78
mohiyatini o„rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba va o„quvchi
yoshlarda mustahkam bilimlarni shakllantirish talablari qo„yildi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta‟lim tizimida, maktabgacha ta‟lim muassasalaridan to
oliy ta‟limning yuqori bosqichi – magistraturagacha, yoshlarning huquqiy bilimlarini
oshirishning yaxlit va izchil tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimga fan sohasidagi
doktoranturagacha bo„lgan bosqich ham kiradi.
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytning
o„zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham ekanini belgilaydigan normalarning
o„zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo„ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga
muvofiq O„zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo„lib, davlat hokimiyati
organlarining o„zaro uyg„un va hamjihat faoliyat yuritishini ta‟minlaydi.
«Davlat boshqaruvini yangilash
va yanada demokratlashtirish, mamlakatni
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to„g„risida»gi
konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o„ynadi.
Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini
oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayonlarida xohish-irodasi va fikrni ifodalash,
markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta‟sir
o„tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur vazifani hal
etish maqsadida parlamentdagi ko„pchilik parlamentdagi muxolafat maqomini
qonuniy tarzda belgilash, siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik
palatasi Spikerining o„rinbosari etib saylash bo„yicha tashkiliy-huquqiy choralar
ko„rildi.
Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalarning mamlakat
parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati
organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini
tubdan kuchaytirdi.
Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo„yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari
bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishining qat‟iy
belgilangan tartib va mexanizmining joriy etilgani davlat qurilishi sohasida
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo„lidagi muhim qadam bo„ldi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi
fraksiyalariga Bosh vazirni iste‟foga
chiqarish, mahalliy kengashlardagi partiya
guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste‟foga chiqarish to„g„risida tashabbus bilan
chiqish huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning
barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o„rni va ta‟siri ortib bora-
yotganidan dalolat beradi.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini,
avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish,
budjet tashkilotlarini,
kommunal xo„jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan
ta‟minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo„yicha vakolatlarini mahalliy
79
hokimiyat, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-
bosqich o„tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: