Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. Milliy istiqlol va Amir Temur omili



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
3-§. Milliy istiqlol va Amir Temur omili 
Bugun biz mustaqillik mohiyatini, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o„rni hamda 
xalq turmushidagi beqiyos ahamiyatini ulug„ bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur 
orqali yana ham chuqurroq anglamoqdamiz. 
Mustaqilligimizning 5 yilligi va Amir Temur tavalludining 660 yillik tantanalari 
bir-biriga ulanib ketdi. Bu tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishi ajdodlarimizning 


389 
muqaddas ruhi va bugungi avlod xohish-irodasining mushtarakligidan dalolat beradi. 
Biroq, bu kunlarga yetib kelish oson bo„lmadi. 
Davr va sharoit nechog„li og„ir, shafqatsiz bo„lmasin, o„zbek xalqi hech qachon 
o„tmishini, uning buyuk siymolarini yoddan chiqarmadi, qalb qo„rida saqlab keldi. 
«Qizil imperiya» Amir Temurga, u orqali o„zbek xalqiga nisbatan tahqirlash 
siyosatini olib borgan bir paytda, xorijda bu benazir zotga bag„ishlangan ko„plab 
ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy, san‟at asarlari yaratildi, xalqaro anjumanlar o„tkazildi, 
uning nomi bilan bog„liq ommaviy tashkilotlar tuzildi, muzeylar ochildi. 
Shunisi quvonchliki, o„zbek xalqining bag„riga ozodlik shamoli tekkan ilk 
yillardanoq, YuNESKO Amir Temurning insoniyat tarixidagi ulkan xizmatlarini 
jahon ahliga tanitishga O„zbekiston hukumati bilan birgalikda jonbozlik ko„rsata 
boshladi. Bu, 
birinchidan
, ulug„ bobokalonimizning jahon tarixidagi beqiyos 
nufuzidan dalolat bersa, 
ikkinchidan
, millat sha‟ni, uning tarixiy shavkatini tiklash 
yo„lida Prezident Islom Karimov sa‟yi harakatlarining natijasidir. YuNESKOning 
o„sha paytdagi bosh direktori Federiko Mayor bilan O„zbekiston rahbarining amaliy 
muloqotlari va hamkorligi bugun o„zbek millati dovrug„ini olamga taratishga xizmat 
qilmoqda. 
Bundan 600 yilcha burun Ispaniyaning mashhur o„g„loni Rui Gonzales de Klavixo 
do„stlik elchisi maqomida Samarqandga tashrif buyurib, vataniga qaytgach, yurtimiz 
haqida o„z taassurotlarini e‟lon qilgan edi. O„shanda nafaqat Ispaniya, balki butun 
Yevropa Klavixo asari orqali Turkiston va uning madaniyati borasidagi o„z 
tasavvurlarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo„lgandi. Taqdir taqozosi bilan 
oradan deyarli olti asr o„tib, Ispaniyaning boshqa bir o„g„loni – Federiko Mayor ma‟-
rifat, ilm va madaniyatning xalqaro miqyosdagi homiysi va himoyachisiga aylangan 
YuNESKOga rahbar bo„lib, O„zbekistonning boy tarixini, uning umuminsoniy 
qadriyatlarini, buyuk ajdodlarini jahonga tanitishga hissa qo„shmoqda. F.Mayorning 
bu xizmatlari O„zbekiston hukumati tomonidan munosib baholandi. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish