Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
 
RASMLAR 
Qadimiy xalq bayrami – Navro„zning tiklanishini respublikamizning butun aholisi 
mamnuniyat bilan ma‟qullab, ko„tarinki ruhda kutib oldi va hozir ham ardoqli bayram 
sifatida nishonlamoqda. 
«Navro„zning bayram qilinishi teran xalq an‟analari, yerga va tabiatga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo„lish, dehqon mehnatini hurmat qilish, yaxshi 
qo„shnichilikka, mehr-muruvvatga va boshqalarning dardiga malham bo„lishga 
intilishlari tiklanishning qudratli omili bo„lmoqda. Navro„z xalq bayramining insoniy 
va baynalmilal mohiyati ham ana shundadir», – deyiladi O„zbekiston Prezidentining 
«Navro„z xalq bayramini o„tkazish yakunlari to„g„risida»gi Farmonida. 
Har bir jamoa, muassasada nishonlanadigan bunday bayramlar, kishilarda 
xalqimizning qadimiy an‟analariga hurmat, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi. 
Bundan tashqari ma‟naviy hayotdagi yana bir talay, aniqrog„i diniy bayramlar, hayit 
kunlarining respublikada umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo„l 
ochilgani ham ma‟naviy poklanishning muhim ko„rinishidir. Sir emas, sho„ro tuzumi 
sharoitida «din-afyundir» degan kommunistik shior hukm surib keldi. Shu darajaga 
borildiki, dindorning ma‟naviy huquqi cheklandi. Bunday bir tomonlamalik ijtimoiy 
hayotimizning barcha sohalarida o„z ta‟sirini ko„rsatdi. O„zbekiston mustaqillikka 
erishgandan so„nggi tarixiy o„zgarishlar bunday qarashlar asossiz ekanligini ko„rsatdi. 
Shu yillar mobaynida butun musulmon olami O„zbekistonda vijdon erkinligi, diniy 
ibodat uchun keng imkoniyat ochilganini tan oldilar. 
Yevropalik allomalardan biri «Nur – Sharqdandir», degan ekan. Buni har xil talqin 
etish mumkin. Birov uni quyoshning Sharqdan chiqishiga yo„ysa, boshqa birov 


405 
majoziy ma‟noda ezguliklar, olamning yangilanishi, hayot taraqqiyoti, insoniyat 
tafakkuri Sharqdan, deb tushunadi. 
Bizning tasavvurimizcha, har ikki holatda ham Nur – Sharqdandir. 
Sharqdan taralgan ilm-ma‟rifat dunyoni munavvar etgani, insoniyat tarixida, 
odamzod taqdirida buyuk o„zgarishlarga sabab bo„lgani sir emas. Sharqning ajralmas 
qismi bo„lmish go„zal diyorimiz xalqlari hayotida, ularning ong va tafakkuri 
shakllanishida dunyoviy ilmlar qatorida islom dinining alohida o„rni bor. Bu ilohiy 
ta‟limot olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson o„rtasidagi 
munosabatlarni idrok etish borasida beqiyos ahamiyatga ega. Butun jahon ahli 
diqqatini tortgan boy va rang-barang madaniy-ma‟naviy merosimiz ikki qudratli 
to„lqin – dunyoviy ilmlar va diniy-falsafiy tafakkurning o„zaro uyg„unlashib, yagona, 
barkamol qadriyat peshvosining ma‟naviy qiyofasi, siyosatdagi adolat mezoni, so„z va 
fikr erkinligi kabi murakkab ijtimoiy masalalar xususida ham benihoya hayotiy tajriba 
va saboqlar beradi. Shu bois ham bu o„lmas qadriyatlar bugungi yangi 
davlatchiligimiz qurilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Agar biz bosib o„tilgan istiqlol yo„limizga bir nazar tashlaydigan bo„lsak, 
ozodlikning ilk onlaridan boshlaboq dinga munosabat, davlat va diniy tashkilotlar 
o„rtasidagi aloqalarni to„g„ri yo„lga qo„yishga alohida e‟tibor qaratildi. 
Konstitutsiyaga ko„ra, O„zbekiston dunyoviy davlat, binobarin, mamlakatimizda din 
davlatdan ajratilgan. Ammo respublikamiz rahbariyati bu masalaga oqilona 
yondashib, din davlatdan ajratilgan bo„lsa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xususan, 
O„zbekiston singari qadimiy va barqaror diniy an‟analarga ega mamlakatda bu borada 
g„oyat noziklik va ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini o„z vaqtida to„g„ri 
anglab yetdi. 
Shuning uchun ham bugun ko„p millatli mamlakatimizda hech qaysi din 
vakillarining diniy nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, ayni vaqtda diniy 
hissiyotlarni avj ham oldirmasdan, og„ir-vazmin, uzoqni ko„zlangan siyosat amalga 
oshirilmoqda. 
Bu siyosat mohiyati ilk marta Prezidentning quyidagi fikrlarida aniq-ravshan 
belgilab berilgan edi: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish