* * *
ISLOM ABDUG„ANIYEVICH KARIMOV
Davlat va siyosat arbobi, O„zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 1938-
yilda Samarqandda tug„ilgan. O„rta Osiyo politexnika instituti va Toshkent xalq
xo„jaligi institutini tugatgan. 1960-yildan «Tashselmash» zavodida avval master
yordamchisi, so„ng master, texnolog, 1961-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent
aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor,
1966-yildan O„zbekiston Davlat plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish
bo„limining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi
o„rinbosarigacha bo„lgan yo„lni bosib o„tdi.
1983-yildan O„zbekiston moliya vaziri, 1986-yildan O„zbekiston Ministrlar Soveti
raisining o„rinbosari – respublika Davlat plan komitetining raisi.
1986-yil dekabridan O„zbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyati partiya
komitetining birinchi kotibi. 1989-yil iyunidan O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining birinchi kotibi. 1990-yil 24-martdagi O„zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashi sessiyasida O„zbekiston Prezidenti etib saylandi.
I.A.Karimov 1991-yil 29-dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o„tkazilgan
umumxalq saylovida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O„zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq, u ayni vaqtda davlat va ijro
etuvchi hokimiyat boshlig„idir.
I.A.Karimov 1991-yil 31-avgustda Toshkentda O„zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligini e‟lon qildi. I.A.Karimov O„zbekistonda davlat tuzumini
40
mustahkamlashda, respublikaning ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni
ta‟minlashda jonbozlik ko„rsatmoqda.
1995-yil 26-martda umumxalq ovozi (referendum) bilan I.A.Karimovning
Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi.
2000-yil 9-yanvar kuni O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo„lib o„tdi.
Muqobillik va demokratik tamoyillar asosida o„tkazilgan ushbu saylovda
saylovchilarning 91,90 foizi Islom Karimov nomzodini qo„llab-quvvatladi va
Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq Islom Abdug„aniyevich Karimov
O„zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
2007-yil 23-dekabr kuni O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo„lib o„tdi.
Saylov muqobillik asosida demokratik tamoyillar va O„zbekistonda saylov
o„tkazish tajribalariga tayanib, muqobillik tarzida o„tkazildi.
O„zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasining xulosalari va
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko„ra Islom Karimov o„n
uch milliondan ortiq saylovchilarning yoki saylovda qatnashganlar umumiy sonining
92,1 foizi ovozini oldi.
Ushbu saylov O„zbekistonda umumxalq saylovini o„tkazishning o„ziga xos
tajribasi mavjudligini, fuqarolar jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirokini
ta‟minlashning, saylash, saylanish tartibotining demokratik tamoyillarga asoslangan
tajribalar to„planganligining yaqqol namunasi bo„ldi.
To„rtta siyosiy partiyadan ko„rsatilgan to„rt nomzod orasidan amaldagi
Prezidentning mutlaq ko„pchilik ovoz bilan qayta tanlanishi va saylanishi
O„zbekistonda davlat va jamiyat, davlat siyosati va fuqarolar maqsad-intilishlarining
mushtarakligidan dalolat beradi.
I.A.Karimovning eng muhim asarlari ingliz, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab
kabi o„nlab turli xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda bir necha bor nashr
qilingan. Respublikamizda esa I.A.Karimov asarlarining 15 jildlik to„plami quyidagi
nomlarda nashr qilingan:
1-jild. I. Karimov, «O„zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura»,
Toshkent, «O„zbekiston», 1996-yil;
2-jild. I. Karimov, «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», Toshkent, «O„zbekiston»,
1996-yil;
3-jild. I. Karimov, «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», Toshkent, «O„zbekiston»,
1996-yil;
4-jild. I. Karimov, «Bunyodkorlik yo„lidan», Toshkent, «O„zbekiston», 1996-yil;
5-jild. I. Karimov, «Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi», Toshkent,
«O„zbekiston», 1997-yil;
6-jild. I. Karimov, «Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo„lida», Toshkent,
«O„zbekiston», 1998-yil;
7-jild. I. Karimov, «Biz kelajagimizni o„z qo„limiz bilan quramiz», Toshkent,
«O„zbekiston», 1999-yil;
41
8-jild. I. Karimov «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard
maqsadimiz». Toshkent, «O„zbekiston», 2000-yil;
9-jild. I. Karimov «Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas‟ulmiz». Toshkent,
«O„zbekiston», 2001-yil;
10-jild. I.Karimov «Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak». Toshkent,
«O„zbekiston», 2002-yil;
11-jild. I.Karimov «Biz tanlagan yo„l – demokratik taraqqiyot va ma‟rifiy dunyo
bilan hamkorlik yo„li». Toshkent, «O„zbekiston», 2003-yil;
12-jild. I.Karimov «Tinchlik va xavfsizligimiz o„z kuch-qudratimizga,
hamjihatligimiz va qat‟iy irodamizga bog„liq». Toshkent, «O„zbekiston», 2004-yil;
13-jild. I.Karimov «O„zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo„lmaydi».
Toshkent, «O„zbekiston», 2005-yil;
14-jild. I.Karimov «Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat». Toshkent,
«O„zbekiston», 2006-yil;
15-jild. I.Karimov «Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish,
ma‟naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha
ishlarimizning mezoni va maqsadidir». Toshkent, «O„zbekiston», 2007-yil;
I.A.Karimov O„zbekiston Qahramoni unvoni (1994-y.), «Mustaqillik» (1996-y.).,
«Amur Temur» (1998-y.) ordenlari sohibi. I.A.Karimov xalqaro munosabatlarni
rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun bir qator xorijiy davlatlarning va nufuzli
xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. U O„zbekiston
Fanlar Akademiyasining akademigi (1994-y.), nufuzli xalqaro akademiyalarning
faxriy a‟zosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |