127
hayotiy ehtiyojdir... Islohotlarni amalga oshirish borasidagi bundan buyongi
olg„a siljishlarimiz tobora qiyin muammoga borib taqalishi mumkin. U ham
bo„lsa yuksak malakali xodimlarning eng avvalo, davlat hokimiyati va
boshqaruvi, jamoat idoralari, bank va moliya tizimini boshqaradigan darajadagi
rahbarlarning yetishmasligidir...
Akademiyaning vazifasi faqatgina muayyan soha uchun kadr tayyorlab
berishdangina iborat emas, balki u o„zining ilmiy, pedagogik salohiyati asosida
butun maorif tizimini islohot qilish uchun yangi muhit, yangi sharoit yaratib
berishi lozim».
Hukumat ko„rsatmalari asosida Akademiya qisqa vaqt ichida xalq xo„jaligining
turli sohalari uchun zarur kadrlar tayyorlashda katta ishlarni amalga oshirdi. Keyingi
ikki yil mobaynida 300 dan ortiq yosh mutaxassis 10 oylik kurslarda o„qib, boshqaruv
sirlarini jahon amaliyoti andozalari darajasida egallab qaytdilar va turli sohalarda
faoliyat ko„rsatmoqdalar. Shu davrda Akademiyaning malaka oshirish kurslarida bir
necha yuzlab shahar va tuman hokimlari, vazirlik va
davlat idoralari xodimlari
zamonaviy boshqaruv san‟atining yangi qirralari bilan tanishib amaliyotda
qo„llamoqdalar.
Hozirgi zamon kadrlar siyosatiga doir yana bir jihatga, ya‟ni kadrlar zaxirasi, uni
shakllantirish, undan foydalanishga ham e‟tibor kuchaydi.
Kadrlarni tayyorlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo„yish yangi ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar
shakllanib borayotgan, tuzum boshqacha mohiyat kasb etayotgan paytda
muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Prezidentlik devonida, Oliy Majlis va
Vazirlar
Mahkamasida, viloyat va tuman hokimliklarida ishlayotganlarning asosiy
qismini yoshlar tashkil etmoqda. Xususan 2001–2007-yillarda vazirliklar, konsernlar,
aksionerlik birlashmalari rahbarligiga yosh, navqiron, hozirgi siyosiy o„zgarishlar va
islohotlarning tub mohiyatini to„g„ri anglaydigan, o„z
vazifasi va burchini aniq
tushunadigan yoshlar tayinlandi. Bu mamlakatni boshqarishda yangi avlodning kirib
kelayotganidan, sog„lom ma‟naviy-siyosiy muhit shakllanayotganidan dalolat beradi.
Boshboshdoqlik, o„zibo„larchilik, turli xildagi jinoyatchilik avj olib ketganligi
sababli bir qator viloyatlar va tumanlarda, vazirliklar va yirik idoralarda rahbarlarning
o„zgartirilishi bunday salbiy hodisalarga qat‟iy chek qo„yish, har qanday sharoitda
ham mustaqillikni mustahkamlash va mamlakat ravnaqini ta‟minlash
imkoniyatini
bermoqda.
Mahalliychilik, urug„-aymoqchilik illatlari bilan kelisha olmaslik, barcha shaxsiy
adovat va manfaatlardan umumxalq manfaatini ustun qo„yishni qat‟iy talab qilish
kadrlar siyosatida muhim o„rin tutadi.
Rahbar eng avvalo millat ramzi, mamlakat
obro„-e‟tiboridir. U ana shunday yuksak unvonga munosib bo„lishi uchun Xalq,
Vatan, Millat tushunchalarini hammadan chuqurroq anglashi, hammadan ko„ra
ko„proq fidoyi bo„lmog„i lozim.
Buning uchun unda, qalbining tub-tubida sadoqat,
qat‟iyat bo„lmog„i kerak. Rahbar ma‟naviyati, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan
o„rni xususida gapirar ekan, Islom Karimov kuyinib bunday deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: