Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Xiva shahrining 2500 yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimda so„zlangan



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Xiva shahrining 2500 yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimda so„zlangan 
nutq 
Xonimlar va janoblar! 
Aziz vatandoshlar, muhtaram Xorazm va Xiva ahli! 
Qadrli mehmonlar! 
Shu kunlarda yurtimizda juda katta to„ylar va tantanalar davom etmoqda. Kecha 
Zarafshon vohasida ko„hna Buxoromizning muborak yoshini nishonlagan bo„lsak, 
mana bugun xalqimiz, millatimizning yana bir faxri va g„ururi bo„lmish, butun 
olamga mashhur go„zal Xivamizning 2500 yillik to„yini shod-u xurramlik bilan 
bayram qilmoqdamiz. 
Sizlarning barchangizni, avvalombor siz – aziz Xorazm ahlini va butun 
O„zbekiston xalqini, uzoq-yaqindan kelgan qadrli mehmonlarni ana shu shonli sana 
munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysizlar! 
Imkoniyatdan foydalanib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YuNESKO vakillariga, 
xorijiy davlatlar elchilari va vakillariga, axborot vositalari vakillariga o„zimning 
alohida minnatdorligimni bildiraman. 
Xiva – bizning jonli tariximiz, bu dunyoga kelib ketgan qancha-qancha saltanatlar 
guvohi, yurtimizning, xalqimizning, millatimizning mislsiz o„tmishidan, ota-
bobolarimizning dahosidan, ma‟naviy mulkimizning buyuk iqtidori va qudratidan 
dalolatdir. Bundan ikki ming yil avval yashagan rimlik tarixchi 
Pompey Trog
turkiy 
xalqlarning eng qadimgi ajdodlari haqida shunday deb yozgan: 
«Baqtiriyaliklar, 
so„g„dlar va xorazmliklar kelib chiqishining qadimiyligi bo„yicha misrliklar 
bilan bemalol bellasha oladi. Ular mehnatda ham, jang-u
jadalda ham o„zlarini 
ayamaydilar. Jismonan haddan tashqari kuchlidirlar. O„zlariga tegishli biror 
narsani qo„ldan chiqarishni istamaydilar. Faqat g„alabaga intiladilar»

O„zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm 
vohasida qo„yilgan. Shu ma‟noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Xitoy, 
Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi. 
Xorazm tarixi o„zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va qadimiyligining tasdi-
g„idir. 
Aziz yurtdoshlarim! 
Bugun milliy ozodlik uchun kurashimiz tarixidan so„z ketar ekan, birinchilar 
qatorida buyuk Xorazm o„g„lonlaridan Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi kabi 
milliy qahramonlarimizning nomlarini zikr etamiz. 
Najmiddin Kubro Vatanimizni Chingizxon bosqinidan ozod qilish uchun jang 
qilib, qo„lida ozodlik bayrog„ini mahkam tutib jon taslim etgani tarixiy manbalardan 
ma‟lum. 
Xorazmshohlar sulolasining eng mashhur vakili Jaloliddin ham o„n bir yil 
davomida mo„g„ullarning g„arbiy o„lkalarga bostirib kirishlariga to„siq bo„lib turdi. 
G„anim oldida bosh egmadi, tiz cho„kmadi, Vatan deya halok bo„ldi. 


469 
Xorazm va Xiva tarixi xalqimizning yovuz, ilm-fan, san‟at, madaniyat va 
ma‟naviyat sohalaridagi yuksalish bosqichlarini o„zida mujassam etadi. 
Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» ham aynan Xorazmda yaratilgani 
fikrimizning yorqin dalilidir. 
Bugun bolalarimiz maktablarda va oliy o„quv yurtlarida o„rganadigan algebra, 
algoritm kabi kashfiyotlarga asos solgan Muhammad Muso al-Xorazmiy bu go„zal 
voha nomini dunyoga mashhur etgan. 
Atlantika ummoni ortida Amerika qit‟asi borligini Xristofor Kolumbdan 500 yil 
oldin bashorat etib, hattoki uning xaritasini chizib qoldirgan buyuk ajdodimiz Abu 
Rayhon Beruniy mana shu muqaddas zaminda tug„ilgan. 
Makkai mukarrama amiri ibn Vaqqos XII asrda yashab o„tgan yana bir buyuk 
vatandoshimiz – arab tilining mukammal gramatikasini yaratgan insonni ulug„lab: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish