Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Hur O„zbekistonimizning 
tarixida birinchi Konstitutsiyani qabul qilish – jumhuriyatimizning yangidan 
tug„ilishidir, huquqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir... 
Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni 
millat qiladigan qonunlarga asos bo„lishi muqarrar... Konstitutsiya o„zining tub
mohiyati, falsafiy g„oyasiga ko„ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, 
sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo„q. Jamiki dunyoviy ne‟matlar orasida 
eng ulug„i – inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosda «fuqaro – jamiyat – 


69 
davlat» o„rtasidagi o„zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga 
intildik.
O„zbekiston Konstitutsiyasi oliy darajadagi qonun sifatida davlatimizning 
qiyofasini, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzumini, boshqaruvning demokratik 
tamoyillarini, jamiyat rivojlanishining strategik yo„nalishlarini, fuqarolarning huquq 
va erkinliklari kafolatlanganligini, hamda, ma‟naviy qadriyatlarimiz asoslarini 
mustahkamlab berdi. 
Sessiya ishtirokchilari yakdillik bilan 6 bo„lim, 128 moddadan iborat 
Konstitutsiyani qabul qildilar. 
Shunday qilib, O„zbekiston Respublikasi tarixida birinchi marta xalqaro huquqning 
hamma tomonidan e‟tirof etilgan tamoyillari va me‟yorlariga, umuminsoniy 
qadriyatlarning ustuvorligiga asoslangan real, tub ma‟nodagi demokratik 
Konstitutsiya yaratildi va kuchga kiritildi. Bu Konstitutsiya 1990-yil 20-iyunda qabul 
qilingan «Mustaqillik Deklaratsiya»si va «O„zbekiston Respublikasining davlat 
Mustaqilligi asoslari to„g„risida»gi qonunda mustahkamlangan prinsiplar va
g„oyalarni
o„zida 
to„la 
mujassamlashtirdi, 
ularni 
rivojlantirdi. 
Konstitutsiya
loyihasi ishlab chiqilishi jarayonida ishchi guruhi BMTning xalqaro huquqiy 
hujjatlariga, ayniqsa, 1984-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy 
deklaratsiyasiga, Siyosiy va fuqarolik huquqlari to„g„risidagi Bitimga (1966), 
Xelsinkida imzolangan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (OBSE) 
yakunlovchi hujjatiga asoslanganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Faqat milliy istiqlol, davlat mustaqilligiga erishish tufayli O„zbekiston 
Respublikasining tamomila yangi, inson manfaatlarini, haq-huquqini himoya qiluvchi 
chinakam demokratik Konstitutsiyasini yaratishdek ulkan tarixiy imkoniyat vujudga 
keldi. O„zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining 1992-yil 8-
dekabrdagi o„n birinchi sessiyasi tomonidan O„zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi 
qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea edi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish