Amir Temur o„zbek xalqining ko„p ming
yillik tarixiy ravnaqida tasodifiy shaxs, umuman Temuriylar davridagi yuksalish
esa shunchaki bexosdan yuz berib kelgan hodisa emas! U bir necha ming yillik
tarixiy tajriba, buyuk an‟ana, tom ma‟noda shakllangan madaniy-ma‟naviy
jarayon mahsulidir.
Chingiziylar hukmronlik qilgan yillari ko„plab nodir hunar, san‟at va iste‟dod
egalari jon saqlash niyatida chekka mamlakatlarga qochib ketdilar. Iqtisod izdan
chiqqan, savdo susaygan, boshqaruv tizimi yo„q hisobida edi. Xullas, Amir Temur
oldida bir yarim asrlik mustamlakachilikdan so„ng ko„p asrlik milliy davlatchilik va
milliy madaniyatni qaytadan tiklash kabi og„ir vazifa turardi.
391
Amir Temur siyosatshunoslik va davlatchilik falsafasi tarixida yangi
dunyoqarashga asos soldi, uni amalda tatbiq etdi. U ilgarigi davrlardan farqli holda
jamiyat barcha tabaqalarining haq-huquqlari va manfaatlarini inobatga olib, ularning
hayoti uchun zarur ijtimoiy zaminni vujudga keltirdi. Har bir toifaning haq-huquqlari,
burch va majburiyatlari o„ziga xos qonun bilan kafolatlab qo„yildi.
Sohibqironning ulkan xizmatlaridan yana biri uning davlat boshqaruvini tashkil
qilishi bilan bog„liq. Ma‟lumki, somoniylar davridan boshlaboq o„zbek
davlatchiligida hokimiyatning ikkiga –
dargoh timsolidagi qonun chiqaruvchi
hamda
devonlar – vazirliklar timsolidagi ijroiya tizimlariga
bo„linishi yaqqol
ko„zga tashlana boshlagan. O„z davri uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgan bu
holat keyingi asrlarda ham, to Chingizxon bosqiniga qadar davom etgan. Chingiziylar
hukmronligi yillarida esa bu an‟ana yo„qqa chiqarildi. Amir Temur ana shu tizimni
qaytadan tiklashga muvaffaq bo„lgan va uni boyitgan buyuk islohotchidir.
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, hokimiyat bo„linishiga asoslangan mazkur
tizimni joriy etishda Sohibqiron ko„r-ko„rona emas, balki o„zi yashab turgan voqelikni
nazarda tutgan holda ish yuritdi.
Amir Temur eng oliy davlat idorasi maqomida qurultoyni belgilagan edi. Bugungi
tushunchadagi kongress, assambleya, majlis, syezd kabilarga to„g„ri keladigan ushbu
siyosiy institut boshqaruv mahkamasi va davlat ahamiyatiga molik bo„lgan eng asosiy
masalalarni hal etib, unda saltanatdagi barcha yirik siyosiy, iqtisodiy, harbiy va
madaniy soha namoyandalari ishtirok etganlar.
Davlatni mustahkamlash, jamiyatni rivojlantirish borasida ijroiya tizim –
vazirliklarning o„rni muhim bo„lgan. Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy, madaniy munosabatlarni to„g„ri yo„lga qo„yib, ulardan jamiyat manfaati
yo„lida foydalanish uchun qat‟iy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizmi
zarur edi. Sohibqiron ana shunday tizimni yarata oldi.
Amir Temur saltanatining ijroiya tizimidagi sakkiz vazirlik va yana bir necha
muassasalar moliya, soliqlar, daromad va xarajatlar, mulkchilik, yetishtiriladigan
hosil, chorva, yaylovlar ahvoli, obodonchilik, xabar va pochta, harbiy va adliya
sohalarini boshqargan. Masalan, harbiy ishlar vazirligi harbiylarga maosh berish,
ularga tegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha ta‟minoti, harbiy mashqlarni
uyushtirish va tashkil etish kabi vazifalar bilan bir qatorda iste‟foga chiqqan,
urushlarda yarador bo„lib, mehnat qobiliyatini yo„qotganlarga nafaqa belgilash kabi
yumushlarni ham bajargan.
Huquqiy demokratik davlat qurayotgan bir paytimizda Sohibqironning sud va
qonunchilikka munosabati ham alohida o„rnak vazifasini o„taydi. Bundan olti asr
burun Movarounnahrda sud tizimida o„ziga xos tartib va qoidalar mavjud edi.
Chunonchi, fuqarolik ishlari bilan ijroiya tizimida faoliyat ko„rsatgan adliya vazirligi
shug„ullangan bo„lsa, jamiyat hayotidagi ma‟naviy, tarbiyaviy ahamiyatga doir
muammolar bilan islom qozisi, harbiylar orasidagi huquqiy masalalar bilan esa askar
qozisi, ya‟ni bugungi til bilan aytganda harbiy tribunal shug„ullangan.
392
Amir Temur jamiyat va davlat boshqaruvida hokimiyat bo„linishi haqida fikr
yuritar ekan, tadqiqotchilar uni XVIII asr mutafakkiri Monteskening hokimiyatning
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov idoralariga bo„linishi haqidagi ta‟limotiga
mos kelishini ta‟kidlaydilar.
«Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga dunyoda rivoj
berdim». Sohibqironning birgina ana shu so„zi uning butun saltanatining ezgulik va
yuksak ma‟naviyatga asoslangan g„oyasini, siyosiy va ijtimoiy mazmunini belgilaydi.
Uning islom diniga munosabati xalq manfaatlariga mos keladigan, uning taqdirini
belgilaydigan ulkan hodisadir.
Dunyo me‟morchilik san‟atining gultoji bo„lgan osori atiqalar – Go„ri Amir,
Bibixonim, Zangi Ota, Xoja Ahmad Yassaviy maqbaralari Oq saroy va Shohi Zinda
majmualari kabi ko„plab ziyoratgohlar hamda Amir Temurning shariat va tariqat
peshvolariga nisbatan izzat-hurmati uning shaxsiyatining naqadar ulug„vorligini va
daholik qudratini ko„rsatadi.
Sohibqiron «Har yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim» – deydi. Ma‟lumki,
shu davrda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya kabi so„fiylik tariqatlari paydo bo„ldi
va rivojlandi. U hukmronlik qilgan yillarda islom dini axloqiy kategoriyalari yanada
yuqori darajaga ko„tarildi.
Sohibqironning betakror harbiy iste‟dodi va qobiliyati zabardast harbiy islohotchi
hamda atoqli sarkarda sifatida yaqqol ko„zga tashlandi. U eng qudratli va intizomli
armiyani barpo etishga, harbiy qismlarini yurish va jang vaqtida oqilona
boshqarishga, paydo bo„lgan har qanday g„ov va to„siqlarni tadbirkorlik bilan
yengishga, qo„shindagi jangovar ruh, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg„usini doimo
yuksaltirib borishga muvaffaq bo„lgan.
Sohibqiron qo„shinining tuzilishi va tizimi ba‟zi bir muhim jihatlari bilan boshqa
davlatlar qurolli kuchlaridan farq qilar edi. Jumladan, armiyaning zarbdor qismlarini
tashkil etuvchi otliq askarlar bilan bir qatorda qal‟a va qo„rg„onlarni egallashda qo„l
keladigan piyoda askarlar ham yetarli darajada edi.
Harbiy sohada sharq va g„arb davlatlarida yuz berayotgan o„zgarishlardan yaxshi
xabardor bo„lgan Sohibqiron o„z armiyasida to„p ishlatishni joriy etdi va Sharqda
artilleriyaning tarkib topishiga hamda rivojlanishiga katta hissa qo„shdi.
Sohibqironning harbiy ta‟limoti, sarkardalik mahorati, jahon harbiy san‟atidagi
novatorligi bugungi kun uchun ham o„z ahamiyatini yo„qotmagan.
Amir Temur yubileyi bizning hozirgi dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonlari urush va
tinchlik muammolariga, inson hayotining daxlsizligiga yana ham jiddiyroq mas‟uliyat
bilan qarashimizni taqozo etmoqda.
Amir Temur shaxsiyati jahon davlatchiligi an‟analarini yanada boyitish, bu
boradagi sharq tajribalaridan unumli foydalangan holda yosh mustaqil davlatimiz
tizimini tobora takomillashtirish sabog„ini bermoqda. Zotan, biz huquqiy demokratik
adolatli davlat va insonparvar fuqarolik jamiyatini qurish yo„lidan bormoqdamiz.
Demak, ulug„ bobokalonimizning davlatchilik borasidagi sabog„i – adolat va haqiqat
tantanasiga, yuksak ma‟naviyat ravnaqiga erishish hamda ma‟naviy barkamol jamiyat
393
bunyod etish tamoyillari biz uchun ibrat va namunadir. Ayni paytda u barpo etgan
siyosiy tizim, tinchlik va barqarorlikni ta‟minlash, milliy xavfsizlik borasidagi
strategik qarashlar ham ulkan maktab vazifasini o„taydi. Shuning uchun ham
Prezidentimiz 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining
800 yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimdagi nutqida sohibqironning milliy
davlatchiligimiz tarixida tutgan o„rni haqida to„xtalib shunday degan edilar: «Oradan
bir asr o„tib, sohibqiron Amir Temur Jaloliddin Manguberdi boshlagan ozodlik
kurashini yangi sharoit va ulkan miqyoslarda davom ettirdi. Ona yurtimizni
bosqinchilardan xalos qilib, markazlashgan qudratli davlat barpo etdi» («Fidokor»
gazetasi, 1999-yil 9-noyabr).
Amir Temurning san‟at va madaniyatga homiyligi, mamlakat obodonchiligi uchun
g„amxo„rligi, insonni tabiatning gultoji sifatida e‟zozlashga intilish singari
xususiyatlari bugun ham katta qiymatga ega.
Hurfikrlik, fuqarolar ongi va tafakkurida bunyodkorlik, ijodkorlik, istiqbol uchun
kurashish tuyg„usini shakllantirish insonparvar jamiyatning oliy fazilatidir. Bu borada
ham Sohibqironning sa‟yi harakatlari va tadbirlari biz uchun o„rnakdir.
Bugun O„zbekiston o„z kelajagini aniq va ravshan ko„rib turibdi.
Chunki, azaldan ozod bo„lgan, ozodlik va hurriyat gashtini surgan, jahon
taraqqiyotiga ulkan ta‟sir ko„rsatib kelgan buyuk xalqning irodasi ham, daholik
qudrati ham, yaratuvchilik va bunyodkorlik kuchi ham buyuk bo„ladi. Sohibqiron
sabog„i bizni ana shu haqiqatni chuqur idrok etishga o„rgatadi. Prezident Islom
Karimov sohibqiron yubileyi munosabati bilan o„tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda
bu xususda shunday degan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |