Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Beshinchidan,
O„zbekiston hukumatining islohchilik siyosati bevosita xalq 
dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an‟analari bilan 
uyg„un holda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan 
sajdagoh kabi muqaddasdir», «Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun 
qilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko„ra kuchli, aqlli, dono va, albatta, baxtli 
bo„lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan 
uyg„un holda dunyoga keldi. Bugungi kunda O„zbekistonning tom ma‟noda ma‟naviy 
tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar 
asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg„unligi natijasidir. 
O„zbekiston umumplanetar o„zgarishlar jarayonlari oqimida o„zining betakror 
ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy yangilanishlari dasturiga ega bo„lgan mamlakat sifatida 
o„ziga xos va o„ziga mos mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat 
taraqqiyotiga kuchli ta‟sir o„tkazishga qodir bo„lgan davlat sifatida o„zining keng 
imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. 
O„zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko„lamdagi ishlar hozirgi 
zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. 
O„zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo„ljallar doirasida izchil va tadrijiy 
kechayotgan yalpi o„zgarishlarni o„z vaqtida o„rganish, amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarni 
baholash, 
tahlil 
etish, 
hamda 
ilmiy-nazariy 
umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni maqsadli boshqarish O„zbekistondagi 
yangilanishlar rivoji o„ziga xos kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma‟naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy 
tamoyillar uyg„unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy pluralizmga shart-sharoitlar 



yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da‟vat etish orqali 
mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayonlari boshlanishiga nazariy poydevor 
qo„yildi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma‟naviyati dunyosini tubdan isloh 
qilish yangilangan davlat, o„zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini 
berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli 
boshqarish nechog„li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga 
bugungi kunda amin bo„lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab 
kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta‟sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga 
keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi. 
Ma‟lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa, o„tish 
davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining o„rni yana ham yaqqolroq ko„zga 
tashlanadi. Chunki, bu paytda ma‟lum bir siyosiy tartibot ham, siyosiy qatlam ham, 
jamiyatni yo„naltiradigan oqim ham shakllanmagan, qarashlar bir o„zanga tushmagan, 
turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo„lgan murakkab bir vaziyat vujudga 
keladi. Bunday paytda xalq o„z kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi. 
O„zining iymon-e‟tiqodini, taqdirini u bilan bog„laydi. 
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o„tgan davrida 
mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko„lamli ishlar bevosita davlat rahbarining 
shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondashish usuli bilan bog„lanib 
ketgan. Davlat arbobining siyosiy qiyofasi o„tish davrining noyob mahsuli sifatida 
tarix sahifalarida bosh islohotchi qiyofasida mustahkam o„rnashgan bo„ladi.
Demak, mustaqillik davri tarixini o„rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat 
Prezidenti I.A.Karimov faoliyati bilan uzviy bog„langanligini yaqqol ko„ramiz va uni 
sahifalarga aynan ko„chirishga intildik. Zotan, ana shu yillarda 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish