Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. Islom Karimov – mustaqil O„zbekistonning



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

4-§. Islom Karimov – mustaqil O„zbekistonning
birinchi Prezidenti 
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, 
zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshlandi. Boshqaruvning Prezidentlik shakli 
mazkur tizim o„zagini tashkil etdi. 
1991-yil oxirida O„zbekiston hayotida tom ma‟noda ulkan tarixiy voqea sodir 
bo„ldi. 29-dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamlakachilikdan so„ng tom ma‟nodagi 
mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. O„zbekistonda demokratik 
jarayonlarning yangi bosqichi shu sanadan boshlanadi, desak mubolag„a bo„lmaydi. 
Bu tarixiy voqea juda katta mehnat, siyosiy faollik, milliy birlik, g„oyalar va 
maqsadlar mushtarakligi mahsuli bo„ldi. Bu sharafli ishni Markaziy saylov 
komissiyasi, 13 saylov okrugi va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyasi amalga 
oshirdi. Asosiy vazifa O„zbekiston Respublikasi referendumi to„g„risidagi va 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi qonunlar talablarini 
og„ishmay amalga oshirish – bir tomondan millionlab fuqarolarga o„z konstitutsion 
huquqidan foydalanishda, xohish-irodalarini erkin bildirishda, ikkinchi tomondan 
prezidentlikka nomzodlarga ularning saylovoldi kurashida teng sharoit yaratib 
berishdan iborat edi. 
Referendum va saylovga tayyorgarlik jarayonida Markaziy saylov komissiyasi eng 
avvalo saylovga doir barcha hujjatlarni markazlashtirilgan holda tayyorlash va 
joylarga o„z vaqtida yetkazish choralarini ko„rdi. Bu vazifa muvaffaqiyatli hal etildi. 
Xususan referendum va Prezident sayloviga doir byulletenlar barcha saylovchilarga 
yetadigan miqdorda – o„n bir million nusxada chop etildi. 
Prezidentlikka nomzodlar har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 301 ming 
nusxadan iborat plakat, nomzodlar har birining 40 ming nusxadan saylovchilarga 
murojaatnomalari chop etildi. 
Markaziy saylov komissiyasi saylovoldi kompaniyasida nomzodlar uchun teng 
sharoit yaratish, ularga o„z saylovoldi dasturlarini ommaviy axborot vositalarida e‟lon 
qilishga bir xil imkon yaratish masalalariga Prezident saylovi haqidagi qonun 
talablaridan kelib chiqqan holda alohida e‟tibor berdi. 
Umumxalq Prezident saylovlari mamlakat tarixida ilk bor o„tayotganini, 
saylovchilarimizda hali yetarli tajriba va ko„nikma yo„qligini inobatga olib, bu 
tadbirni uyushqoqlik bilan ko„tarinki ruhda o„tkazish maqsadida faollar keng 
ko„lamda jalb qilindi. Saylov komissiyalari ishida 75 mingdan ziyod kishi qatnashdi. 
Saylov komissiyalariga yordam tariqasida Oliy Kengash va mahalliy kengashlar 
deputatlari samarali faoliyat ko„rsatishdi. 
O„zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o„tdi. Oliy lavozimga ikki 
nomzod – O„zbekiston XDP va O„zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi 
nomzodi I.A.Karimov va «Erk» demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov 
(Muhammad Solih) nomzodi qo„yildi. 


39 
Saylovlar yakuniga ko„ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda 
qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 
saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 
Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko„rib chiqib, 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to„g„risidagi qonunning 35-moddasiga 
asosan Islom Abdug„aniyevich Karimovni O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 
lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Shuni alohida ta‟kidlash joizki, 
respublikaning barcha hududlarida saylov uyushqoqlik bilan, qonunlarga qat‟iy amal 
qilingani holda saylovchilarning yuksak faolligida o„tdi. Saylov puxta tashkil etilgani, 
saylovlarning o„tkazilishi va uning natijalarini hisoblab chiqish qonun asosida adolatli 
tashkil etilgani MDH mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Turkiya va Malayziyadan 
hamda bir qator xalqaro tashkilotlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar tomonidan 
e‟tirof etildi. 
Saylovlar natijalari o„zbek xalqining mustaqil taraqqiyot va rivojlanishning 
yutuqlarini I.A.Karimov shaxsi, uning dono siyosati, tashabbuskorligi va fidoyiligi 
bilan bog„lashining yaqqol dalili edi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish