519
* * *
2006-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida O„zbekiston Respublikasi «Kamolot»
yoshlar ijtimoiy harakatining II Qurultoyi bo„lib o„tdi. Unda Qoraqalpog„iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 600 nafar delegat ishtirok etdi.
Anjuman qatnashchilari Markaziy Kengash raisi
Akrom Alimovning hisoboti
hamda joylardagi Konferensiyalar davomida bildirilgan ko„pdan-ko„p taklif va fikr-
mulohazalarga asoslanib, yoshlarning talab va istaklaridan
kelib chiqib tayyorlangan
dastur va Nizom loyihasi bo„yicha ma‟ruzani muhokama qildilar. Qizg„in
muhokamalardan so„ng «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Dastur va Nizomi
loyihasi bildirilgan fikr va takliflarni hisobga olgan holda tasdiqlandi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktabrdagi «Kamolot»
yoshlar ijtimoiy harakatini qo„llab-quvvatlash va uning faoliyat samaradorligini
yanada oshirish to„g„risida»gi qarorining joylarda bajarilishini o„rganish,
joylarda
yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar darajasini, yoshlarning mavjud muammolari va
ularni hal etish ahvolini tahlil etish maqsadida tashkil etilgan Ishchi guruhlari 2007-
yilning 12–25-fevral kunlari Respublikamizning barcha viloyatlarida bo„lishib,
joylarda yoshlar bilan ishlash darajasini, bu boradagi mavjud muammolarini (ularning
yechimini ham) tahlil etishdi, pirovardida yoshlarning mamlakat miqyosida yechimini
kutayotgan muammolari, jumladan, harakat oldida
turgan dolzarb masalalarni
o„rganib, joylarda tegishli tashkilotlar bilan bu borada hamkorlikda faoliyat yuritish
chora-tadbirlari belgilandi.
84 kishidan iborat maxsus komissiya har biri 6 kishidan iborat bo„lgan ishchi
guruhlarga bo„linib, barcha viloyatlarga xizmat safariga chiqishdi.
Joylarda ularga
viloyat boshqarmalari, tashkilotlari, muassasa va korxonalari vakillari biriktirildi.
Ishchi guruhlari a‟zolari uchun tegishli
savolnomalar ishlab chiqilib, o„rganishlar
mobaynida asosiy e‟tibor quyidagi uch yo„nalishga qaratildi.
Tashkil
etilgan
ishchi
guruhlari
2007-yilning
12–25-fevral
kunlari
Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahrining 199 tumanida
bo„lishib, joylarda yoshlar bilan ishlash darajasini, bu boradagi mavjud muammolarini
(ularning yechimini ham) tahlil etishdi, pirovardida yoshlarning mamlakat miqyosida
yechimini kutayotgan muammolari, jumladan, harakat oldida turgan dolzarb
masalalarni o„rganib, joylarda tegishli tashkilotlar
bilan bu borada hamkorlikda
faoliyat yuritish chora-tadbirlarini belgilashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: