Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


istiqlolni hamma narsadan muqaddas biladigan sog„lom avlodni tarbiya etuvchi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

istiqlolni hamma narsadan muqaddas biladigan sog„lom avlodni tarbiya etuvchi 
maskanga aylanadi»
, – dedi. 
Yuqoridagi misollar istiqlol yillarida madaniyat muassasalari moddiy bazasini 
mustahkamlashga respublika rahbariyati katta e‟tibor berganligini ko„rsatib turibdi. 
O„zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishgach o„zbek teatrlari va 
san‟atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun yanada keng yo„l ochildi. Navoiy 
nomidagi katta opera va balet teatri, A.Hidoyatov nomidagi drama teatri, «Ilhom» 
teatr studiyasi, Rus yosh tomoshabinlar teatri shu jihatdan ibratli ishlar qildilar. 
Navoiy nomidagi teatr balet truppasining Malayziya va Tailandga, A.Hidoyatov 
nomidagi teatrining Angliya, Shotlandiya va Germaniyaga, Rus bolalar teatrining 
Qohiraga safarlari shular jumlasidandir. 
Shu yillarda o„zbek teatrlari sahnasida yangi zamonaviy mavzudagi asarlar 
namoyish etila boshlandi. Jumladan, 1992-yilning o„zidagina Abror Hidoyatov 
nomidagi o„zbek davlat drama teatri ijodiy jamoasi mashhur italyan komediyanavisi
Karlo Gashinning «Malikai Turandot» spektaklini, Muqimiy nomidagi o„zbek davlat 
musiqali teatri jamoasi esa «Shum bolaning sarguzashtlari» va komediya janrida 
yaratilgan «Mening oppoq kabutarlarim» spektakllarini, shuningdek, Yunus Rajabiy 
nomidagi Jizzax musiqali drama teatri A.Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni 
asosida yaratilgan asarlarni sahnaga qo„ydilar. Bu spektakllar tomoshabinlar 
tomonidan yuqori baholandi. 
Uzoq yillardan buyon taqiqlab kelingan Amir Temur mavzusida Qashqadaryo 
viloyat musiqali drama va komediya teatridan so„ng respublikamizda ikkinchi bo„lib, 
Hamza nomidagi o„zbek Davlat akademik drama teatrida jahongir hayoti haqidagi 
drama sahnaga qo„yildi.


435 
Milliy istiqlolning ikki yilligi arafasida poytaxtimizning qator teatrlarida yangi 
sahna asarlarining ko„riklari bo„lib o„tdi. A.Hidoyatov nomidagi o„zbek Davlat
drama teatrida jahon badiiy xazinasining o„lmas durdonalaridan biri Abdulqosim 
Firdavsiyning «Shohnoma» asarining 1000 yilligiga bag„ishlab mazkur asar asosida 
«Faridun» nomli ikki qismli fojia sahnalashtirildi. Shuningdek, Abdulhamid Cho„lpon 
qalamiga mansub, badiiy jihatdan yaxshilik, chin muhabbat, insof-diyonat ulug„lanib, 
fisq-u fasod hamda tajovuzkorlik keskin qoralangan «Yorqinoy» pyesasi ham yana 
sahna yuzini ko„rdi. A.Majidiy nomidagi Kattaqo„rg„on shahar drama teatrining ijodiy 
jamoasi mazkur tomoshani o„z muhlislariga taqdim etadilar. 1993-yilning avgust 
oyida Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatri jamoasi 
dramaturg Erkin Samandarning «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasini ham 
sahnaga qo„ydi. 
Markaziy Osiyo xalqlari teatrlarining o„zaro ijodiy hamkorligi yo„lga qo„yildi. 
Mazkur soha jamoalarining, 1992-yilning 26-martidan to 4 aprelgacha «Navro„z-92» 
xalqaro anjumani o„tkazildi. 
Anjumanda Tojikistonning «Axorun» teatri «Yo„qolgan Yusuf xonadonga 
qaytadi», Turkmaniston Davlat yoshlar tajriba teatri «Dali Dumbul», Lohutiy 
nomidagi Tojikiston Akademik drama teatri «Asrga tatigulik kun», A.Hidoyatov 
nomidagi o„zbek Davlat drama teatri «Iskandar», Qirg„iziston Akademik drama teatri 
«Aykul manas» («Ajoyib manas»), Y.Shakarjonov nomidagi Farg„ona viloyat 
musiqali drama va komediya teatri «Toshkentga sayohat» tanlov spektakllarini 
namoyish etdilar. 
4-aprel kuni «Navro„z-92» xalqaro teatr bayramining g„oliblari e‟lon qilindi. Oliy 
mukofot (Gran-Pri) – Turkmaniston Davlat yoshlar teatrining «Dalli Dumbul» 
spektakliga, Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining maxsus mukofoti – 
Y.Shakarjonov nomidagi Farg„ona viloyat musiqali drama va komediya teatrining 
«Toshkentga sayohat» komediyasiga berildi. 
Yuksak rejissyorlik mahorati uchun «Asrga tatigulik kun» spektakli rejissyori 
Ozarbayjon Mambetov (Qozog„iston), milliy qadriyatlarni tiklash yo„lidagi katta 
xizmatlari uchun – Qirg„izistonlik san‟atkorlarning «Buyuk qalbi manas» spektakliga, 
rejissuradagi yangi uslub va shakl izlanishlari uchun Abror Hidoyatov nomidagi 
o„zbek davlat drama teatrining «Iskandar» spektakli rejissyori Bahodir Yo„ldoshevga 
Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasining maxsus mukofoti berildi. 
1993-yil iyul-avgust oylarida O„zbekiston mustaqilligining ikki yilligiga 
bag„ishlab Navoiy viloyatida tumanlararo do„stlik festivallari bo„lib o„tdi. 
Bu bayram festivallarida xalqlarimiz o„rtasidagi do„stlik, mehr-oqibat, milliy 
an‟analar va qadriyatlarimizga hurmat tarannum etildi. 
Bizda bayramlar ma‟lum sanalar atrofida, sanalarni nishonlashdan iborat 
bo„libgina qolmaydi. U ayni tafakkur tarzimizni o„zgartiradigan, mustaqillik va 
Vatanga bo„lgan tuyg„ularimizni jonlantiradigan qudratli omilga aylandi. Biz ayni ana 
shu bayramlar va yubileylar orqali, 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish