Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

4-§. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va 
an‟analarning tiklanishi 
Xalq turmush tarzi va ma‟naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, 
odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga 
oshirilgan ma‟naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash 
borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta‟kidlash lozim. 
Bu borada avvalo 80-yillar oxiridagi ba‟zi nomaqbul yo„l-yo„riqlarni ko„rsatib 
o„tish kerak. 1986-yil yanvar-fevralda O„zkompartiyaning XXI syezdi bo„ldi. 
Syezdda «din millatchilik va shovinizmga har doim yo„l ochishini iqtisodiy, sotsial 
taraqqiyotga to„sqinlik qilishini, sotsialistik turmush tarzi, kommunistik 
ma‟naviyatning qaror topishiga to„sqinlik qilishini har doim esda tutmoq kerak» – deb 
ko„rsatma berildi. Bunday yo„l-yo„riq 1986-yil oktabr oyida bo„lgan partiya Markaziy 
Komitetining III Plenumida yana bir bor ta‟kidlandi. 
Ana shu ko„rsatmalarga amal qilinib, 1980-yillar o„rtalarida o„zbek xalqi azaldan 
sevib, ardoqlab kelgan urf-odatlar va marosimlar, bayramlar cheklab qo„yildi, 
ba‟zilarining o„rniga boshqa bayramlar va marosimlar to„qib chiqarildi. Natijada 
avvallari nishonlanadigan «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa 
xalq bayramlari unutib qo„yildi. «Navro„z» bayrami esa avval taqiqlandi, so„ng sun‟iy 
tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi. 
O„ylamay, xalq bilan maslahatlashmasdan qilingan bunday nojo„ya harakatlar 
xalqning dilini qattiq og„ritdi. Ana shunday bir paytda Respublika rahbarligiga kelgan 
I.A.Karimov kishilarning ma‟naviy boyishiga, milliy madaniyatlarning bir-biri bilan 
yaqinlashuvi va o„zaro rivojlanishiga yordam beradigan xalq an‟analari va 
bayramlarini tiklashga katta e‟tibor berdi. 
Bu o„rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish «Navro„z» 
bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo„ldi. 1991-
yildan boshlab mamlakatda Prezident Farmoniga ko„ra, 21-mart – Navro„z umumxalq 
bayrami sifatida nishonlanadigan bo„ldi. 


404 
Darhaqiqat avlodlarimiz Navro„zni juda muqaddas bilganlar, uni g„oyat 
qadrlaganlar. Shuning uchun ham bu shodiyona kunlarda inson dilini og„ritish juda 
qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar 
izhor etganlar. Gina-kuduratlar unutilgan, adovat o„rniga ezgulik tuyg„ulari jo„sh 
urgan. Ana shu el ardoqlagan, avloddan-avlodga o„tib kelgan azaliy an‟ana yana 
hayotdan mustahkam joy ola boshladi. 
Navro„zni xalqning sevimli bayramiga aylanib ketishi ma‟lum. Ushbu shodiyona – 
Navro„z kunlarida qadimda, hatto, urushlar ham to„xtatilgan, el-yurt osoyishta hayot 
kechirgan. Navro„z go„zallik va yaxshilik, mehr-oqibat, muruvvat bayrami sifatida 
qadrlangan. Bu qadimiy bayramni xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir 
boisi shundaki, Navro„z rizq-ro„zimiz bo„lmish dehqon yilining boshlanishi hamdir. 
O„zbekistonning hamma joylarida har yili «Navro„z» tantanalarini har 
qachongidan ham shod-u xurramlik bilan kutib oladilar. Paxtakorlar-u chorvador, 
bog„bon-u sohibkorlar, sanoat, transport xodimlari, quruvchilar va ziyolilar Navro„z 
kayfiyati bilan astoydil mehnat qiladilar.

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish