Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. O„zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

3-§. O„zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan 
ma‟qullanishi 
O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e‟lon qilinganidan keyingi 
tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlat, xalq o„z taqdirini o„zi belgilaydi, deb e‟lon 
qilish yetarli emas edi. O„zbekistonning davlat mustaqilligi bilan bog„liq qonunlar 
tizimini yaratish zarur edi. Ayni paytda mustaqillik g„oyasini ham faqat bir 
tomonlama – havoyi va yuzaki talqin qilib bo„lmas edi. Binobarin, erishilgan 
mustaqillikni sobitqadamlik bilan mustahkamlash, buning uchun izchil kurashish 
lozim edi.
O„zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlashda xalq tomonidan uning 
ma‟qullanishini hisobga olib, mamlakatda referendum o„tkazishga qaror qilindi. 1991-
yil 18-noyabrida Oliy Kengash VIII sessiyasi O„zbekiston Respublikasi referendumini 
o„tkazish to„g„risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda: «Siz Oliy 
Kengash tomonidan O„zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e‟lon qilinishini 
ma‟qullaysizmi?» – degan masalada referendum o„tkazishga katta tayyorgarlik 
ko„rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o„tkazish maqsadida Markaziy saylov 
komissiyasi 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalarini tuzdi. Ular joylarda 
referendum o„tkazish haqidagi Qonunning so„zsiz bajarilishini ta‟minlash borasida 
katta tashkiliy ishlarni olib bordilar. Umumxalq referendumiga 10 millionga yaqin 
kishi, yoki saylov ro„yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Referendumda 
qatnashganlarning 98,2 foizi O„zbekiston Respublikasining mustaqil davlat, deb e‟lon 
qilinishini yoqlab ovoz berdi. Shuni aytish kerakki, referendum butun respublika 
hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy 
faolligi bilan o„tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa 
mamlakatlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar. 
O„zbekistonning mustaqil respublika, deb e‟lon qilinishi faqat mamlakat xalqi 
emas, balki jahon jamoatchiligi tomonidan ham qoniqish bilan kutib olindi. Buni 
mustaqillik kunlarida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga kelgan 
tabriklardan ham bilsa bo„ladi. Jumladan, Amerika Qo„shma Shtatlarining o„sha 


34 
paytdagi Prezidenti Jorj Bush I. Karimov nomiga yuborgan telegrammada shunday 
deydi: 
«Qadrli janob Prezident. SSSR tarqatilgandan so„ng, Sizning mamlakatingizda yuz 
bergan tarixiy o„zgarishlar munosabati bilan shuni ma‟lum qilish menga qoniqish 
beradiki, Amerika Qo„shma Shtatlari Hukumati O„zbekistonni mustaqil davlat sifatida 
tan oldi». 
Shuningdek, Shvetsiya Bosh vaziri Karl Bilodt o„z telegrammasida: 
«Shvetsiya hukumati nomidan Shvetsiya hukumati O„zbekiston Respublikasini 
suveren va mustaqil davlat sifatida tan olish haqida qaror qilganligini ma‟lum 
qilishdan baxtiyorman. 
Shu munosabat bilan Shvetsiya hukumati nomidan O„zbekiston xalqiga ezgu 
ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman», – degan iliq istaklar bildiradi. 
O„zbekiston mustaqil davlat, deb e‟lon qilingan kunning o„zidayoq mustaqil davlat 
ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko„rildi. O„zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog„i to„g„risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat 
madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya 
komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog„ining variantlari ustida ishlashni 
davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo„mitalariga Konstitutsiya komissiyasi 
ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog„i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini 
ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. 
O„zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o„zining xalqaro talablar va me‟yorlar 
doirasida qiyofasini ko„rsatmog„i, buning uchun esa o„zining butun imkoniyatlarini, 
o„ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo„lmog„i lozim edi. Odatda 
ramzlar shunchaki ranglar yig„indisidan iborat bo„lgan shakllar emas, ular ayni ana 
shu davlatning va shu mamlakat fuqarolarining o„zligidan kelib chiqmog„i, qolaversa, 
davlat siyosatining mazmun-mohiyatini o„zida mujassam etmog„i kerak. 
O„zbekiston o„z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq ana shu muhim siyosiy 
hodisaga alohida e‟tibor bilan qaradi. Chunki juda qisqa fursatda o„z mustaqilligini 
qonun bilan mustahkamlab, uning jahon hamjamiyatida tan olinishini, shunday 
mamlakat borligi e‟tirof etilishining muhim yo„llaridan biri sifatida qaradi. Bir qator 
yosh mustaqil mamlakatlarda turli siyosiy qarashlar jazavaga kelib, fikrlar 
chuvalashib, «kalavaning uchi topilmay qolgan» bir paytda O„zbekiston o„zining har 
bir kuniga va olis istiqboliga qat‟iy ishonch bilan qaradi. Shuning uchun ham u, eng 
avvalo, davlat ramzlarini qabul qilib, dunyoga ko„z-ko„z etib, uni tan oldirish yo„lidan 
bordi. O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo„lib 
o„tgan VIII sessiyasi «O„zbekiston Respublikasining davlat bayrog„i to„g„risida» 
qonunni qabul qildi. 
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, O„zbekiston Respublikasining davlat bayrog„i 
mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo„lgan g„oyat qudratli saltanatlar an‟analariga 
mos keladigan ularning tug„lari ifoda etgan g„oyalarni davom ettiradigan, ulug„ 
ajdodlarimizning aqida va maslaklariga va qarashlariga mos keladigan holda millat 


35 
tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma‟naviy jihatlarini ham 
o„zida aks ettirmog„i kerak edi.
Bayroqdagi 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish