Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

98-modda
quyidagi tahrirda bayon etildi: «O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatini amalga oshiradi. O„zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o„rinbosarlari, 
vazirlar, davlat qo„mitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog„iston Respublikasi 
hukumatining boshlig„i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o„z lavozimi bo„yicha kiradi. 
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
shakllantiriladi. O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O„zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining palatalari tomonidan ko„rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar 
Mahkamasining a‟zolari O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‟naviy sohaning samarali 
faoliyatiga rahbarlikni, O„zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari 
ijrosini ta‟minlaydi. 
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O„zbekiston 
Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarlishi majburiy bo„lgan 
qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 
O„zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil 
etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar 
bo„ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorini imzolaydi, 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig„iga binoan xalqaro munosabatlarda 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko„radi. O„zbekiston 
Respublikasi qonunlarida, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va 
farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. 
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik 
qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul 
qilishga, shuningdek, ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asosan 
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O„zbekiston respublikasi Bosh 
vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli». 
Mustaqillikning o„tgan davri shuni ko„rsatdiki, Konstitutsiya mamlakatimizda 
siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy sohalarda amalga oshirilgan ishlarning huquqiy asosi 
sifatida o„zini namoyon qildi. Xalqimiz shu bois ham uni muhim hayotiy qo„llanma 
deb hisoblaydi. O„zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, dini va tilidan qat‟i nazar 
barcha fuqaro uchun mustahkam qalqon bo„lib xizmat qilmoqda. 
Shuning uchun ham O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o„rganishni, uning 
mohiyatini chuqurroq o„zlashtirishni hayot taqozo qila boshladi. 
Shu nuqtai nazardan Prezident 2001-yil 4-yanvarda «O„zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasini o„rganishni tashkil etish to„g„risida» farmoyish chiqardi. Ushbu 
farmoyishga asosan, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o„rni va ahamiyatini, mazmuni va 


78 
mohiyatini o„rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba va o„quvchi 
yoshlarda mustahkam bilimlarni shakllantirish talablari qo„yildi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta‟lim tizimida, maktabgacha ta‟lim muassasalaridan to 
oliy ta‟limning yuqori bosqichi – magistraturagacha, yoshlarning huquqiy bilimlarini 
oshirishning yaxlit va izchil tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimga fan sohasidagi 
doktoranturagacha bo„lgan bosqich ham kiradi. 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytning 
o„zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham ekanini belgilaydigan normalarning 
o„zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo„ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga 
muvofiq O„zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo„lib, davlat hokimiyati 
organlarining o„zaro uyg„un va hamjihat faoliyat yuritishini ta‟minlaydi. 
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni 
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to„g„risida»gi 
konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o„ynadi.
Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini 
oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayonlarida xohish-irodasi va fikrni ifodalash, 
markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta‟sir 
o„tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifani hal 
etish maqsadida parlamentdagi ko„pchilik parlamentdagi muxolafat maqomini 
qonuniy tarzda belgilash, siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik 
palatasi Spikerining o„rinbosari etib saylash bo„yicha tashkiliy-huquqiy choralar 
ko„rildi. 
Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalarning mamlakat 
parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati 
organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini 
tubdan kuchaytirdi. 
Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo„yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari 
bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishining qat‟iy 
belgilangan tartib va mexanizmining joriy etilgani davlat qurilishi sohasida 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo„lidagi muhim qadam bo„ldi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi 
fraksiyalariga Bosh vazirni iste‟foga chiqarish, mahalliy kengashlardagi partiya 
guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste‟foga chiqarish to„g„risida tashabbus bilan 
chiqish huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning 
barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o„rni va ta‟siri ortib bora-
yotganidan dalolat beradi.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, 
avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini
kommunal xo„jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan 
ta‟minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo„yicha vakolatlarini mahalliy 


79 
hokimiyat, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-
bosqich o„tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish