Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


birinchidan , kelajakka bo„lgan munosabatimizni,  taraqqiyot yo„limizni belgilab olamiz.  Ikkinchidan



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

birinchidan
, kelajakka bo„lgan munosabatimizni, 
taraqqiyot yo„limizni belgilab olamiz. 
Ikkinchidan
, ayni ana shu bayramlarga 


436 
tayyorgarlik jarayonlaridan milliy san‟atimiz va madaniyatimiz yangi qiyofa kasb 
etmoqda. Jumladan, turli bir-biriga o„xshamagan, alohida-alohida qo„shiqlar va 
tomoshalardan tashkil topgan yaxlit kompozitsion asar dunyoga kelmoqda. Endi biz 
har bir bayram tantanalarini yaxlit, izchil, to„kis asar sifatida qabul qiladigan bo„ldik. 
Uchinchidan
, milliy musiqa, qo„shiqchilik va xoreografiya yaxlitlashgan yangi janr 
paydo bo„ldi. 
1997-yilning oktabr oyida esa Toshkentda 
«Teatr: Sharq va G„arb»
xalqaro 
festivali o„tkazildi. Festivalda dunyoning ko„pgina mamlakatlaridan kelgan teatr 
san‟atkorlari bilan birga Markaziy Osiyo davlatlari hamda respublika teatrlari ham o„z 
asarlarini mahorat bilan namoyish etdilar. Ushbu festivalda Gonkong shahrining 
«Rezolyu» teatri jamoasining «Osmono„par binodagi ikki odobli xizmatkor» 
spektakli, Germaniyaning Dortmund opera va balet teatri jamoasining «Donnitorn 
xonimning esdan og„ishi» operasi, Turkmaniston Respublikasi A.Qulahmedov 
nomidagi teatr jamoasining «Payg„ambarlar nolasi» kabi spektakllari tomoshabinlar 
olqishiga sazovor bo„ldi. 
Ayni paytda o„zbek milliy teatr san‟ati rivojlanishi va takomillashishi jarayonini 
boshdan kechirmoqda. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining «O„zbekiston teatr 
san‟atini rivojlantirish to„g„risida»gi (1998-yil 26-mart) Farmoniga muvofiq 
O„zbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san‟ati an‟analarini o„rganish, 
boyitish va targ„ib qilish, teatr san‟atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik 
negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma‟naviy-
ma‟rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta‟minlash, milliy va 
umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari 
yaratish, maxsus ta‟lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori 
malakali kadrlarga bo„lgan ehtiyojni to„laroq qondirish maqsadida «O„zbekteatr» 
ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida esa Teatr ijodkorlari uyushmasi 
tashkil etildi.
Tabiatan nozikta‟b, san‟atsevar va san‟at ahliga talabchan o„zbek xalqining 
musiqasi keng ko„lamli ma‟naviyat ko„zgusidir. Asrlar osha avloddan-avlodga ustoz-
shogirdlik tizimi yo„li bilan rivojlanib kelganligi tufayli musiqa merosi qatlamlari – 
mehnat va marosim kuy, qo„shiqlaridan tortib murakkab doston, ashula, katta ashula 
va maqom yo„llari davrma-davr saralanib kelgan. Shu bois, hozirgi davrgacha yetib 
kelgan deyarli barcha asarlar shaklan va mazmunan katta-kichikligiga qaramay badiiy 
mukammalligi bilan ajralib turadi. 
Teatr san‟ati sohasidagi ijodiy jarayon ayni yangilanayotgan hayotimizning 
ehtiyojlariga to„la mos keladi. «Chimildiq», «Piri koinot», «Sohibqiron», «Kunduzsiz 
kechalar» pyesalari, O„zbekiston yoshlar teatrida Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» 
asari asosida qo„yilgan sahna asari bugungi teatr san‟atimizning yutug„i, desa bo„ladi. 
Mustaqillik yillarida musiqa san‟atida tub burilish, asliga qaytish, an‟anaviy 
ohanglar ravnaqi davri bo„ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el 
orasida yurish, eng noyob xalq iste‟dodlarini izlab topish zarur edi. Ana shuning 
uchun 1992-yilda O„zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, xalq ijodi va 


437 
madaniy-ma‟rifiy ishlar jumhuriyat markazi musiqa san‟ati sohalari bo„yicha bir 
qancha ko„rik-tanlovlar o„tkazdi. Jumladan, shu yili mart oyida Toshkent shahrida 
tanbur, sato, qo„shnay, surnay va boshqa milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh 
navolar», deb nomlangan jumhuriyat ko„rik-tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida 
havaskor qo„g„irchoq teatrlari jamoalarining ko„rik-tanlovi, shuningdek, aprel oyida 
mashhur sana‟tkorlar Jo„raxon Sultonov, Saidjon Kalonov, Komiljon Jabborov, 
Nabijon Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Sodiqov va Janaq Shomurotovlar 
asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar», deb nomlangan ko„rik tanlovlari o„tkazildi. 
Shuningdek, Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, Askiya, qiziqchi va 
masxarabozlarning iyun oyida Qo„qon shahrida o„tkazilgan IX-an‟anaviy va lapar, 
yalla ijrochilarining avgust oyida Toshkent shahrida o„tkazilgan 11 an‟anaviy ko„rik 
tanlovi milliy san‟atimiz rivojiga katta hissa bo„lib qo„shildi. Shu bilan birga bir 
necha o„nlab iste‟dodlarning paydo bo„lishiga zamin yaratdi. 
O„zbek xalq cholg„ulari va bayan sozanda-ijrochilarining «Asrlarga tengdosh 
navolar», deb nomlangan navbatdagi oltinchi jumhuriyat ko„rik tanlovi ilgarigilaridan 
farqli o„laroq uch bosqichda o„tkaziladi. Uchinchi bosqichda tanlov g„oliblari 
«Bahor» konsert zalida To„xtasin Jalilov nomidagi O„zbekiston Davlat akademik xalq 
cholg„ulari orkestri hamda O„zbekiston televideniye va radioeshittirish Davlat 
kompaniyasi qoshidagi Doni Zokirov nomidagi O„zbek xalq cholg„ulari orkestri 
jo„rligida maxsus tanlov dasturini ijro etadilar. Tanlovda barcha viloyatlardan 46 
nafar ijrochilar ishtirok etishdi. 
1992-yil 2-mart kuni Toshkent shahrida Hamza nomidagi O„zbek Davlat akademik 
drama teatrida xalq artisti, Davlat mukofotlarining sohibi, mashhur raqqosa va 
baletmeyster Mukarrama Turg„unboyevaning 80 yilligi va mustaqil O„zbekistonning 
yaqinlashib kelayotgan an‟anaviy «Navro„z» bayramlari oldidan «Chaman» o„zbek 
bolalar folklor-etnografiya raqs ansamblining hisobot konserti va raqslar bayrami 
o„tkazildi. Unda o„zbek, tojik, afg„on xalqlarining qator maftunkor raqslari, kuy va 
folklor qo„shiqlari ijro etildi. 
Respublika Madaniyat ishlari vazirligi Xalqlar Do„stligi saroyida 1993-yil 14-
aprelda vazirlik tasarrufidagi san‟at va madaniyat oliy va o„rta maxsus o„quv 
yurtlarining talaba-o„quvchilari, hamda, o„qituvchilari ishtirokida «Istiqlol jilolari» 
yig„ma konsertini namoyish etdi. Konsert dasturida xalq kuy va qo„shiqlari, dilrabo 
raqslar, o„zbek va xorijiy mamlakatlar bastakorlarining asarlari va badiiy 
ko„rgazmalar ham namoyish etildi. 
Istiqlol davri O„zbek milliy musiqa san‟atining rivojlanishida g„oyat sermazmun 
davr bo„ldi.
Darhaqiqat, mustaqillik musiqachi-san‟atkorlar hayotida alohida davr bo„ldi. Bir 
qator bastakorlar, jumladan Mustafo Bafoyev, Alisher Ikromov, Anor Nazarovlar 
ijodida yangi davri boshlandi. Birgina misol: O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan san‟at 
arbobi M. Bafoyev o„zbek milliy musiqasi tarixida uslub jihatidan ham, g„oyaviy 
jihatdan ham butunlay yangi bo„lgan «Hajnoma» oratoriyasini yaratib, ulkan ijodiy 
muvaffaqiyatga erishdi. Ayni paytda bu sermahsul va ulkan iste‟dod sohibi bir necha 


438 
o„nlab qo„shiqlar, turli-tuman asarlar bitdi. Ayniqsa, Amir Temur yubileyiga 
bag„ishlangan musiqalari va qo„shiqlari o„zbek milliy-an‟anaviy yo„li bilan jahon 
musiqa san‟ati ilg„or tajribalarining betimsol, uyg„unlashgan namunasi bo„ldi. Orkestr 
ohanglarining bu milliy shakli endigina yaratildi. 
1995-yil dekabridan «O„zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi qo„shiqlar 
ko„rik-tanlovi e‟lon qilingandan so„ng yuzlab yangi, mustaqillik davri qo„shiqlari 
yaratildi. Bu ko„rik-tanlov mamlakatimizning hamma joylarida ko„tarinkilik bilan 
o„tkazildi. 
1996-yil mart oyida poytaxtning «Bahor» konsert zalida «O„zbekiston – Vatanim 
manim», deb atalgan qo„shiq tanlovining birinchi bosqichi bo„ldi. U O„zbekiston 
Xalq ta‟limi vazirligiga qarashli muassasalar o„rtasida o„tkazildi. Ko„rik juda qiziqarli 
bo„lib, unda bolalar bog„chalari tarbiyalanuvchilaridan tortib mamlakatdagi bir 
qancha 
pedagogika 
institutlari 
talabalarigacha 
ishtirok 
etishdi. 
Ko„rik 
qatnashchilarining ona Vatan go„zalligi, uning istiqlolini madh etgan qo„shiqlari 
taniqli bastakorlar, shoirlar va Xalq ta‟limi vazirligining yetakchi mutaxassislaridan 
iborat nufuzli hay‟at a‟zolari tomonidan baholandi. 
Umuman ko„rik-tanlovning birinchi bosqichida 54 mingdan ziyod san‟atkor 
qatnashdi. 10 mingdan ortiq qo„shiq ijro etildi. 
1996-yil 24-avgust kuni Toshkentdagi «Turkiston» saroyida qo„shiqlar ko„rik 
tanlovining yakuniy bosqichi bo„ldi. Tanlovda O„zbekistonda istiqomat qilayotgan 
ko„pgina millat vakillari faol qatnashdi. Rus, qozoq, turkman, uyg„ur, qirg„iz, koreys 
tillarida ham jonajon Vatanimizni madh etuvchi qo„shiqlar yangradi. 
Uch kun davom etgan ko„rik-tanlovning yakunlovchi bosqichida hakamlar hay‟ati 
va san‟at muxlislari e‟tiboriga 60 dan ortiq qo„shiq tavsiya etildi. 
1996-yilning 26-avgustida ko„rik-tanlov g„oliblari aniqlandi. Hakamlar hay‟ati 
qaroriga ko„ra, birinchi o„rin berilmadi. Ikkinchi o„rinlarga Mudofaa vazirligidan 
Asatillo Xoliqov «O„zbekiston askarlari», Qoraqalpog„istonlik Roza Kutekeyeva 
«Mustaqillik gullari», Toshkent viloyatidan Baxtiyor Umarov «Ona yurtim» 
qo„shiqlari uchun sazovor bo„ldilar. Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligidan Salomat 
Ibrohimova «O„zbekiston – Vatanim manim», rus milliy madaniyat markazidan Pavel 
Borisov «Men seni sevaman, O„zbekiston», Samarqand viloyatidan Safiya Saftarova 
«Vatan yagonadir» qo„shig„i uchun uchinchi o„rinni oldi. 
Bu ko„rik-tanlov 1996-yil 28-avgustda Mustaqillik bayramining 5 yilligi arafasida 
Toshkentda Xalqlar Do„stligi saroyida yakunlandi. Unda viloyatlar, vazirliklar, 
muassasalar bo„yicha tanlov g„oliblari o„zlarining dilrabo qo„shiqlari bilan ishtirok 
etdilar. Tanlov yakuniga bag„ishlangan katta konsertda, O„zbekiston Prezidenti Islom 
Karimov, parlament va hukumat a‟zolari, Toshkentdagi diplomatik korpus xodimlari, 
mamlakat jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar. 
Umuman, «O„zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko„rik- tanlovining 
o„tkazilishi Mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug„lash yo„lidagi muhim qadam 
bo„ldi, mamlakat va xalqimiz hayotida qo„shiq bayramini odat tusiga kirishi uchun 
zamin yaratdi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni «O„zbekiston – Vatanim 


439 
manim» qo„shiq bayrami haqida» maxsus Farmon qabul qilindi. Unda «O„zbekiston 
Respublikasi mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan o„tkazilgan «O„zbekiston 
– Vatanim manim» qo„shiq ko„rik-tanlovining xalqimiz madaniy-ma‟naviy hayotida 
unutilmas voqea bo„lgani, minglab fuqarolar tomonidan zo„r mamnuniyat va 
ko„tarinki ruh bilan qo„llab-quvvatlanganligi» qayd qilindi. 
Farmonda kelajagi buyuk davlatimiz va uning bunyodkor, bag„ri keng, xalqini 
madh etuvchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuyg„usini, mustaqillikni ko„z 
qorachig„idek asrab-avaylash, buning uchun kerak bo„lsa jon fido qilishga undovchi 
yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo„shiqlarning yaratilishiga keng 
imkoniyat yaratish maqsadida: 
Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O„zbekiston – Vatanim manim» 
qo„shiq bayrami kuni deb e‟lon qilinsin, – deb ko„rsatildi. 
O„zbekistonda musiqa va raqs san‟atini rivojlantirish maqsadida «O„zbeknavo» 
gastrol-konsert birlashmasi va «O„zbek raqs» birlashmasi tashkil etildi. Ularda musiqa 
va raqs san‟atini rivojlantirishni davlat yo„li bilan qo„llab-quvvatlash masalalari 
ko„zda tutildi. 
Jumladan, «O„zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi yuzasidan qabul qilingan 
Farmonda shunday deyiladi:
«1. «Turkiston» saroyi va «Bahor» komplekslari, O„zbekiston Respublikasi 
Madaniyat ishlari vazirligining ijodiy konsert tashkilotlari negizida «O„zbeknavo» 
gastrol-konsert birlashmasi tashkil qilinsin. 
2. 
Belgilab 
qo„yilsinki, 
«O„zbeknavo» 
gastrol-konsert 
birlashmasi 
Qoraqalpog„iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy bo„limlariga ega bo„lgan 
mustaqil ijodiy-ishlab chiqarish kompleksi hisoblanib, u mulkchilik shakllaridan va 
qaysi idoraga qarashli ekanligidan qat‟i nazar filarmoniya, estrada, raqs, folklor va 
boshqa ijodiy jamoalarni birlashtiradi. 
«O„zbeknavo» birlashmasining faoliyatiga badiiy-uslubiy rahbarlikni O„zbekiston 
Respublikasining Madaniyat ishlari vazirligi amalga oshiradi. 
3. «O„zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 
O„zbekiston xalqlarining milliy mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs 
san‟atining eng yaxshi yutuqlarini rivojlantirish, asrash va targ„ib qilish; 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning istiqbolli rejalarini, maqsadli kompleks, 
madaniy, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqib, amalga 
oshirish; 
xorijiy firmalar bilan o„zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarning, madaniy, 
savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish; 
gastrol-konsert faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ijodiy jamoalar va alohida 
ijrochilar tomonidan aholiga madaniy xizmat ko„rsatishni takomillashtirish»... 
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o„tkazildi. 
O„zbekiston respublikasi bastakorlar uyushmasi bilan o„tkazilgan mazkur festivalda 
dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Ular 


440 
O„zbekistonda jahon musiqa san‟ati klassik namunalarining eng oliy darajada ijro 
etilganligiga va ushbu soha jahon klassik an‟analari bilan o„zbek milliy musiqa 
san‟atining uyg„unlashgan yangi maktabi yaratilganligiga guvoh bo„lishdi. Mutal 
Burhonov, Ikrom Akbarov, Sayfi Jalil, Sobir Boboyev, Boris Giyenko, Mustafo 
Bafoyev, Rustam Abdullayev singari bastakorlarning ijodiga yuksak baho berdilar. 
Bugun milliy-an‟anaviy qo„shiqchiligimiz bilan birga milliy estrada san‟ati ham 
tobora rivojlanmoqda. O„lmas Saidjonov, Munojot Yo„lchiyeva, Nasiba Sattorova, 
Ismoil va Isroil Vahobovlar bilan bir qatorda Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov va 
ularni yuzlab kasbdoshlari, jumladan, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, 
Rayhona Nazarovalar sof milliy estradaning yorqin namoyandalari o„zbek 
qo„shiqchilik san‟atini dunyoga olib chiqmoqdalar. Ular 2000–2007-yillar o„zbek 
xonandachiligining taraqqiyotiga munosib hissa qo„shmoqdalar. Shavkat Mirzayev, 
Baxtiyor Aliyev, Abduhoshim Ismoilov, Anor Nazar, Dilorom Omonullayevalar 
yaratgan musiqaviy asarlar ayni ana shu ikki yo„nalishning taraqqiyotiga katta ta‟sir 
ko„rsatmoqda. 
An‟anaviy «Sharq taronalari» festivali besh qit‟a san‟at ahlining diqqatini o„ziga 
tortdi. Dunyoda tinchlik va ezgulikni, barqarorlik va o„zaro bir-birini tushunishni 
qo„shiq orqali, san‟at orqali amalga oshirish mumkinligi ko„rsatdi. Har ikki yilda 
o„tadigan bu xalqaro san‟at ko„rigining navbatdagisi 2009-yil avgust oyida bo„lib 
o„tadi. 
Milliy raqs san‟ati an‟analarini avaylab-asrash, ularni rivojlantirish, mamlakatimiz 
turli hududlarining o„ziga xos raqs maktablari namunalarini to„plash, shu asosda boy 
o„zbek raqs san‟atini targ„ib etish maqsadida «Oltin meros» xalqaro jamg„armasi 
qoshida O„zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do„stmuhamedova rahbarligida 
«Munojot» milliy mumtoz raqs ansambli tashkil etildi. Qisqa fursatda bu ansambl 
san‟at ixlosmandlarining e‟tibori va e‟tirofiga sazovor bo„ldi. 
Kino san‟ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlarining mohiyatini 
badiiyat vositasi bilan ochib berish yo„lida tinmay izlanib, xalqimizga o„zlarining 
yangi-yangi asarlarini taqdim etmoqdalar. So„nggi yillarda yaratilgan «O„tkan 
kunlar», «Otamdan qolgan dalalar», «Yozning yolg„iz yodgori», «Kichkina tabib», 
«Voiz» kabi badiiy filmlar tamoshabinlarga manzur bo„ldi. 
Mustaqillik solnomasini yaratish hujjatli kino arboblari oldida turgan eng muhim 
vazifalardan ekanligi tabiiy. Buni chuqur anglagan kinochilarimiz bir qator hujjatli 
filmlarni yaratdilar. Ular orasida, ayniqsa, «O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida» asari 
asosida ishlangan ko„p qismli hujjatli film nafaqat xalqimiz, balki xorijlik 
tomoshabinlar tomonidan ham yuqori baholandi. Angliya, Germaniya, Belgiya, 
Daniya kabi bir qator chet mamlakatlarda bu filmning taqdimoti bo„lib o„tganligi 
fikrimizning isbotidir. 
Mustaqillik o„zbek badiiy adabiyoti rivojiga, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida 
ham yangi bosqichni boshlab berdi. Endi adabiyotga «Sotsialistik realizm metodi» 
qonuniyatlari, kommunistik partiyaviylik, sinfiylik singari prinsiplar nuqtayi 
nazaridan qarashlarga barham berildi. Yangi ilmiy va badiiy me‟yorlarga o„tish 


441 
boshlandi. Mumtoz adabiyotga munosabatda diniy adabiyot, feodal-klerikal adabiyot, 
saroy adabiyoti deyilgan soxta tushuncha va bir millat adabiyotini ikkiga – reaksion 
va progressiv adabiyotga bo„lib o„rganishdek metodologik asossiz nazariyalarga chek 
qo„yildi. Badiiy asar qimmatini, yozuvchi dunyoqarashini mafkura nuqtayi nazaridan 
baholashdek sho„roviy va siyosiy doktrinalardan voz kechildi. Badiiy asarni 
baholashning bosh mezonlari badiiylik, umuminsoniy ma‟naviy-ruhiy qadriyat, milliy 
istiqlol ideallariga daxldorlik bo„lib qoldi. 
Asarlari zararli, o„zlari millatchi deb nohaq baholangan Cho„lpon, Fitrat, 
Behbudiy, Tavallo, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvarqori singari 
millatparvar yozuvchi, ma‟rifatparvarlar ijodi xolisona o„rganila boshlandi. Asarlari 
chop etildi, sahna yuzini ko„rdi.
Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o„rnini 
ro„yirost ko„rsatish boshlandi. Sho„ro davrida tuzumni, kommunistik partiyani 
ko„klarga ko„targan, shu yo„nalishdagi g„oyalarni ulug„lagan asarlarni tanqidiy 
baholashga o„tildi. Bir vaqtlar diniy va saroy adabiyoti vakili, deb nohaq qoralangan 
Ahmad Yassaviy, Boqirg„oniy, G„azzoliy, Hoja Ahror, Bahouddin Naqshband, 
Husayn Boyqaro, Feruz singari buyuk shoir hamda mutafakkirlar hayoti va ijodi 
o„rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi. Zararli falsafa, kommunistik mafkuraga yot 
nazariya, deb qaralgan tasavvuf she‟riyati chuqur o„rganila boshladi. 
Alisher Navoiyning yuksak insoniy g„oyalarni diniy manbalar asosida yorituvchi 
«Munojot», «Arba‟in», «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg„ambarlar va hokimlar 
tarixi») kabi asarlari nashrdan chiqdi. Mustaqillik sharofati bois mo„tabar Qur‟on va 
hadislar chop etildi.
Amir Temur bilan aloqador orzularning yuzaga chiqishi mustaqillikning ulkan 
tantanasidir. Bu yo„nalishda A.Hayitmetovning «Amir Temur va o„zbek adabiyoti» 
asari chop etildi. B.Valixo„jayevning Hoja Ahror va uning muhiti bilan bog„liq bir 
qancha tadqiqotlari yaratildi va yirik monografiyasi chop etildi. Atoqli olim 
B.Ahmedovning «Amir Temur», T.Malikning «Shaytanat» romanlari, E.Vohidov, 
O.Matchon, O.Muxtor, O.Hojiyeva, U.Azim, A.Suyun, X.Do„stmuhammad, Sh.Sali-
mova singari shoir va adiblarni badiiy barkamol, g„oyaviy yetuk asarlari tufayli 
o„zbek milliy istiqlol adabiyoti shakllandi. Xususan, A.Oripovning «Sohibqiron», 
M.Jalilning «Sohibqiron Temur» dramalari dunyoga keldi. 
Mustaqillik davri o„zbek adabiyotshunosligi oldidagi muhim vazifalarni hal 
etishda, turli yo„nalishlarda Begali Qosimov, Ozod Sharafiddinov, Naim Karimov, 
Erik Karimov, Ahmad Aliyev, Ibrohim Haqqulov, Sherali Turdiyev, Hamidulla 
Boltaboyev, Rahim Vohid, Bahodir Karimov singari mutaxassislar «Cho„lponning 
badiiy olami», «Yassaviy kim edi?», «Milliy uyg„onish va o„zbek filologiyasi masala-
lari» kabi to„plamlarni chop etishdi. G„aybulla Salomov, Najmiddin Komilov, Botir 
Valixo„jayevlarning qator kitoblari, I.Haqqulovning «Tasavvuf va she‟riyat», 
N.Karimovning «Cho„lpon», B.Qosimovning «Maslakdoshlar» (Behbudiy, Ajziy, 
Fitrat), I.G„aniyevning «Fitratshunoslik» va O.Sharafiddinovning «Cho„lponni 
anglash» kabi maqola va tadqiqotlari milliy istiqlolning mevalaridir. 


442 
Mustaqillik davri adabiyoti ayni jamiyat yangilanayotgan, hayot yangicha mazmun 
kasb etayotgan bir paytda ozod so„z, fikr va ozod inson taqdiri bilan bog„liq bo„lgan 
murakkab hodisani qamrab oldi. Har yili mustaqillik bayrami arafasida Prezident 
devoniga kelayotgan xatlarning aksariyatida fuqarolar o„z fikr-mulohazalarini she‟r 
orqali ifodalayaptilar. Albatta, bu adabiyotning haqiqiy mazmunini belgilamaydi. 
Biroq, mustaqillik, fuqaro va adabiyot mushtarak bo„layotganidan, odamlar 
adabiyotga yaqinlashayotganidan dalolat beradi. 
Badiiy publisistika davrimizning eng hozirjavob janrlaridan biriga aylandi. 
Yangilanayotgan hayot jarayonlari, islohotlarning rivojlanish bosqichlari va ular 
orqali yangilanayotgan inson, yangilanayotgan jamiyat qadriyatlari mumkin qadar 
kengroq qamrab olinadigan va o„z vaqtida munosabat bildiradigan janr sifatida publi-
sistika o„zining imkoniyatlarini ko„rsata bildi. 
O„zbekiston Qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, 
O„zbekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf, Habib Sa‟dulla ijodlari ayni 
mustaqillik davrining mazmuni orqali o„zining yangi imkoniyatlarini ko„rsatdi. Omon 
Muxtorning «Ming bir qiyofa», «Ko„zgu oldidagi odam» va «Tepalikdagi xaroba» 
romanlaridan iborat «To„rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barot Boyqobulovning 
qariyb uch ming yillik tariximizni mustaqillik evolutsiyasi orqali ifodalangan 
«O„zbeknoma» she‟riy romani bugungi kun adabiyotining mevasidir. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish