Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Jismoniy tarbiya va sport



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Jismoniy tarbiya va sport 
Jismoniy tarbiya kishilik jamiyati tarixining barcha bosqichlarida xalq 
madaniyatining tarkibiy va muhim qismi bo„lib kelgan. Xususan, unga O„zbekiston 
hududida yashayotgan xalqlar ma‟naviy va jismoniy barkamollik mezoni sifatida 
qarashgan. Jismoniy tarbiya va harbiy san‟at XIV-XV asrlarda ham ancha rivoj 
topgan. Amir Temur olib borgan siyosat jamiyatning hamma sohalarida bo„lgani kabi 
jismoniy tarbiyaning mohiyatini yuqori bosqichga ko„targan. Temuriylar davrida 
harbiylarni jismoniy tarbiyalashga alohida e‟tibor berilgan. Kurash, kamondan otish, 
ot sporti o„yinlari bo„yicha ko„pgina musobaqalar o„tkazilgan. 
O„zbekiston qadimdan milliy o„yinlarga boy. Ayniqsa, «Arg„imchoq», 
«Bekinmachoq», «Qilichbozlik», «Oq terakmi-ko„k terak», «Ololmaydi-yo, 
shuginani-yo», «Tortishmachoq», «Chillak» va hokazolar keng tarqalgan. 
Lekin, O„zbekistonda mustamlakachilik davrida jismoniy tarbiya katta 
yo„qotishlarga uchradi. Kuch, tezkorlik, chiniqish bilan birga ma‟naviyatni 
yetuklikka, axloq va odobni kamolga yetkazishga e‟tibor susaydi. Bu mahalliy 
aholining jismoniy tarbiyadan uzoqlashishiga olib keldi. 
O„zbekistonda davlat mustaqilligi qo„lga kiritilgach, ko„p o„tmay O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 1992-yili 14-yanvarda «Jismoniy 
tarbiya va sport to„g„risi»da Qonun qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi esa 
O„zbekistonda ommaviy va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy 
bazasini mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, 
Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 1993-yili 18-martda 
«O„zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida», 
1996-yil 17-yanvarda «O„zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va 


522 
prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida» maxsus Qaror qabul 
qildi. 
Mamlakatda «Sog„lom avlod» Davlat dasturi ishlab chiqildi va keng ko„lamda 
amalga oshirila boshlandi. Ushbu dasturga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport 
sohasidagi milliy ma‟naviyatni tiklashga katta e‟tibor berildi. Milliy o„yin va sport 
turlari bo„yicha har yili musobaqalar o„tkazish odat tusiga kirdi. 
Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta tiklanishiga va ularning 
sport turi sifatida xalqaro miqyosda e‟tirof etilishiga keng imkoniyatlar yaratildi. 
1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy kurash bo„yicha xalqaro 
musobaqa o„tkazildi. Keyinchalik Milliy kurashning unutilayozgan nazariy jihatlari 
qayta tiklanib, uning asosiy qoidalari mukammal ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar 
tomonidan tan olindi. Shunday qilib milliy kurashimiz xalqaro sport turlaridan biriga 
aylandi. 1999-yil 1-2-may kunlari Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq 
mamlakatlaridan kelgan sportchilari ishtirokida Birinchi jahon chempionati o„tkazildi. 
O„zbekistonlik kurashchilar ushbu chempionatning 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta 
bronza, hammasi bo„lib 10 ta medalini qo„lga kiritishga muvaffaq bo„ldilar. Ayniqsa, 
73 kg gacha bo„lgan vaznda Akobir Qurbonovning (Buxoro sh.,), 90 kg gacha bo„lgan 
vaznda Kamol Murodovning (Buxoro sh.,) va mutlaq vazn toifasida Toshtemir 
Muhammadiyevning (Termiz sh.,) kurash bo„yicha birinchi jahon chempionlari 
bo„lganliklarini alohida ta‟kidlab o„tish joizdir. Yurtboshimizning maxsus farmoni 
bilan Xalqaro «Kurash» Assotsiatsiyasi tuzilganligi, Islom Karimovning ushbu 
Assotsiatsiyaning faxriy Prezidenti etib saylanganligi milliy sport turlariga sog„lom 
avlodni tarbiyalovchi asosiy omillardan biri sifatida davlatimiz tomonidan alohida 
e‟tibor berilayotganligining yorqin namunasidir. 
1992-yildan Termiz va Shahrisabz shahrida milliy kurash bo„yicha xalqaro 
musobaqa o„tkazila boshlandi. 1994-yilda Toshkentda Tennis saroyi qurilib, unda 
«O„zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini» uchun tennis bo„yicha katta xalqaro 
musobaqa o„tkazilmoqda. 1992–1996-yillarda O„zbekiston Respublikasi terma 
jamoalari sport turlari bo„yicha bir qancha jahon va Osiyo chempionatlarida 
muvaffaqiyatli qatnashib keldilar. Jumladan, 1994-yili O„zbekiston Respublikasi 
sportchilari birinchi marta Yaponiyaning Xirosima shahrida o„tkazilgan XII Osiyo 
o„yinlarida ishtirok etdilar va ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular 42 ta medalni, 
jumladan 10 ta oltin, 12 ta kumush, 20 ta bronza medalini qo„lga kiritdilar. 
O„zbekiston futbol terma komandasi Osiyo o„yinlari chempioni bo„ldi. 1994-yilgi 
qishki Olimpiada o„yinlarida o„zbekistonlik L.Cheryazova oltin medalga sazovor 
bo„ldi. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag„ishlangan «Xalq 
o„yinlari» II Respublika Olimpiadasi 1996-yil 10-11-mayda bo„lib o„tdi. 
1996-yil O„zbekiston sporti tarixida alohida o„rin tutadi. O„zbekiston boks 
federatsiyasi sport bo„yicha yo„riqchisi Artur Grigoryan o„z vazni bo„yicha 
Germaniyada o„tkazilgan jahon chempionatida qatnashib katta yutuqlarga erishdi. U 
mutlaq chempion «Oltin kamarini» qo„lga kiritdi. Uning sport sohasida yutuqlari 
mamlakat Prezidenti tomonidan yuksak baholandi. 


523 
Umuman, mamlakatda O„zbekiston sporti sharafini himoya qilayotganlar munosib 
taqdirlana boshladi. Masalan, 1998-yil mustaqillik bayrami arafasida bir guruh 
sportchilarimizni «O„zbekiston iftixori» Faxriy unvoni bilan mukofotlanganliklari 
fikrimiz dalilidir. 
Hozirgi paytda O„zbekistonda aholi bilan jismoniy tarbiya – sog„lomlashtirish 
ishini amalga oshiradigan 15085 birlamchi tashkilotlar – jismoniy tarbiya jamoalari 
faoliyat ko„rsatmoqda. Ulardan 9501 tasi umumta‟lim maktablarida, 710 tasi kollej va 
litseylarda, 62 oliy o„quv yurtlarida, 4812 tasi mehnat jamoalarida, 12092 tasi qishloq 
joylarida ishlamoqda. 
Respublikada sport-sog„lomlashtirish klublari soni tobora o„sib borayapti. Hozirgi 
paytda ularning soni 500 dan ortiqni tashkil etadi. 
Respublikada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan 536 ta 
bolalar-o„smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya o„rinbosarlari bilim yurtlari, 8 ta 
respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko„rsatayapti. 
2000-yilda respublikada 6 million 420 ming kishi jismoniy tarbiya bilan 
shug„ullanadi, ulardan 5,5 million kishi umumta‟lim maktablarida, 390 ming kishi 
kollejlar, litseylar va o„rta maxsus o„quv yurtlarida, 82 ming kishi oliy o„quv 
yurtlarida, 500 ming kishi mehnat jamoalarida shug„ullangan edi. 
O„zbekistonda 2000-yilda jami 1,5 milliondan ortiq kishi, shu jumladan bolalar-
o„smirlar sport maktablarida 270 ming kishi 70 dan ziyod sport turi bilan 
shug„ullandi. Bu ko„rsatkich yangi ochilgan sport majmualari, yangi qurilgan litsey va 
kollejlar, maktablar tufayli keskin oshdi. 
Respublikada 
jismoniy 
tarbiya 
va 
sportning 
moddiy 
bazasi 
muttasil 
mustahkamlanib bordi. Respublikada 233 stadion, 5040 sport zali, 135 suzish havzasi, 
32 865 sport maydonchasi, 4841 futbol maydoni, 1883 otish turi, 13139 voleybol, 
7196 basketbol maydonchasi, 168 tennis korti, «Yoshlik» sport arenasi, «Paxtakor» 
markaziy stadioni, «Yunusobod» va «JAR» sport majmualari, Tennis saroyi va 
boshqalar sportchilar ixtiyorida. O„zbekiston sporti tarixida milliy olimpiya 
Qo„mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bo„ldi. 
1993-yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo„mitasining 101-sessiyasida 
O„zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo„mitasi to„la-to„kis tan olindi. Qo„mita 
xalqaro sport va olimpiya harakatining rivojlanishiga yordam bermoqda. U 
O„zbekistonda olimpiya g„oyalarini targ„ib qilish, Olimpiya o„yinlarida respublika 
vakillari ishtirokini ta‟minlash, jahon sportchilari bilan do„stona aloqalar o„rnatish va 
rivojlantirishdek sharafli vazifa bilan shug„ullanmoqda. Milliy Olimpiya 
Qo„mitasining 127 a‟zosi, 11 faxriy a‟zosi bor. 
1996-yil yanvarda Xalqaro Olimpiya Qo„mitasining qaroriga muvofiq, jahon 
sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va olimpiya g„oyalariga sadoqati uchun 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan 
mukofotlandi. 
Toshkentda 1996-yil 14-avgustda Olimpiya muzeyi tashkil etildi. Uni Xalqaro 
Olimpiya Qo„mitasining Prezidenti X.A.Samaranch mamlakatimiz Prezidenti 


524 
I.Karimov bilan birga tantanali ravishda ochib berdi. X.A.Samaranchning O„zbekiston 
sportini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib 
taqdirlandi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish