397
Bu ko„rgazma ochilishiga dasturda belgilanmagan holda shaxsiy qiziqishi va
o„zbek madaniyatiga hurmat-ehtiromi tufayli Fransiyaning o„sha paytdagi Prezidenti
Jak Shirakning rafiqasi bilan tashrif buyurishi ham muhim voqea bo„lgan edi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur marosimda O„zbekiston va
YuNESKO o„rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini
qayta tiklash va targ„ib qilishdagi buyuk xizmatlari uchun YuNESKO bosh direktori
F.Mayorga «Do„stlik» ordenini topshirdi. Fransiyalik mashhur olim, Temur va
temuriylar hukmronligi yillari tarixining zukko bilimdoni, O„zbekiston va Fransiya
madaniyatlarini o„zaro yaqinlashtirish ishining jonkuyari L.Keren janoblari «Shuhrat»
medali bilan mukofotlandi.
YuNESKO bilan O„zbekiston o„rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish
borasida o„sha kuni yana bir muhim qadam qo„yildi. O„sha kuni O„zbekiston
hukumati va YuNESKO o„rtasida imzolangan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va
maorif sohalari muammolari bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan,
Orol dengizi qurishi bilan bog„liq muammolarni hal etishning ilmiy yechimini
topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko„ra, ko„p o„tmay Toshkent-
da YuNESKO- ning vakolatxonasi ochildi. Qolaversa, mazkur xalqaro tashkilotning
1997-yili Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligini nishonlash to„g„risida qabul
qilgan qarori ham mintaqa xalqlari madaniy hayotida yana bir tarixiy voqea bo„ldi.
O„zbekiston Prezidentining Fransiya Prezidenti bilan Yelitsey saroyidagi dastlabki
uchrashuvi rejada ko„zda tutilganidan deyarli ikki barobar ko„p davom etgani qalblar
yaqinligini, tuyg„ular mushtarakligini ko„rsatadi.
O„zbek-Fransuz aloqalari uzoq tarixga ega. Fransiya Respublikasi Prezidenti
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashganida Amir Temurning 1402-yili
Fransuz qiroli Sharl VI ga yo„llagan maktubini sovg„a qilishida ham teran ramziy
ma‟no bor.
Sohibqiron o„sha maktubida fransuz qirolini Turon zaminiga o„z savdogarlarini
yuborishga chorlagan, ularning xavfsizligiga kafil bo„lishini bayon qilgan bo„lsa,
O„zbekiston Prezidenti bugun Fransuz ishbilarmonlarini o„zaro foydali hamkorlikka
da‟vat etadi, ularning manfaatli ish birligi uchun yaratilgan shart-sharoitlar to„g„risida
hikoya qilishdan charchamaydi. Zero, O„zbekiston va Fransiya o„rtasidagi siyosiy,
iqtisodiy, madaniy hamkorlik miqyosi nihoyatda keng.
O„zbekistonning dunyo siyosatida ham, iqtisodiyotida ham yetakchi o„rinlardan
birini egallab turgan Fransiya Respublikasi bilan xalqaro tashkilotlar, shuningdek,
Yevropa tuzilmalari doirasida hamkorlikni kengaytirishi va chuqurlashtirishi alohida
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: