To„rtinchidan:
navbatdagi o„ta muhim masala – davlat tashqi siyosati ustuvor
yo„nalishlarini belgilab olish.
O„zbekiston tarixan qisqa davr – 1991 – 2009-yillar ichida dunyo hamjamiyatida
o„zining munosib o„rnini egalladi, uning faol subyektiga aylandi.
O„zbekistonning jahondagi obro„-e‟tibori yuksalib borayotgani eng avvalo:
– yurtimizda demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlarini amalga oshirish
natijasida qo„lga kiritilayotgan ulkan ijobiy o„zgarishlarda, ularning xalqaro
hamjamiyat tomonidan e‟tirof etilishida mujassam bo„lmoqda;
– bu – davlatimizning jahon ahliga yaxshi ma‟lum bo„lgan, mintaqamizda
barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarining amaliy
samarasida o„z ifodasini topmoqda;
– va nihoyat, bu – mamlakatimizning xalqaro siyosat maydonida olib borayotgan
har tomonlama puxta ishlangan, chuqur o„ylangan tashqi siyosatining natijasi sifatida
namoyon bo„lmoqda.
O„zbekiston bugun keyingi yillar uchun mo„ljallangan tashqi siyosatning ustuvor
yo„nalishlarini belgilashda dunyoda va mintaqamizda vujudga kelayotgan murakkab
va ziddiyatli vaziyatni inobatga olib, hayotiy ahamiyatga ega bo„lgan milliy
manfaatlarimiz va mamlakatimiz xavfsizligini ta‟minlash nuqtayi nazaridan
yondashmoqda.
61
6-§. O„zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi.
Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi
a) Huquqiy davlat izlanishlari
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri – uning asosiy Qonuni –
Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixiy rivojlanish ko„rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko„zlab yashaydi va
uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi
nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk
yutuq – O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo„ldi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini
ta‟minlash, uning mustaqil davlat sifatida e‟tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning
barcha yo„nalishlarini rivojlantirish yo„l-yo„riqlari to„la mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda
Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda,
Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarining 1920-1921-yil, shuningdek, O„zbekiston
SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan
respublikaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular mazmun-mohiyatiga ko„ra haqiqiy
mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi. To„g„rirog„i ular avval RSFSR,
keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining milliy respublikalar sharoitiga muvo-
fiqlashtirib ko„chirilgan, hayotiy kuchga ega bo„lmagan nusxasi edi. Shu nuqtayi
nazardan ko„rsatib o„tilgan Asosiy Qonunlarni O„zbekiston davlati mustaqilligini
huquqiy asoslovchi Konstitutsiya deb qarab bo„lmasdi.
O„zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g„oyasi 1990-yil 20-iyunda
«Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog„liq. Mazkur
Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi
muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim,
degan xulosaga kelindi. Sessiya Prezident I. A. Karimov raisligida 64 kishidan iborat
Konstitutsiya komissiyasini tuzish to„g„risida qaror qabul qildi. Uning tarkibiga depu-
tatlar, Qoraqalpog„iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat
tashkilotlarining, korxonalar, xo„jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar,
olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy Kengashning o„ninchi sessiyasida Komissiya
tarkibi qisman yangilandi.
Shuni alohida aytish kerakki, O„zbekistonda konstitutsiyaviy ahamiyatga molik
islohotlar Konstitutsiyaviy komissiya tuzilishidan ancha avvalroq boshlangan edi.
Ma‟lumki, 1990-yil 24-martida respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasi
muhim tarixiy qaror qabul qilib, O„zbekiston Prezidenti lavozimini ta‟sis etgan edi.
Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi sovetlar hukmron bo„lgan davlat boshqaruv
shakliga barham berib, amalda davlatimizning prezidentlik respublikasi shakliga
o„tishini anglatardi. Prezidentlik institutining kiritilishi davlat hokimiyati
62
vakolatlarining yangicha taqsimlanishini taqozo etar edi. Shu munosabat bilan ijroiya-
boshqaruv hokimiyatining tizimi takomillashtirildi.
1990-yil 1-noyabrda «O„zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining
tuzilishini takomillashtirish hamda O„zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy
Qonuni)ga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida» qonun qabul qilindi.
Mazkur qonunga muvofiq, Prezidentlik hokimiyati bilan Respublika Ministrlar Soveti
qo„shilib, O„zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.
Ijroiya hokimiyat Prezident qo„lida birlashtirildi. U ham hukumat rahbari, ham davlat
boshlig„i vazifasini zimmasiga oldi. Navbatdagi konstitutsiyaviy islohot qadami
viloyatlar, shaharlar va tumanlarda davlat hokimiyatining vakillik hamda ijroiya
idoralariga rahbarlik qiluvchi hokimlar lavozimini ta‟sis etishdan iborat bo„ldi.
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotimizda hayotiy ehtiyoj tarzida ro„y berayotgan real
o„zgarishlar o„z navbatida siyosiy va huquqiy tafakkurni shakllantirib bordi.
Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ishlashni faollashtirishga vaziyat yetilgach,
Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I.A.Karimov raisligida o„zining
birinchi majlisiga to„plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog„liq barcha
tashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun Konstitutsiyaviy
komissiya a‟zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik
ishchi guruhi tashkil etildi. Uning tarkibiga qonun chiqaruvchi idora, bir necha
qo„mitalarning raislari, vazirliklar, sud, prokuratura idoralarining rahbarlari,
Respublika Prezidenti devoni va Oliy Kengashning mas‟ul xodimlari kirdi.
Shuningdek, Konstitutsiya loyihasi mo„ljallanayotgan bo„limlarini tayyorlash uchun 6
ta kichik guruhlar tashkil etildi. Kichik guruhlar tarkibiga 50 nafar ilmiy xodim va
mutaxassis jalb qilindi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi ishchi guruh oldiga quyidagi vazifalarni qo„ydi:
– konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o„rganib chiqilsin,
– boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik
sohasida qo„lga kiritgan yutuqlari hisobga olinsin,
– keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo„lgan siyosiy-yuridik hujjatlar
yaratilsin.
Mazkur topshiriqqa muvofiq, AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya,
Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston,
Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalari chuqur
o„rganildi, qiyosiy tahlil etildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligiga
kiruvchi Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog„iston, Qirg„iziston va
Turkmaniston respublikalarining Asosiy qonunlari hamda konstitutsiya loyihalari
diqqat bilan ko„rib chiqildi.
Yuqorida keltirilgan manbalarni tahlil etish asosida xorijiy davlatlar
konstitutsiyalari mazmuni va tuzilishini tavsiflovchi kattagina hajmli qiyosiy jadval
tayyorlandi. Ushbu tahliliy jadvalni jahon konstitutsiyashunosligi tajribasi namunalari
umumlashmasi sifatida Respublikamiz Prezidenti o„rganib chiqdi.
63
Yana shuni ham aytish kerakki, o„zbek xalqi ajdodlarining davlatchilikni
mustahkamlash yo„lidagi g„oya va fikrlari ham bo„lajak Asosiy Qonunga tayanch
manba qilib olindi. Jumladan, Amur Temurning «Temur tuzuklari»dagi davlatni idora
qilishga doir muhim qoidalari ham e‟tiborga olindi.
Xususan, Amur Temur umrining oxirida farzandlariga shunday vasiyat qilgan:
«millatning dardlariga darmon bo„lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko„ring, yo„qsullarni
boylar zulmiga tashlamang, adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o„lsun...». Bu
fikrlar o„sha davrda davlat yuritishning asosi bo„lib xizmat qilgan. Turonzamin
xoqoni uchun asosiy g„oya hisoblangan adolat va ozodlik bugungi kunda ijtimoiy
adolatni himoya qilishda asosiy mezon hisoblanmoqda.
Shu tariqa O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini yaratish salmoqli
nazariy, konseptual zaminga tayandi. Konstitutsiyaviy komissiya Raisining topshirig„i
bilan 1991-yil boshlaridayoq bo„lg„usi konstitutsiyaning g„oyaviy mag„zi, ya‟ni
konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya
yaratildi. Respublika Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi,
Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsepsiyasi va Prezident devoni yuridik
bo„limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos
uchun qabul qilindi. U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazovor g„oyalari bilan
boyitilib, umumlashgan, puxta, yagona g„oyaviy asos shakliga keltirildi.
Konstitutsiyaviy komissiya va uning Raisi tomonidan ma‟qullangan ana shu
konsepsiya asosida bo„lajak Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo„lindi. U
muqaddima, olti bo„limga bo„lingan 158 moddadan iborat edi. Ushbu loyiha yuzaga
kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi. 1991-yil 31-avgustda
O„zbekiston Respublikasi o„zining davlat mustaqilligi asoslari to„g„risidagi
konstitutsiyaviy Qonunni va O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
to„g„risida Oliy Kengash Bayonotini qabul qildi. Bu bilan respublika parlamenti
mustaqil O„zbekiston Respublikasi, suveren davlat qaror topganligini butun dunyoga
e‟lon qildi. Qonunda xalq hokimiyatchiligi, demokratik davlatchilik, inson huquqlari
muqaddasligi, qonun ustuvorligi, hokimiyat bo„linishi, mamlakatning hududiy
yaxlitligi kabi muhim prinsiplar mustahkamlandi. Ushbu ilg„or demokratik g„oya va
prinsiplar Konstitutsiya loyihasi mazmuniga ham singdirildi. Shunga qaramasdan
dastlabki loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Yanada jiddiyroq va
talabchanlik bilan ishlash lozim edi.
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab
chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi
majlisi bo„lib o„tdi. Majlisda Konstitutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar
to„g„risidagi axborot tinglandi. Ta‟kidlanishicha, ishchi guruh O„zbekiston xalq
deputatlari, mehnat jamoalari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda
loyihaning beshinchi ko„rinishini tayyorladi. Unda o„zbek xalqining tarixiy, milliy va
ma‟naviy xususiyatlarini imkon qadar to„laroq aks ettirishga harakat qilindi. Majlisda
Konstitutsiya loyihasini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi
64
guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi va uning zimmasiga quyidagi vazifalar
yuklandi:
– huquqiy demokratik davlat barpo etish tajribasini har tomonlama umumlashtirish
va uni Konstitutsiya loyihasida hisobga olish;
– O„zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi, uning taraqqiyoti
tajribasini hamda deputatlarning, turli ijtimoiy guruhlarning milliy-madaniy
markazlarning mulohazalari va takliflarini umumlashtirish;
– Konstitutsiyaviy komissiya a‟zolaridan tushgan takliflarni ko„rib chiqish va
loyihaga tegishli o„zgarishlar kiritish.
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ishlovlardan so„ng
Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-yil 26-sentabrda umumxalq
muhokamasi uchun matbuotda e‟lon qilindi.
Mustaqil davlatimizning har bir fuqarosi, butun xalq ommasi Konstitutsiya
loyihasini katta qiziqish va ozod Vatan uchun cheksiz iftixor tuyg„ulari bilan kutib
oldi. Bu o„z-o„zidan tushunarli holat. Zero, davlatimizning kelajagi, xalqimizning
taqdiri ko„p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo„lishiga bog„liq. Aniqrog„i har
qanday davlatning Konstitutsiyasi unda yashovchi xalqning irodasini, ruhiyatini,
ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi.
Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi nihoyatda keng ko„lamli bo„lib,
yuksak ijodiy ko„tarinkilik va ishchanlik kayfiyatida o„tdi. U jamiyatimizda chinakam
demokratiya qaror topishining yorqin namoyishi bo„ldi. Loyihaning qizg„in hamda
manfaatli muhokamasi xalqimizning o„zi Mustaqil O„zbekiston Asosiy Qonunining
bevosita ijodkori bo„lganligini ko„rsatadi.
Umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Shu davrda O„zbekiston Respublikasi
davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo„ldi. Uning mazmuni shundaki,
Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida
(1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari asosida qayta
tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun yana ikkinchi
marotaba matbuotda e‟lon qilindi. Shunday qilib, huquqiy pretsendent ro„y berdi –
umumxalq muhokamasi ikki bosqichda amalga oshirildi. Bu hol muhokama
ishtirokchilarini siyosiy jihatdan faollashtiruvchi qudratli turtki bo„ldi. Uning maqsadi
fuqarolarga ularning muhokamadagi jonbozligi mahsuli va samaralarini aniq
ko„rsatishdan iborat edi.
Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar
bildirildi. Faqatgina Konstitusion komissiyaga mingdan ziyod xatlar tushdi. Ularda
loyihaning ixcham, lo„nda, chuqur ma‟noli va barchaga tushunarliligiga yordam
beruvchi mulohazalar bildirildi. Taklif va mulohazalar Konstitutsiya loyihasining
hamma moddalariga daxldor bo„lib, matnning deyarli yarmiga tuzatishlar qilindi.
Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va aniqliklar kiritildi. Dastlabki
variantdan 4 ta modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi.
Taklif va mulohazalarning aksariyati fuqarolar huquqi va burchlari, shaxs
daxlsizligi, dinning jamiyatdagi o„rni va roli, iqtisodiy huquqlar, jumladan, mulk
65
huquqi, bozor munosabatlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, huquqiy tartibot va
qonuniylikning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan moddalar,
boblar va bo„limlarga taalluqli bo„ldi.
Masalan, Konstitutsiya loyihasining «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari» degan bo„limi bo„yicha 1978 ta taklif va mulohazalar
tushgan. Shulardan Shaxsiy huquqlar va erkinliklar, Siyosiy huquqlar, Iqtisodiy va
ijtimoiy huquqlar, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, fuqarolarning
burchlari degan VII–XI boblaridagi 29 ta modda yuzasidan 1656 ta taklif va mulohaza
bildirilgan. Bular ichida qizg„in muhokama va munozaraga sabab bo„lgan o„n bitta
moddani ya‟ni insonning yashash huquqi, fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi, shaxs
daxlsizligi, fikr, so„z va e‟tiqod erkinligi, har kimning istalgan axborotni olishi va uni
tarqatish huquqi, din erkinligi va diniy tashkilotlarning siyosiy maqomi, fuqarolarning
mitinglar, yig„ilishlar va namoyishlar shaklida faollik ko„rsatish huquqi, mulkdor
bo„lish va mulkni meros qoldirish huquqi, mehnat qilish va ishsizlikdan muhofaza
etilish huquqi, bilim olish huquqi, fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo„lish majburiyati, Vatanni himoya qilish va harbiy xizmatni o„tash
majburiyati kabi masalalarni alohida ko„rsatib o„tish mumkin.
Mazkur dolzarb masalalar bo„yicha tushgan takliflar soni 1050 ta bo„lib, ular
Konstitutsiyaviy komissiya nomiga kelgan takliflarning salkam 20% ini tashkil etdi.
Bu raqam VII–XI boblardagi moddalarga oid takliflar miqdoriga nisbatan esa 63%
tashkil qiladi.
Shunday qilib, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O„zbekiston
xalqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdek, muhokama davomida to„plangan
boy materialni har tomonlama va chuqur o„rganib, umumlashtirib, uni yaxlit davlat
irodasi tarzida Asosiy Qonunda ifodalash imkonini berdi. Konstitutsiya xalqimizning
siyosiy donoligi va tafakkuri mahsuli bo„ldi.
Umumxalq muhokamasi davom etayotgan davrda ham Konstitutsiya komissiyasi
Raisi loyihani takomillashtirishga katta e‟tibor qaratdi. Fuqarolar va mehnat
jamoalaridan tushayotgan taklif-mulohazalar jamlanib, Rais e‟tiboriga havola etib
turildi. Mamlakat Prezidenti Konstitutsiya loyihasi ustida ishlar ekan, uning ortida
millionlab fuqarolarning taqdiri turganligini qayta-qayta ta‟kidladi.
Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqasida keltiramiz:
Loyihaning 1-moddasida «O„zbekiston – demokratik respublika» deb yozilgan edi.
Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» so„zini qo„shib qo„ygan. Natijada bu
modda «O„zbekiston – suveren demokratik respublika» tarzida bo„ldi. Ma‟lumki,
suverenitet – har qanday davlatning muhim belgisidir. Konstitutsiyada bu jihatga
urg„u berilishi O„zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki, O„zbekiston endi
ilgarigidek ittifoq davlatining tarkibida emas. Ikkinchi tarafdan, uning Mustaqil
Davlatlar Hamdo„stligiga qo„shilganligi mustaqillikni va davlat suverenitetini
yo„qotdi, degan ma‟noni anglatmaydi. Bu MDH shakllanayotgan va uning atrofida
turli qarama-qarshi mulohazalar bildirilayotgan bir paytda katta siyosiy ahamiyatga
ega edi.
66
Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha edi: «O„zbekiston
Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... vakolat bergan idoralar
tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritdi. Ya‟ni,
respublikada davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko„zlab... amalga oshiriladi. Bu
bilan Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir» (7-m., 1-
qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi o„rtasidagi mantiqiy bog„liqlik
kuchaydi.
Loyihaning 17-moddasi, 2-qismida quyidagi me‟yor mustahkamlangan edi:
«respublika o„zining suveren huquqlarini boshqa davlatlar bilan birgalikda amalga
oshirishi sharti asosida umumiy farovonlik va xavfsizlikni ta‟minlash maqsadida
hamdo„stlik va boshqa davlatlararo birikmalarga kirishi, ittifoqlar tuzishi hamda
ittifoqlardan, hamdo„stlik va boshqa davlatlararo birikmalardan chiqishi mumkin».
Prezident matndan «o„zining suveren huquqlarni boshqa davlatlar bilan birgalikda
amalga oshirishi» so„zlarini chiqarib tashladi va loyihaning quyidagi tahririni bayon
qildi: «Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta‟minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo„stliklarga va boshqa davlatlararo
tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin».
Inson huquqlari, erkinliklari va burchlarini mustahkamlovchi qoidalar alohida
diqqat-e‟tiborga molik bo„ldi. Bu masala dastavval loyihada quyidagicha edi:
«O„zbekiston Respublikasi fuqarosi tabiiy, ajralmas, buzilmas huquq va erkinliklarga
ega. Ular daxlsiz va hech kim sudsiz ulardan mahrum etishga va ularni cheklashga
haqli emas» (19-modda). Bir qarashda hammasi xalqaro huquq mezonlariga
muvofiqdek ko„rinadi. Ammo Konstitutsiyaviy komissiya Raisi bu moddani chiqarib
tashlab, uni 20-moddaning ikkinchi jumlasi oxiriga qo„shishni taklif etdi. Natijada
modda quyidagi ko„rinishga ega bo„ldi: «...Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda
mustahkamlab qo„yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz
mahrum etishga yoki ularni cheklab qo„yishga hech kim haqli emas».
Kiritilgan tuzatish – ijodiy tafakkur va donishmandlik mahsulidir. Uning to„g„riligi
loyihadagi 19-modda mazmunini qo„shimcha tahlil etganda ayon bo„ladi. Ilgarigi
ma‟noga ko„ra: shaxsning barcha tabiiy huquq va erkinliklari daxlsiz deb tanilib, ular
sud muhofazasiga da‟vogarlik qilar edi. Mazkur normaning yuridik jihatdan noaniq va
bo„shligi ko„rinib turibdi. Aks holda inson va fuqaroning barcha tabiiy huquqlari to„la
ro„yxatini qanday aniqlash mumkin? Bu noaniqlik sharoitida hamma huquq va
erkinliklar sud himoyasi bilan ta‟minlanishi aqlga sig„adimi? Albatta, yo„q.
Konstitutsiya loyihasidagi «fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga
oshirishlari ularning o„z majburiyatlarini bajarishlaridan ajralmasdir» – degan
so„zlarni Prezident quyidagi aniq ifodalar bilan almashtirdi: «Barcha fuqarolar
Konstitutsiyada belgilab qo„yilgan burchlarini bajaradilar» (Konstitutsiyaning 47-
moddasi). Endi bu me‟yor huquqiy jihatdan sodda, tushunarli, lo„nda va aniq
ko„rinishga ega bo„ldi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisining tashabbusi bilan loyihaga shaxsning
daxlsizligi, aybsizlik prezumpsiyasi, onalik va bolalikning davlat tomonidan
67
muhofaza qilinishi to„g„risidagi moddalar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiyaning
1992-yil 7-dekabrda bo„lib o„tgan majlisida Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-
qizlar bilan erkaklar teng huquqli ekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy
yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi haqidagi moddalar bilan to„ldirishni
taklif etdi. Mazkur majlis ishtirokchilaridan biri prezidentlik boshqaruvi shaklini
mustahkamlashni, «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» degan bo„limni
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti to„g„risidagi bob bilan boshlashni taklif qildi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi bunga e‟tiroz bildirib: «Avallo Parlament haqidagi,
so„ngra Prezident haqidagi bob bayon etiladi. Konstitutsiyamizda birinchi navbatda
xalq demokratiyasi ustuvorlik qilishi lozim», dedi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI
sessiyasi bo„ldi. Unda «O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish
haqida»gi masala ko„rildi. Bu xususda Konstitutsiya komissiyasi Raisi, Prezident
I.A.Karimov ma‟ruza qildi. Ushbu ma‟ruzada sessiya muhokamasiga havola qilingan
O„zbekistonning asosiy Qonuni respublikada avvalgi yillarda qabul qilgan
qonunlardan farqli o„laroq, demokratik yo„l bilan tayyorlangan bo„lib, unda yillar
davomida sinovdan o„tgan umuminsoniy qadriyatlar o„z aksini topganligi, u ko„plab
taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribalarini o„ziga singdirganligi alohida uqtirildi.
Shuning uchun ham mazkur Konstitutsiya har qanday yetakchi mamlakatning
Konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkin», – deb ta‟kidlandi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o„zgarish, qo„shimcha va aniqliklar
kiritdilar. Jumladan, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo„jalik sudlarining vakolat
muddati o„n yildan besh yilgacha tushirildi. Oliy Kengash 84-moddani quyidagi yangi
qism bilan to„ldirdi: «Oliy Majlis Raisi va uning o„rinbosarlari O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga har yili hisobot berib turadilar». 78-moddaning 8-bandiga
esa yangi jumla qo„shildi: «Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O„zbekiston
Respublikasining budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va
boshqa majburiy to„lovlarni joriy qilish» va hokazo.
Albatta, deputatlar takliflarining rad etilganlari, loyihaga qo„shilmaganlari ham
bo„ldi. Masalan, deputat V.A.Kozlov Oliy Majlis ikki palatadan iborat bo„lishini
taklif etdi. Biroq, bu taklif qabul qilinmadi, tajribada sinalgan bir palatalik tizim
saqlab qolindi.
Sababi, O„zbekistonda hali ikki palatali parlamenti sharoit, tajriba va ko„nikma
yetarli emas edi. Shuningdek, mamlakatda xalqlar o„rtasida barqarorlik, millatlararo
munosabatlar, milliy totuvlik yo„lga qo„yilgani bilan ajralib turadi. Gap ko„p
pog„onali parlament tuzishda emas, balki davlatning dono, puxta o„ylangan milliy
siyosatida, asrash va rivojlantirish zarur bo„lgan xalq an‟analarida edi. Shuning uchun
O„zbekistonda tuzilajak parlament bir palatali, deb lozim topildi.
Viloyatlarda, shaharlar va tumanlarda hokimlar va sudyalarni tayinlash emas, balki
saylash to„g„risida ham takliflar tushdi. Sudyalarni va mahalliy hokimiyat organlarini
saylash haqidagi qonun uzoq vaqt ishlab keldi, ammo bu amalda hech narsa bermadi.
Konstitutsiya komissiyasi boshqa mamlakatlar tajribasiga suyangan holda o„zga
68
yo„lni tanladi. Mansabdor shaxslarning shaxsiy mas‟uliyatini oshirish maqsadida
ularni tayinlashga va ulardan zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishni talab
qilishga qodir bo„lgan tayinlash tamoyilini maqbul ko„rdi.
Sog„lom, oqilona fikrlar aytilgan ko„plab boshqa takliflar ham tushdi. Biroq,
konstitutsiya xarakteridagi hujjatni qabul qilishda ularning barchasini inobatga olish
mumkin emas edi. Shu bois ba‟zi takliflar Oliy Kengashning komitetlari va
komissiyalariga o„rganib chiqish va tegishli qonun hujjatlarini ishlab chiqishda
foydalanish uchun yuborildi. Xullas, ikki yil tayyorgarlik va ikki yarim oy umumxalq
muhokamasidan so„ng Konstitutsiya loyihasi sessiya tasdig„iga havola qilindi.
Ba‟zi deputatlar loyihaning 58-moddasida kasaba uyushmalariga a‟zolik majburiy
ravishda bo„lishi haqidagi qoida mustahkamlansin, degan takliflarni ilgari surdilar.
Ushbu fikr ham qo„llab-quvvatlanmadi. Chunki bu jamoat birlashmalarining
ixtiyoriylik asosida tuzilishi prinsipiga zid edi.
Deputat M.Yusupov 118-moddaning 3-qismida «viloyat, shahar va tuman
prokurorlari tegishli ma‟muriy-hududiy birlikning hokimi bilan kelishilgan holda
tayinlanadilar», degan qoida yozilishini taklif etdi. Bu taklifga Oliy Kengash
deputatlarining ko„pchiligi qo„shilmadi. Sababi amaldagi qonunchilik va tajribaga
muvofiq, prokuratura organlari yakkahokimlik tamoyili asosida tuziladi va faoliyat
yuritadi. Shu bois barcha bo„g„indagi prokurorlar Respublika Bosh Prokurori
tomonidan lavozimga tayinlanadilar. Bundan tashqari, prokuratura organlari xuddi
sudlar singari mahalliy hokimiyat organlari ta‟siri ostida bo„lishi mumkin emas. Boz
ustiga prokuratura tegishli hududdagi hokimlar faoliyatining qonuniyligi ustidan
nazoratni amalga oshiradi.
Deputatlarning bir qator taklif va mulohazalari Konstitutsiya loyihasining tahririni,
uslubiy ravonligini barkamollashtirishga ko„mak berdi.
Shunday qilib, suveren demokratik O„zbekiston Respublikasining birinchi
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Asosiy Qomusimiz davlat mustaqilligimizning mevasi,
samarador mahsuli sifatida dunyoga keldi va hurligimiz, ozod-erkinligimiz qalqoni
sifatida yashamoqda. Konstitutsiya kelajagi buyuk O„zbekistonning qad rostlashi
uchun, adolatli huquqiy davlat barpo etish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo„lib
xizmat qilmoqda.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyaviy komissiyaning Raisi
I.A.Karimov Oliy Kengashning o„n birinchi sessiyasida Konstitutsiya loyihasi
yuzasidan so„zlagan nutqida shunday deb ta‟kidladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |