Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Al-Farg„oniy dahosiga ta‟zim



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
Al-Farg„oniy dahosiga ta‟zim 
Qadrli yurtdoshlar! 
Aziz mehmonlar! 


476 
Bugun yurtimizning qadimiy va so„lim go„shalardan biri Farg„onada muborak 
bayram. Kecha biz tabarruk Samarqand zaminida islom olamida yuksak obro„-e‟tibor 
qozongan ulug„ vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni, buyuk alloma Imom al-
Buxoriyning tavallud to„yini o„tkazib, g„oyat savobli ishni ado etdik. 
Bugun esa xalqimizning yana bir buyuk o„g„loni, o„rta asrlar jahon ilm-fani 
asoschilaridan biri, qomusiy olim Ahmad al-Farg„oniyning xotirasini yod etib 
turibmiz. Ushbu tarixiy voqealar butun dunyo ilm-u ma‟rifat, ma‟naviyat ahlining 
diqqat markazida bo„lib, el-yurtimiz obro„-e‟tiborini jahonga tarannum etmoqda. 
Aziz yurtdoshlar! 
Kishilik taraqqiyotiga o„zining o„chmas ulushini qo„shib, mamlakatimiz shuhratini 
olamga taratib, tarix sahifalariga abadul-abad muhrlagan Muhammad al-Xorazmiy, 
Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug„bek, Imom al-Buxoriy, Imom at-
Termiziy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy singari ulug„ siymolarni 
yetishtirgan millat har qancha g„ururlansa arziydi. 
O„zbek diyorida parvarish topgan minglab alloma-yu adiblar, olim-u mutafakkirlar 
qatoridan o„rin olgan Burhoniddin Marg„inoniy, Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Maxdumi A‟zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Nodirabegim kabi fozillar dunyoga 
kelgan Farg„ona vodiysi ushbu aqidani yana bir bor tasdiqlaydi. Zero, bu maskan ham 
ko„hna tariximizda, davlatchilik, ilm-u ma‟rifat, madaniyat, me‟morchilik 
an‟analarimiz taraqqiyotida benazir o„ringa ega. 
Aziz do„stlar! 
Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. O„zbek zaminida asrlar davomida 
fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk iste‟dodlarning parvarish topgani bejiz 
emas, albatta. 
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o„zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat 
rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar o„z-o„zidan yuz bermaydi. 
Buning uchun avvalo asriy an‟analar, tegishli shart-sharoit tafakkur maktabi, 
madaniy-ma‟naviy muhit mavjud bo„lmoqi kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-
nasabida ezgulik va ma‟rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo„sh urishi lozim. 
Buning uchun eng avvalo mana shu qadimiy va betakror yurtga Ollohning nazari 
va e‟tibori tushishi kerak. 
Aziz do„stlar, birodarlarim! 
Ahmad al-Farg„oniy tavalludining 1200 yilligi millatimiz uchun katta siyosiy va 
ma‟rifiy ahamiyatga ega. Biz bu sanani davlatchiligimiz va ilm-u madaniyatimiz 
tarixini, mustabid tuzum yillarida nohaq unutilgan buyuk ajdodlarimizning muborak 
nomlarini qayta tiklashdek olijanob ishning uzviy bir qismi, deb bilamiz. 
Ahmad al-Farg„oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma‟rifati 
xazinalaridan biri bo„lib, milliy salohiyatimiz, milliy tafakkurimiz ko„lami va 
qudratining isbotidir. 
Ahmad al-Farg„oniy kishilik tarixidagi ilk uyg„onish davrining eng zabardast va 
yorqin namoyandalaridan biri, o„z zamonasi fundamental fani asoschilaridan edi. 


477 
Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho„qqilariga ko„tarilishiga sababchi bo„ldi, 
butun ma‟rifiy dunyo olimlari uchun dasturilamal bo„lib xizmat qildi. Farg„onalik bu 
fozil zotning «Astronomiya asoslari» nomli shoh asari o„n ikkinchi asrdayoq lotin va 
ivrit tillariga tarjima etilgan edi. 
Yevropada kitob nashr yetish boshlangan XV asrda esa bu asar Italiyada, 
keyinchalik Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi mamlakatlarda qayta-
qayta chop qilingani uning naqadar yuksak ahamiyatga egaligini ko„rsatadi. Inson 
tafakkurining bebaho mahsuli bo„lgan bu kitob asrlar davomida astronomiya fani 
bo„yicha o„ziga xos qomus vazifasini o„tagan. Dunyoning eng nufuzli 
dorilfununlarida undan asosiy darslik sifatida foydalanib kelingan. 
Ahmad al-Farg„oniyning Yerning sharsimon shaklga egaligi borasidagi 
qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o„tib amalda isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor 
Kolumb, Yer meredianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg„oniy hisoblarining 
to„g„riligiga to„la ishonch hosil qildim, degan dastxat qoldirgan. 
Bu e‟tirof bobokalonimiz, yanada kengroq aytsam, millatimiz ilmiy salohiyatiga 
berilgan munosib bahodir. 
Ahmad al-Farg„oniyning astronomiya fani rivojidagi nufuzi shu qadar ediki, 
alloma bobomizning nomi yer kurrasidagina emas, samoda ham abadiy shuhrat topdi. 
O„n oltinchi asrdayoq Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgan edi. Atoqli 
astronom Yan Geveliy tomonidan 1647-yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobida 
Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz– Ahmad al-Farg„oniy va 
Mirzo Ulug„bek nomi bilan ataladi. 
Muhtaram do„stlar! 
Bugun ozod yurtimizda Ahmad al-Farg„oniy kabi zotlar yoqib ketgan ilm mash‟ali 
yangitdan porlay boshladi. Biz o„sib kelayotgan yosh avlod ta‟lim-tarbiyasini, 
ularning zamonaviy ilg„or bilimlarga ega bo„lgan holda ulug„ bobokalonlarimiz 
merosiga munosib bo„lishlarini davlatimiz siyosatining ustuvor yo„nalishi, deb 
bilamiz. Shu maqsadda mamlakatimizda yagona ta‟lim-tarbiya tizimi maxsus Milliy 
dastur asosida tubdan isloh qilinmoqda. 
Minglab farzandlarimiz yuksak taraqqiy topgan davlatlardagi eng nufuzli bilim 
dargohlarida tahsil olayotgani, buyuk ajdodlarimizning izdoshlari sifatida aql-zakovat, 
ilmga chanqoqlik, tirishqoqlik namunalarini ko„rsatayotgani jamiyatimizni ertangi 
kuni yanada yorug„ bo„lishidan darak beradi. 
Ahmad al-Farg„oniyga bag„ishlangan tantanalar o„zligimizni, qadr-qimmatimizni, 
millatimizning dunyoda tutgan o„rnini anglash yo„lida yana bir muhim vositadir. 
Ayniqsa, bu sananing YuNESKO qarori bilan xalqaro miqyosida keng nishonlanishi 
Ahmad al-Farg„oniy ilmiy merosini o„rganish borasidagi yangi-yangi tadqiqotlarga 
asos bo„ladi, deb ishonaman. 
Qadim Qubo tuprog„ida bunyod etilgan muhtasham yodgorlik majmui, Ahmad al-
Farg„oniyning qarshingizda qad ko„tarib turgan bu ulug„vor haykali 
vatandoshlarimizning ulug„ bobokalonimizga hurmat-ehtiromi hamda ezgu 
maqsadlarimiz ramzi bo„lib qolishi tabiiydir. 


478 
Mana shu fursatdan foydalanib buyuk ajdodimiz xotirasini abadiylashtirish, ko„hna 
Qubo shuhratini tiklash, Farg„ona shahrini vodiy tarovatiga xos ravishda obod etishda 
sidqidildan mehnat qilib, bor mahoratlarini ishga solgan quruvchilarga, me‟morlarga 
samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. 
Aziz yurtdoshlar! 
Bugun Ahmad al-Farg„oniy bobomizning to„yini nishonlar ekanmiz, u qoldirgan 
merosning olamshumul ahamiyati haqida so„zlar ekanmiz, biz Farg„ona zaminiga, 
Quva tuprog„iga, shu yerdan o„tgan odamlarning ruhi oldida va bugun yashayotgan 
avlodlar qarshisida ta‟zim qilamiz. 
Bu zotning shu yerda tug„ilgani, tarbiya topib voyaga yetgani bu yurtni barchamiz 
uchun yanada aziz va mukarram qiladi. 
Bu zot qayerda yashagan bo„lmasin, xoh Bag„dodda, xoh Damashqda, xoh 
Qohirada o„z ilmiy kashfiyotlari bilan shuhrat topgan bo„lmasin, ishonamanki, u 
hamisha tug„ilgan yurtini sog„inib yashagan. Ona-Vatanining muhabbati va 
sog„inchini bir umr qalbida saqlab yurgan. Bu tuyg„u nafaqat ulug„ insonlarga, balki 
iymonli, diyonatli har bir odamga xos xususiyatdir. 
Muhtaram vatandoshlarim! 
Yillar o„tadi, asrlar o„tadi, yangi avlod dunyoga keladi, lekin bu zotning nomi, 
buyuk merosi xalqimiz uchun shon-sharaf ramzi bo„lib abadul-abad saqlanib qoladi. 
Yana bir bor barchangizni bugungi qutlug„ tantana bilan chin qalbimdan 
muborakbod etaman. Olloh taolodan hammangizga omonlik-farovonlik, ezgu va 
xayrli ishlaringizda madad tilayman. Ulug„ bobomiz ruhi xonadoningizni nurafshon, 
qalbingizni munavvar etsin. 
Farg‘ona – Quva 1998-yil 24-oktabr


Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish