Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

To„rtinchidan:
navbatdagi o„ta muhim masala – davlat tashqi siyosati ustuvor 
yo„nalishlarini belgilab olish. 
O„zbekiston tarixan qisqa davr – 1991 – 2009-yillar ichida dunyo hamjamiyatida 
o„zining munosib o„rnini egalladi, uning faol subyektiga aylandi. 
O„zbekistonning jahondagi obro„-e‟tibori yuksalib borayotgani eng avvalo: 
– yurtimizda demokratik va bozor iqtisodiyoti islohotlarini amalga oshirish 
natijasida qo„lga kiritilayotgan ulkan ijobiy o„zgarishlarda, ularning xalqaro 
hamjamiyat tomonidan e‟tirof etilishida mujassam bo„lmoqda; 
– bu – davlatimizning jahon ahliga yaxshi ma‟lum bo„lgan, mintaqamizda 
barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarining amaliy 
samarasida o„z ifodasini topmoqda; 
– va nihoyat, bu – mamlakatimizning xalqaro siyosat maydonida olib borayotgan 
har tomonlama puxta ishlangan, chuqur o„ylangan tashqi siyosatining natijasi sifatida 
namoyon bo„lmoqda. 
O„zbekiston bugun keyingi yillar uchun mo„ljallangan tashqi siyosatning ustuvor 
yo„nalishlarini belgilashda dunyoda va mintaqamizda vujudga kelayotgan murakkab 
va ziddiyatli vaziyatni inobatga olib, hayotiy ahamiyatga ega bo„lgan milliy 
manfaatlarimiz va mamlakatimiz xavfsizligini ta‟minlash nuqtayi nazaridan 
yondashmoqda. 
 
 
 
 


61 
6-§. O„zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi. 
Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi 
a) Huquqiy davlat izlanishlari 
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri – uning asosiy Qonuni – 
Konstitutsiyasi hisoblanadi. 
Tarixiy rivojlanish ko„rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko„zlab yashaydi va 
uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi 
nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk 
yutuq – O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo„ldi. 
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini 
ta‟minlash, uning mustaqil davlat sifatida e‟tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning 
barcha yo„nalishlarini rivojlantirish yo„l-yo„riqlari to„la mujassamlangan. 
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda 
Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, 
Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarining 1920-1921-yil, shuningdek, O„zbekiston 
SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan 
respublikaning Asosiy qonunlari edi. Lekin ular mazmun-mohiyatiga ko„ra haqiqiy 
mustaqil davlatning Asosiy Qonuni emas edi. To„g„rirog„i ular avval RSFSR, 
keyinchalik SSSR Konstitutsiyalarining milliy respublikalar sharoitiga muvo-
fiqlashtirib ko„chirilgan, hayotiy kuchga ega bo„lmagan nusxasi edi. Shu nuqtayi 
nazardan ko„rsatib o„tilgan Asosiy Qonunlarni O„zbekiston davlati mustaqilligini 
huquqiy asoslovchi Konstitutsiya deb qarab bo„lmasdi. 
O„zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g„oyasi 1990-yil 20-iyunda 
«Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog„liq. Mazkur 
Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi 
muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, 
degan xulosaga kelindi. Sessiya Prezident I. A. Karimov raisligida 64 kishidan iborat 
Konstitutsiya komissiyasini tuzish to„g„risida qaror qabul qildi. Uning tarkibiga depu-
tatlar, Qoraqalpog„iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat 
tashkilotlarining, korxonalar, xo„jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, 
olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy Kengashning o„ninchi sessiyasida Komissiya 
tarkibi qisman yangilandi. 
Shuni alohida aytish kerakki, O„zbekistonda konstitutsiyaviy ahamiyatga molik 
islohotlar Konstitutsiyaviy komissiya tuzilishidan ancha avvalroq boshlangan edi. 
Ma‟lumki, 1990-yil 24-martida respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasi 
muhim tarixiy qaror qabul qilib, O„zbekiston Prezidenti lavozimini ta‟sis etgan edi. 
Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi sovetlar hukmron bo„lgan davlat boshqaruv 
shakliga barham berib, amalda davlatimizning prezidentlik respublikasi shakliga 
o„tishini anglatardi. Prezidentlik institutining kiritilishi davlat hokimiyati 


62 
vakolatlarining yangicha taqsimlanishini taqozo etar edi. Shu munosabat bilan ijroiya-
boshqaruv hokimiyatining tizimi takomillashtirildi. 
1990-yil 1-noyabrda «O„zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining 
tuzilishini takomillashtirish hamda O„zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy 
Qonuni)ga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida» qonun qabul qilindi. 
Mazkur qonunga muvofiq, Prezidentlik hokimiyati bilan Respublika Ministrlar Soveti 
qo„shilib, O„zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. 
Ijroiya hokimiyat Prezident qo„lida birlashtirildi. U ham hukumat rahbari, ham davlat 
boshlig„i vazifasini zimmasiga oldi. Navbatdagi konstitutsiyaviy islohot qadami 
viloyatlar, shaharlar va tumanlarda davlat hokimiyatining vakillik hamda ijroiya 
idoralariga rahbarlik qiluvchi hokimlar lavozimini ta‟sis etishdan iborat bo„ldi. 
Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotimizda hayotiy ehtiyoj tarzida ro„y berayotgan real 
o„zgarishlar o„z navbatida siyosiy va huquqiy tafakkurni shakllantirib bordi. 
Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ishlashni faollashtirishga vaziyat yetilgach, 
Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I.A.Karimov raisligida o„zining 
birinchi majlisiga to„plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog„liq barcha 
tashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun Konstitutsiyaviy 
komissiya a‟zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik 
ishchi guruhi tashkil etildi. Uning tarkibiga qonun chiqaruvchi idora, bir necha 
qo„mitalarning raislari, vazirliklar, sud, prokuratura idoralarining rahbarlari, 
Respublika Prezidenti devoni va Oliy Kengashning mas‟ul xodimlari kirdi. 
Shuningdek, Konstitutsiya loyihasi mo„ljallanayotgan bo„limlarini tayyorlash uchun 6 
ta kichik guruhlar tashkil etildi. Kichik guruhlar tarkibiga 50 nafar ilmiy xodim va 
mutaxassis jalb qilindi. 
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi ishchi guruh oldiga quyidagi vazifalarni qo„ydi:
– konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o„rganib chiqilsin,
– boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik 
sohasida qo„lga kiritgan yutuqlari hisobga olinsin,
– keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo„lgan siyosiy-yuridik hujjatlar 
yaratilsin.
Mazkur topshiriqqa muvofiq, AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, 
Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, 
Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalari chuqur 
o„rganildi, qiyosiy tahlil etildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligiga 
kiruvchi Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog„iston, Qirg„iziston va 
Turkmaniston respublikalarining Asosiy qonunlari hamda konstitutsiya loyihalari 
diqqat bilan ko„rib chiqildi. 
Yuqorida keltirilgan manbalarni tahlil etish asosida xorijiy davlatlar 
konstitutsiyalari mazmuni va tuzilishini tavsiflovchi kattagina hajmli qiyosiy jadval 
tayyorlandi. Ushbu tahliliy jadvalni jahon konstitutsiyashunosligi tajribasi namunalari 
umumlashmasi sifatida Respublikamiz Prezidenti o„rganib chiqdi. 


63 
Yana shuni ham aytish kerakki, o„zbek xalqi ajdodlarining davlatchilikni 
mustahkamlash yo„lidagi g„oya va fikrlari ham bo„lajak Asosiy Qonunga tayanch 
manba qilib olindi. Jumladan, Amur Temurning «Temur tuzuklari»dagi davlatni idora 
qilishga doir muhim qoidalari ham e‟tiborga olindi. 
Xususan, Amur Temur umrining oxirida farzandlariga shunday vasiyat qilgan: 
«millatning dardlariga darmon bo„lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko„ring, yo„qsullarni 
boylar zulmiga tashlamang, adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o„lsun...». Bu 
fikrlar o„sha davrda davlat yuritishning asosi bo„lib xizmat qilgan. Turonzamin 
xoqoni uchun asosiy g„oya hisoblangan adolat va ozodlik bugungi kunda ijtimoiy 
adolatni himoya qilishda asosiy mezon hisoblanmoqda. 
Shu tariqa O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini yaratish salmoqli 
nazariy, konseptual zaminga tayandi. Konstitutsiyaviy komissiya Raisining topshirig„i 
bilan 1991-yil boshlaridayoq bo„lg„usi konstitutsiyaning g„oyaviy mag„zi, ya‟ni 
konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya 
yaratildi. Respublika Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi, 
Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsepsiyasi va Prezident devoni yuridik 
bo„limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos 
uchun qabul qilindi. U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazovor g„oyalari bilan 
boyitilib, umumlashgan, puxta, yagona g„oyaviy asos shakliga keltirildi. 
Konstitutsiyaviy komissiya va uning Raisi tomonidan ma‟qullangan ana shu 
konsepsiya asosida bo„lajak Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi. 
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo„lindi. U 
muqaddima, olti bo„limga bo„lingan 158 moddadan iborat edi. Ushbu loyiha yuzaga 
kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi. 1991-yil 31-avgustda 
O„zbekiston Respublikasi o„zining davlat mustaqilligi asoslari to„g„risidagi 
konstitutsiyaviy Qonunni va O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi 
to„g„risida Oliy Kengash Bayonotini qabul qildi. Bu bilan respublika parlamenti 
mustaqil O„zbekiston Respublikasi, suveren davlat qaror topganligini butun dunyoga 
e‟lon qildi. Qonunda xalq hokimiyatchiligi, demokratik davlatchilik, inson huquqlari 
muqaddasligi, qonun ustuvorligi, hokimiyat bo„linishi, mamlakatning hududiy 
yaxlitligi kabi muhim prinsiplar mustahkamlandi. Ushbu ilg„or demokratik g„oya va 
prinsiplar Konstitutsiya loyihasi mazmuniga ham singdirildi. Shunga qaramasdan 
dastlabki loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Yanada jiddiyroq va 
talabchanlik bilan ishlash lozim edi. 
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab 
chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi 
majlisi bo„lib o„tdi. Majlisda Konstitutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar 
to„g„risidagi axborot tinglandi. Ta‟kidlanishicha, ishchi guruh O„zbekiston xalq 
deputatlari, mehnat jamoalari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda 
loyihaning beshinchi ko„rinishini tayyorladi. Unda o„zbek xalqining tarixiy, milliy va 
ma‟naviy xususiyatlarini imkon qadar to„laroq aks ettirishga harakat qilindi. Majlisda 
Konstitutsiya loyihasini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi 


64 
guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi va uning zimmasiga quyidagi vazifalar 
yuklandi: 
– huquqiy demokratik davlat barpo etish tajribasini har tomonlama umumlashtirish 
va uni Konstitutsiya loyihasida hisobga olish; 
– O„zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush tarzi, uning taraqqiyoti 
tajribasini hamda deputatlarning, turli ijtimoiy guruhlarning milliy-madaniy 
markazlarning mulohazalari va takliflarini umumlashtirish; 
– Konstitutsiyaviy komissiya a‟zolaridan tushgan takliflarni ko„rib chiqish va 
loyihaga tegishli o„zgarishlar kiritish. 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ishlovlardan so„ng 
Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-yil 26-sentabrda umumxalq 
muhokamasi uchun matbuotda e‟lon qilindi. 
Mustaqil davlatimizning har bir fuqarosi, butun xalq ommasi Konstitutsiya 
loyihasini katta qiziqish va ozod Vatan uchun cheksiz iftixor tuyg„ulari bilan kutib 
oldi. Bu o„z-o„zidan tushunarli holat. Zero, davlatimizning kelajagi, xalqimizning 
taqdiri ko„p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo„lishiga bog„liq. Aniqrog„i har 
qanday davlatning Konstitutsiyasi unda yashovchi xalqning irodasini, ruhiyatini, 
ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. 
Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi nihoyatda keng ko„lamli bo„lib, 
yuksak ijodiy ko„tarinkilik va ishchanlik kayfiyatida o„tdi. U jamiyatimizda chinakam 
demokratiya qaror topishining yorqin namoyishi bo„ldi. Loyihaning qizg„in hamda 
manfaatli muhokamasi xalqimizning o„zi Mustaqil O„zbekiston Asosiy Qonunining 
bevosita ijodkori bo„lganligini ko„rsatadi. 
Umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Shu davrda O„zbekiston Respublikasi 
davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo„ldi. Uning mazmuni shundaki, 
Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida 
(1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari asosida qayta 
tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun yana ikkinchi 
marotaba matbuotda e‟lon qilindi. Shunday qilib, huquqiy pretsendent ro„y berdi – 
umumxalq muhokamasi ikki bosqichda amalga oshirildi. Bu hol muhokama 
ishtirokchilarini siyosiy jihatdan faollashtiruvchi qudratli turtki bo„ldi. Uning maqsadi 
fuqarolarga ularning muhokamadagi jonbozligi mahsuli va samaralarini aniq 
ko„rsatishdan iborat edi. 
Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar 
bildirildi. Faqatgina Konstitusion komissiyaga mingdan ziyod xatlar tushdi. Ularda 
loyihaning ixcham, lo„nda, chuqur ma‟noli va barchaga tushunarliligiga yordam 
beruvchi mulohazalar bildirildi. Taklif va mulohazalar Konstitutsiya loyihasining 
hamma moddalariga daxldor bo„lib, matnning deyarli yarmiga tuzatishlar qilindi. 
Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va aniqliklar kiritildi. Dastlabki 
variantdan 4 ta modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi. 
Taklif va mulohazalarning aksariyati fuqarolar huquqi va burchlari, shaxs 
daxlsizligi, dinning jamiyatdagi o„rni va roli, iqtisodiy huquqlar, jumladan, mulk 


65 
huquqi, bozor munosabatlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, huquqiy tartibot va 
qonuniylikning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan moddalar, 
boblar va bo„limlarga taalluqli bo„ldi. 
Masalan, Konstitutsiya loyihasining «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari
erkinliklari va burchlari» degan bo„limi bo„yicha 1978 ta taklif va mulohazalar 
tushgan. Shulardan Shaxsiy huquqlar va erkinliklar, Siyosiy huquqlar, Iqtisodiy va 
ijtimoiy huquqlar, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari, fuqarolarning 
burchlari degan VII–XI boblaridagi 29 ta modda yuzasidan 1656 ta taklif va mulohaza 
bildirilgan. Bular ichida qizg„in muhokama va munozaraga sabab bo„lgan o„n bitta 
moddani ya‟ni insonning yashash huquqi, fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi, shaxs 
daxlsizligi, fikr, so„z va e‟tiqod erkinligi, har kimning istalgan axborotni olishi va uni 
tarqatish huquqi, din erkinligi va diniy tashkilotlarning siyosiy maqomi, fuqarolarning 
mitinglar, yig„ilishlar va namoyishlar shaklida faollik ko„rsatish huquqi, mulkdor 
bo„lish va mulkni meros qoldirish huquqi, mehnat qilish va ishsizlikdan muhofaza 
etilish huquqi, bilim olish huquqi, fuqarolarning atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona 
munosabatda bo„lish majburiyati, Vatanni himoya qilish va harbiy xizmatni o„tash 
majburiyati kabi masalalarni alohida ko„rsatib o„tish mumkin. 
Mazkur dolzarb masalalar bo„yicha tushgan takliflar soni 1050 ta bo„lib, ular 
Konstitutsiyaviy komissiya nomiga kelgan takliflarning salkam 20% ini tashkil etdi. 
Bu raqam VII–XI boblardagi moddalarga oid takliflar miqdoriga nisbatan esa 63% 
tashkil qiladi. 
Shunday qilib, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O„zbekiston 
xalqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdek, muhokama davomida to„plangan 
boy materialni har tomonlama va chuqur o„rganib, umumlashtirib, uni yaxlit davlat 
irodasi tarzida Asosiy Qonunda ifodalash imkonini berdi. Konstitutsiya xalqimizning 
siyosiy donoligi va tafakkuri mahsuli bo„ldi. 
Umumxalq muhokamasi davom etayotgan davrda ham Konstitutsiya komissiyasi 
Raisi loyihani takomillashtirishga katta e‟tibor qaratdi. Fuqarolar va mehnat 
jamoalaridan tushayotgan taklif-mulohazalar jamlanib, Rais e‟tiboriga havola etib 
turildi. Mamlakat Prezidenti Konstitutsiya loyihasi ustida ishlar ekan, uning ortida 
millionlab fuqarolarning taqdiri turganligini qayta-qayta ta‟kidladi.
Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqasida keltiramiz: 
Loyihaning 1-moddasida «O„zbekiston – demokratik respublika» deb yozilgan edi. 
Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» so„zini qo„shib qo„ygan. Natijada bu 
modda «O„zbekiston – suveren demokratik respublika» tarzida bo„ldi. Ma‟lumki, 
suverenitet – har qanday davlatning muhim belgisidir. Konstitutsiyada bu jihatga 
urg„u berilishi O„zbekiston uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki, O„zbekiston endi 
ilgarigidek ittifoq davlatining tarkibida emas. Ikkinchi tarafdan, uning Mustaqil 
Davlatlar Hamdo„stligiga qo„shilganligi mustaqillikni va davlat suverenitetini 
yo„qotdi, degan ma‟noni anglatmaydi. Bu MDH shakllanayotgan va uning atrofida 
turli qarama-qarshi mulohazalar bildirilayotgan bir paytda katta siyosiy ahamiyatga 
ega edi. 


66 
Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha edi: «O„zbekiston 
Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... vakolat bergan idoralar 
tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritdi. Ya‟ni, 
respublikada davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko„zlab... amalga oshiriladi. Bu 
bilan Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir» (7-m., 1-
qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi o„rtasidagi mantiqiy bog„liqlik 
kuchaydi. 
Loyihaning 17-moddasi, 2-qismida quyidagi me‟yor mustahkamlangan edi: 
«respublika o„zining suveren huquqlarini boshqa davlatlar bilan birgalikda amalga 
oshirishi sharti asosida umumiy farovonlik va xavfsizlikni ta‟minlash maqsadida 
hamdo„stlik va boshqa davlatlararo birikmalarga kirishi, ittifoqlar tuzishi hamda 
ittifoqlardan, hamdo„stlik va boshqa davlatlararo birikmalardan chiqishi mumkin». 
Prezident matndan «o„zining suveren huquqlarni boshqa davlatlar bilan birgalikda 
amalga oshirishi» so„zlarini chiqarib tashladi va loyihaning quyidagi tahririni bayon 
qildi: «Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini 
ta‟minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo„stliklarga va boshqa davlatlararo 
tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin». 
Inson huquqlari, erkinliklari va burchlarini mustahkamlovchi qoidalar alohida 
diqqat-e‟tiborga molik bo„ldi. Bu masala dastavval loyihada quyidagicha edi: 
«O„zbekiston Respublikasi fuqarosi tabiiy, ajralmas, buzilmas huquq va erkinliklarga 
ega. Ular daxlsiz va hech kim sudsiz ulardan mahrum etishga va ularni cheklashga 
haqli emas» (19-modda). Bir qarashda hammasi xalqaro huquq mezonlariga 
muvofiqdek ko„rinadi. Ammo Konstitutsiyaviy komissiya Raisi bu moddani chiqarib 
tashlab, uni 20-moddaning ikkinchi jumlasi oxiriga qo„shishni taklif etdi. Natijada 
modda quyidagi ko„rinishga ega bo„ldi: «...Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda 
mustahkamlab qo„yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz 
mahrum etishga yoki ularni cheklab qo„yishga hech kim haqli emas». 
Kiritilgan tuzatish – ijodiy tafakkur va donishmandlik mahsulidir. Uning to„g„riligi 
loyihadagi 19-modda mazmunini qo„shimcha tahlil etganda ayon bo„ladi. Ilgarigi 
ma‟noga ko„ra: shaxsning barcha tabiiy huquq va erkinliklari daxlsiz deb tanilib, ular 
sud muhofazasiga da‟vogarlik qilar edi. Mazkur normaning yuridik jihatdan noaniq va 
bo„shligi ko„rinib turibdi. Aks holda inson va fuqaroning barcha tabiiy huquqlari to„la 
ro„yxatini qanday aniqlash mumkin? Bu noaniqlik sharoitida hamma huquq va 
erkinliklar sud himoyasi bilan ta‟minlanishi aqlga sig„adimi? Albatta, yo„q. 
Konstitutsiya loyihasidagi «fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga 
oshirishlari ularning o„z majburiyatlarini bajarishlaridan ajralmasdir» – degan 
so„zlarni Prezident quyidagi aniq ifodalar bilan almashtirdi: «Barcha fuqarolar 
Konstitutsiyada belgilab qo„yilgan burchlarini bajaradilar» (Konstitutsiyaning 47-
moddasi). Endi bu me‟yor huquqiy jihatdan sodda, tushunarli, lo„nda va aniq 
ko„rinishga ega bo„ldi. 
Konstitutsiyaviy komissiya Raisining tashabbusi bilan loyihaga shaxsning 
daxlsizligi, aybsizlik prezumpsiyasi, onalik va bolalikning davlat tomonidan 


67 
muhofaza qilinishi to„g„risidagi moddalar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiyaning 
1992-yil 7-dekabrda bo„lib o„tgan majlisida Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-
qizlar bilan erkaklar teng huquqli ekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy 
yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi haqidagi moddalar bilan to„ldirishni 
taklif etdi. Mazkur majlis ishtirokchilaridan biri prezidentlik boshqaruvi shaklini 
mustahkamlashni, «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» degan bo„limni 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti to„g„risidagi bob bilan boshlashni taklif qildi. 
Konstitutsiyaviy komissiya Raisi bunga e‟tiroz bildirib: «Avallo Parlament haqidagi, 
so„ngra Prezident haqidagi bob bayon etiladi. Konstitutsiyamizda birinchi navbatda 
xalq demokratiyasi ustuvorlik qilishi lozim», dedi. 
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI 
sessiyasi bo„ldi. Unda «O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish 
haqida»gi masala ko„rildi. Bu xususda Konstitutsiya komissiyasi Raisi, Prezident 
I.A.Karimov ma‟ruza qildi. Ushbu ma‟ruzada sessiya muhokamasiga havola qilingan 
O„zbekistonning asosiy Qonuni respublikada avvalgi yillarda qabul qilgan 
qonunlardan farqli o„laroq, demokratik yo„l bilan tayyorlangan bo„lib, unda yillar 
davomida sinovdan o„tgan umuminsoniy qadriyatlar o„z aksini topganligi, u ko„plab 
taraqqiy etgan mamlakatlarning tajribalarini o„ziga singdirganligi alohida uqtirildi. 
Shuning uchun ham mazkur Konstitutsiya har qanday yetakchi mamlakatning 
Konstitutsiyasi bilan bahslasha olishi mumkin», – deb ta‟kidlandi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o„zgarish, qo„shimcha va aniqliklar 
kiritdilar. Jumladan, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo„jalik sudlarining vakolat 
muddati o„n yildan besh yilgacha tushirildi. Oliy Kengash 84-moddani quyidagi yangi 
qism bilan to„ldirdi: «Oliy Majlis Raisi va uning o„rinbosarlari O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga har yili hisobot berib turadilar». 78-moddaning 8-bandiga 
esa yangi jumla qo„shildi: «Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O„zbekiston 
Respublikasining budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va 
boshqa majburiy to„lovlarni joriy qilish» va hokazo. 
Albatta, deputatlar takliflarining rad etilganlari, loyihaga qo„shilmaganlari ham 
bo„ldi. Masalan, deputat V.A.Kozlov Oliy Majlis ikki palatadan iborat bo„lishini 
taklif etdi. Biroq, bu taklif qabul qilinmadi, tajribada sinalgan bir palatalik tizim 
saqlab qolindi. 
Sababi, O„zbekistonda hali ikki palatali parlamenti sharoit, tajriba va ko„nikma 
yetarli emas edi. Shuningdek, mamlakatda xalqlar o„rtasida barqarorlik, millatlararo 
munosabatlar, milliy totuvlik yo„lga qo„yilgani bilan ajralib turadi. Gap ko„p 
pog„onali parlament tuzishda emas, balki davlatning dono, puxta o„ylangan milliy 
siyosatida, asrash va rivojlantirish zarur bo„lgan xalq an‟analarida edi. Shuning uchun 
O„zbekistonda tuzilajak parlament bir palatali, deb lozim topildi. 
Viloyatlarda, shaharlar va tumanlarda hokimlar va sudyalarni tayinlash emas, balki 
saylash to„g„risida ham takliflar tushdi. Sudyalarni va mahalliy hokimiyat organlarini 
saylash haqidagi qonun uzoq vaqt ishlab keldi, ammo bu amalda hech narsa bermadi. 
Konstitutsiya komissiyasi boshqa mamlakatlar tajribasiga suyangan holda o„zga 


68 
yo„lni tanladi. Mansabdor shaxslarning shaxsiy mas‟uliyatini oshirish maqsadida 
ularni tayinlashga va ulardan zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishni talab 
qilishga qodir bo„lgan tayinlash tamoyilini maqbul ko„rdi. 
Sog„lom, oqilona fikrlar aytilgan ko„plab boshqa takliflar ham tushdi. Biroq, 
konstitutsiya xarakteridagi hujjatni qabul qilishda ularning barchasini inobatga olish 
mumkin emas edi. Shu bois ba‟zi takliflar Oliy Kengashning komitetlari va 
komissiyalariga o„rganib chiqish va tegishli qonun hujjatlarini ishlab chiqishda 
foydalanish uchun yuborildi. Xullas, ikki yil tayyorgarlik va ikki yarim oy umumxalq 
muhokamasidan so„ng Konstitutsiya loyihasi sessiya tasdig„iga havola qilindi. 
Ba‟zi deputatlar loyihaning 58-moddasida kasaba uyushmalariga a‟zolik majburiy 
ravishda bo„lishi haqidagi qoida mustahkamlansin, degan takliflarni ilgari surdilar. 
Ushbu fikr ham qo„llab-quvvatlanmadi. Chunki bu jamoat birlashmalarining 
ixtiyoriylik asosida tuzilishi prinsipiga zid edi. 
Deputat M.Yusupov 118-moddaning 3-qismida «viloyat, shahar va tuman 
prokurorlari tegishli ma‟muriy-hududiy birlikning hokimi bilan kelishilgan holda 
tayinlanadilar», degan qoida yozilishini taklif etdi. Bu taklifga Oliy Kengash 
deputatlarining ko„pchiligi qo„shilmadi. Sababi amaldagi qonunchilik va tajribaga 
muvofiq, prokuratura organlari yakkahokimlik tamoyili asosida tuziladi va faoliyat 
yuritadi. Shu bois barcha bo„g„indagi prokurorlar Respublika Bosh Prokurori 
tomonidan lavozimga tayinlanadilar. Bundan tashqari, prokuratura organlari xuddi 
sudlar singari mahalliy hokimiyat organlari ta‟siri ostida bo„lishi mumkin emas. Boz 
ustiga prokuratura tegishli hududdagi hokimlar faoliyatining qonuniyligi ustidan 
nazoratni amalga oshiradi. 
Deputatlarning bir qator taklif va mulohazalari Konstitutsiya loyihasining tahririni, 
uslubiy ravonligini barkamollashtirishga ko„mak berdi. 
Shunday qilib, suveren demokratik O„zbekiston Respublikasining birinchi 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Asosiy Qomusimiz davlat mustaqilligimizning mevasi, 
samarador mahsuli sifatida dunyoga keldi va hurligimiz, ozod-erkinligimiz qalqoni 
sifatida yashamoqda. Konstitutsiya kelajagi buyuk O„zbekistonning qad rostlashi 
uchun, adolatli huquqiy davlat barpo etish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo„lib 
xizmat qilmoqda. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyaviy komissiyaning Raisi 
I.A.Karimov Oliy Kengashning o„n birinchi sessiyasida Konstitutsiya loyihasi 
yuzasidan so„zlagan nutqida shunday deb ta‟kidladi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish