Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


Mavzuga doir eng muhim materiallar



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

Mavzuga doir eng muhim materiallar 
Prezident I.Karimov nutqlari 
 
Ehtirom 
Aziz vatandoshlar! 
Muhtaram mehmonlar! 
Bugun biz o„zbek xalqi hayotida unutilmas tarixiy bir voqeaning guvohi va 
ishtirokchisi bo„lib turibmiz. 
Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda buyuk bir davlatga asos solgan, olamni 
tebratgan, nomi yetti iqlimda mashhur bo„lgan ulug„ bobokalonimiz Amir Temur 
haykalini ochish marosimiga yig„ildik. 
Bugun Sharqda tengi yo„q sarkarda mustaqillik, istiqlol sharofati bilan o„z vataniga 
qaytdi. 
Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o„z 
vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini munosib o„ringa qo„yish imkonidan 
mahrum edi. 
Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo„yoq bilan o„chirildi, unutishga 
mahkum etildi. Maqsad, xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g„urur tuyg„usini 
yo„qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko„ndirish edi. Lekin o„zbek xalqi o„z 
ajdodlarini, o„z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to„rida saqladi. 


443 
Muhammad Tarag„ay Bahodir o„g„li Amir Temur yoshlik chog„idan mard, 
dovyurak, g„ururli, o„tkir zehn va aql-u idrok egasi bo„lib o„sdi. Turli dunyoviy 
ilmlarni, harbiy san‟atni egalladi. Qur‟oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o„rgandi. 
Iymon-e‟tiqodli, halol-pok bo„lib yetishdi. 
U yoshligidan boshlab o„z oldiga ona yurtini mo„g„ul bosqinchilaridan ozod qilish 
maqsadini qo„ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini 
qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko„tarib, dunyoga mashhur 
qildi. 
Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san‟ati ko„p asrlar davomida Sharq-u g„arb 
davlatlariga o„rnak va andoza bo„ldi. Uning zamonida madaniyat, ilm-u fan, 
me‟morchilik, tasviriy san‟at, musiqa, she‟riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning 
ko„p an‟analari takomilga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din ahllariga 
ko„rgazgan cheksiz mehr-muruvvati, ayniqsa, ibratlidir. 
Ko„hna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va el-ulus manfaati bobida 
chekkan mislsiz zahmat hamda ko„rsatgan shijoatlariga guvohlik beradi. 
Insof-iymon tuyg„usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil 
etadi. Olamning qariyb yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-qudrat zo„rlik, zo„ravonlikda 
emas, aksincha, adolatda ekanini teran angladi. 
Bugun bunyod etilgan ulug„ bobokalonimiz haykalida teran ramz bor – go„yoki 
jahongir tulporining jilovini tortib turibdi, qilichsiz qo„lini oldinga cho„zib jahon 
xalqlariga omonlik sog„inmoqda, «Kuch-adolatdadir!» demoqda. 
Donishmand ajdodimizning mazkur so„zlarini mana shu muhtasham yodgorlik 
poyiga zarhal harflar bilan bitar ekanmiz, zamonlar tajribasidan o„tgan bu bebaho 
hikmatning qalblarimizda doimo aks-sado berib turishini orzu qilamiz. 
Aziz yurtdoshlarim! 
Bugun – o„zbek xalqi tarixida ulug„ kun. O„zbekiston mustaqilligiga, muborak 
istiqlolimizga ikki yil to„ldi. 
Hammangizni – keksa-yu yoshni, butun O„zbekiston ahlini shu buyuk sana bilan 
chin qalbdan, har biringizni alohida bag„rimga bosib qutlamoqqa ijozat bergaysiz! 
Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Shuning uchun ham ozodlikni sog„inib, 
ozodlik yo„lida kurashib o„tgan ajdodlarimizni duolar bilan eslashimiz ham qarz, ham 
farzdir. Ajdodlarimizning pok ruhlari shod bo„lsin, ularning orzulariga munosib va 
sadoqatli bo„laylik. 
Istiqlol muborak, aziz vatandoshlar! Ozodligimiz abadiy bo„lsin! 
Muhtaram do„stlar! 
Ikki yillik istiqlol davrida jonajon diyorimizda bo„layotgan o„zgarishlar xalqimizga 
ishonch va umid bag„ishlamoqda. 
Buyuk ayyom arafasida Temur bobomiz haykalining ochilishi o„ziga xos ramziy 
bir ma‟noga egadir. 
Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash, uni himoya qilish, yurtimiz sha‟ni-
shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va diyonat hukmron bo„lgan erkin jamiyat


444 
mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik 
burchimizdir. 
Biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish barchamizdan mustahkam iroda, 
iymon-e‟tiqod, milliy g„urur tuyg„usi, buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan ma‟naviy 
bisotga ega bo„lishni talab qiladi. Bilaklarimizda kuch, qalblarimizda kelajakka 
ishonch bo„lmog„i shartdir. 
Mamlakatimizning markazida, qadimiy va go„zal poytaxtimiz – jonajon 
Toshkentimiz o„rtasida qad ko„targan ulug„ bobomiz siymosi xalqimizga faxr va 
g„urur baxsh etmog„i muqarrar! 
Bu siymo mard, tanti, halol va g„ayratli xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, 
iymon-oqibatli bo„lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-
quvvat va shijoat bag„ishlaydi. 
Barchamizga shu yo„lda Alloh madadkor bo„lgay! 
Toshkent shahrida sohibqiron
Amir Temur haykalining 
ochilishiga bag‘ishlangan
tantanada so‘zlangan nutq, 
1993-yil 31-avgust

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish