkamlanmoqda. Joylarda zamonaviy fikrlaydigan, tub
islohotlar mohiyatini tushunadigan va ularni amalga oshirishga qodir bo„lgan kadrlar
tanlanmoqda.
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan so„ng mamlakatda kadrlarning ijtimoiy
bazasi har qachongidan ko„ra kengaydi. Ma‟lumki, 70-80-yillarda rahbarlik
lavozimlariga ko„plab mutaxassis deb hisoblangan injener, agronom, iqtisodchilar
tavsiya qilinar edilar. Qog„ozda mavjud bo„lgan rezerv kadrlar ham asosan shu toifa
mutaxassislar hisobiga shakllantirilar edi. Endilikda bu tamoyil to„g„ri kelmaydi. U
respublika mustaqillikka erishgandan keyin vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo„lida
129
fidoiylik bilan mehnat qiluvchi barcha tabaqa mutaxassisliklarning
eng yaxshi
vakillari turli darajadagi rahbarlik lavozimida samarali faoliyat ko„rsata boshladi. Shu
bois, rezerv kadr shakllantirishda turli kasb va mutaxassisliklar vakillarining eng
yaxshilarini hisobga olib, ularni mustaqillik ehtiyojiga mos tarzda tarbiyalab, turli
rahbarlik lavozimlariga tortish dolzarb masalaga aylandi.
Bundan tashqari erkin fuqarolik jamiyatiga, bozor iqtisodiyotiga va mulkchilikning
turli-tuman shakllariga o„tish sharoitida rahbarlarning sifat tarkibini yaxshilash uchun
yana bir imkoniyat paydo bo„ldi. Gap jamiyatda yuzaga kelgan yangi toifa kishilar –
ishbilarmonlar, tadbirkorlar xususida bormoqda. Ular jamiyat ravnaqi uchun butun
kuch-g„ayratini
sarflashga qodir, hayot tajribasiga va kasb mahoratiga ega bo„lgan
beqiyos tayanchdir.
Kadrlar zaxirasi shakllantirilayotganda yosh, g„ayratli, tashabbuskor xodimlarni
hisobga olish bilan, ayni chog„da ma‟lum darajada tajriba orttirgan kishilardan ham
oqilona foydalaniladigan bo„ldi.
1997-yil 10-martda Vazirlar Mahkamasi demokratiya va bozor islohotlari
talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash bo„yicha davlat, jamiyat va inson
faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan Milliy
dastur tuzish maqsadida
«Kadrlar tayyorlash bo„yicha Milliy dastur tuzish to„g„risida» qaror qabul qildi. Unda
butun ta‟lim tizimini isloh qilish, ishlab turgan o„quv yurtlarini yangi yo„nalishga
solish hamda zamonaviy texnologiyalarda ishlay oladigan mutaxassislar tayyorlash
vazifasi kun tartibidagi bosh masala bo„lib qoldi.
1997-yil, avgust oyida O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasida
O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni yangi tahrirda va
«Kadrlar tayyorlash bo„yicha milliy Dastur» qabul qilindi.
Ushbu qonunda yoshlarga milliy uyg„onish va umuminsoniy qadriyatlarni idrok
etish asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g„oyalariga sadoqat ruhida ta‟lim-
tarbiya berish vazifalari ham belgilab berildi.
Kadrlar
tanlovida mahalliychilik, qarindosh-urug„chilik illatlaridan qutulib
bo„lmayotganligiga davlatimiz rahbari 2004–2009-yillarda Surxandaryo, Toshkent,
Navoiy, Andijon, Farg„ona viloyatlarida xalq deputatlari viloyat Kengashlarining
navbatdan tashqari sessiyalaridagi ma‟ruzalarida alohida e‟tibor bergandi.
Shu bilan birga Oqsaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov 2005-yil 7-fevral
kuni Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bilan bo„lgan uchrashuvda «Yangi
hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib bo„lmaydi» mavzuida ma‟ruza
qilib, bu masalaga alohida urg„u berib shunday deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: