SIRDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING BUYRUG‘I “Xalq ta’limi tizimida axborot siyosati va ochiqlikni ta’minlash, sohaga oid axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamdaxalq ta’limi bo‘limlari, boshqarma tasarrufidagi tashkilotlarini va muassasalarining rasmiyveb-saytlarini belgilangan talablar asosida yuritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 289-iyundagi 01-04/233-sonli topshirig‘iijrosi yuzasidan, Xalq ta’limi tizimida axborot siyosati va ochiqlikni ta’minlash, sohaga oid axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamdaxalq ta’limi bo‘limlari, boshqarma tasarrufidagi tashkilotlarini va muassasalarining rasmiyveb-saytlarini belgilangan talablar asosida yuritish maqsadida buyuraman: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 289-iyundagi 01-04/233-sonli topshirig‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlar va ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar 1-ilovaga muvofiq, xalq ta’limi tizimida ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Matbuot kotibi (X.Tilavov), Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi(D.Mavlyanov): bir oy muddatda boshqarmaning rasmiy veb-saytini (sirdaryoxtb.uz) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablar”ga ko‘ra muvofiqlashtirish rasmiy veb-saytning doimiy ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Matbuot kotibi (X.Tilavov) muntazam ravishda rasmiy veb-saytdagi yangiliklar hamda belgilangan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni yangilab borsin.
Barcha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va boshqarma tasarrufidagi muassasalarga: bir oy muddatda rahbarlik qilayotgan tashkilotning rasmiy veb-saytini 1-ilovadagi talablar asosida ishlab chiqsin. Bunda, rasmiy veb-saytda axborot xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratsin;
muntazam ravishda veb-saytdagi yangiliklarni joylashtirsin hamda belgilangan ijtimoiy ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlarni o‘z muddatida yangilab borsin;
har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar veb-saytlarning manzili va ishlashi to‘g‘risidagi ma’lumotni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limiga taqdim etsin.
Rasmiy veb-saytlarga ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, uning axborot xavfsizligini ta’minlashga tashkilotning birinchi rahbari shaxsan mas’ul etib belgilansin.
Boshqarma boshlig‘i O.Donabayev
Guliston sh.,
2021-yil __ - sentabr
__ - son
K I R I T I L D I AKT bo‘limi boshlig‘i
_______ D.Mavlyanov
K E L I SH I L D I Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
_____________ J.Rasulov